Bir umumiy ma‘noni ifodalovchi so`z yoki qo`shimchalarga sinonimlar deyiladi. O`zaro sinonimik munosabatda bo`lgan so`z va qo`shimchalar sinonimlar uyasi yoki sinonimlar qatori deyiladi.
So`z maqomidagi sinonimlar lug`aviy (leksik) sinonimlar, qo`shimcha maqomidagi sinonimlar esa affiks sinonimlar sanaladi. Lug`aviy sinonimlar garchand bir umumiy ma‘noni bildirsa ham, lekin ularning ma‘no darajasi, ijobiy yoki salbiy bahoga egaligi, ma‘lum uslubga xoslanishi bilan bir-biridan farqlanadi. Nutqiy jarayonda so`zlovchi maqsadiga muvofiq ravishda sinonimlar qatoridagi so`zlardan birini tanlaydi. Masalan, yuqorida keltirilgan sinonimlar qatorida yuz so`zidan chap tomondagi to`rtta so`zda (oraz, uzor, ruxsor, chehra) ijobiy baho va uchtasida (oraz, uzor, ruxsor) badiiy uslubga xoslanish belgisi bo`lsa, o`ng tomonidan beshta so`zda (bet, aft, bashara, nusxa, turq) salbiy baho munosabati mavjud va bu salbiy baho ularda darajalanib, kuchayib boradi (betga nisbatan aftda salbiy baho kuchliroq, turqda esa hammasidan kuchliroqdir. Demak, bu beshta so`zda salbiy baho kuchayib boradi).
Har qanday uslubiy xoslanish va so`zlovchining bahosidan xoli bo`lgan sinonimlar qatori a‘zosi dominanta (uslubiy xoslanish va baho bildirishga ko`ra neytral) sanaladi. Demak, yuqoridagi sinonimlar qatorida yuz dominanta sanaladi.
Sinonimlar qatori a‘zolaridan nutq jarayonida o`rinli foydalanish so`zlovchining maqsadini aniq, ravon va ta‘sirchan ifodalashda katta ahamiyatga ega.
O`zaro zid ma‘noli so`z va qo`shimchalarga antonimlar deyiladi. So`z maqomidagi antonimlar lug`aviy (leksik) antonimlar, qo`shimcha maqomidagi antonimlar esa affiks antonimlar sanaladi.
Nutqimizda lug`aviy (leksik) antonimlardan foydalanish fikrimizni ta‘sirli ifodalashda katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, badiiy adabiyotda zid ma‘noli so`zlarni bir-biriga zidlash asosida badiiy san‘at hosil qilinadi. Bunday san‘atga tazod san‘ati deyiladi.
Berilgan maqollarni ko`chiring. Antonimlarning ostiga chizing.
Birlashgan daryo bo`lur, tarqalgan irmoq bo`lur. 2. Bolali uy — bozor, bolasiz uy — mozor. 3. Bor maqtansa topilur, yo`q maqtansa chopilur. 4. Do`st achitib gapirar, dushman — kuldirib. 5. Yomonning yaxshisi bo`lguncha, yaxshining yomoni bo`l. 6. Yo`g`on cho`ziladi, ingichka uziladi. 7. Kam gapirsang, ko`p eshitasan. 8. Oyoq kiyiming tor bo`lsa, dunyoning kengligidan ne foyda. 9. Erni er qilgan ham xotin, qaro yer qilgan ham xotin. 10. Qo`y bir terining
ichida necha ozib, necha semiradi. 11. Holvani hokim yer, kaltakni yetim yer. 12. Aytar so`zni ayt, aytmas so`zdan qayt.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
So‘zning atash ma‘nosi – bu?
Metafora va metonomiya haqida batafsil ma‘lumot?
Sinekdoha usuli orqali ma‘no ko‘chishlariga misollar keltiring/
Vazifadoshlik yo‘li bilan ma‘no ko‘chishi?
Mustaqil ta‘lim
2. Fonetika. O‘zbek tilining tovuhs tizimi
Do'stlaringiz bilan baham: |