Narsa va hodisalar o`rtasidagn vazifaviy bir xillik asosida birining nomi orqali ikkinchisining ifodalanishi vazifadoshlik asosida ma‘no ko`chish deyiladi.
Vazifadoshlik asosida vujudga kelgan so`zlarni bilish, ularning ilgari qanday shakldagi narsalarni ifodalaganligini anglash tilimiz imkoniyatlarining naqadar boy ekanligini his qilishimizga yordam beradi.
Gaplarni o`qing, sinekdoxa yoki vazifadoshlik usuli bilan so`z ma‘nosi ko`chirilgan o`rinlarni topib, izohlang.
Sekinroq gapiring, aylanay, devorning ham qulog`i bor. 2. Hozirgi yoshlarimizga ko`z tegmasin, ular bizdan ko`ra aqlliroq, bilimdonroq bo`lib o`sishyapti. 3. Guruhimizning birlashishi uchun unga bir bosh kerak bo`lib qoldi.
Samolyotning qanoti o`ta pishiq materialdan ishlangan. 5. Kechagi futbol bahsida O`zbekistonning qo`li baland keldi. 6. Olimpiadada birinchilikni bu gal Buxoro olib ketdi. 7. Avtomobilning eshigini ochib do`stini chiqarib oldi. 8. Askarlarimiz Vatan sarhadlarini ko`z bo`lib, quloq bo`lib tun-u kun sergaklik bilan qo`riqlamoqdalar. 9. Bu xushxabarni do`stlarimga yetkazish uchun oyoq bo`lib yugurdim.
Тilimizda tovush (yozuvda harflar) tomoni bir xil bo`lib, turlicha ma‘nolarni ifodalovchi so`zlar va qo`shimchalar mavjud. Bunday so`z va qo`shimchalarning omonimlar (lot. homos — bir, onuma — nom) yoki shakldoshlar deyilishidan xabaringaz bor. Masalan, ot «hayvon», ot «ism», ot
«irg`it» kabi. Shuningdek, tilimizda qo`shimchalar o`rtasida ham shakldoshlik munosabatlari mavjud. Masalan, -chi qo`shimchasi so`z yasovchi qo`shimcha (ishchi, suvchi) hamda yuklama (sen-chi, ayt-chi) ma‘nolarida ishlatiladi. Shunga ko`ra, omonimlar lug`aviy (leksik) omonimlar hamda affiks omonimlarga bo`linadi.
Lug`aviy (leksik) omonimlar nutq jarayonida so`z o`yini uchun qulay imkoniyat yaratadi. Ayniqsa, zakiylik san‘atida ulardan o`rinli foydalanish askiyachilarning mahorati sanaladi.
Masalan, Abdulhay Maxsum Navbahor payrovi bo`yicha askiyada:
«Ikkovlaring ham o`ta dangasasizlar. Yakshanba kuni olma bog`ga kirib, daraxtlarni oqlaymiz», desam, «Bizni ish kam joyga yetaklang», deysizlar. Bu o`rinda ish kam «uzum ko`tarib taraladigan moslama» va «ish kam» ma‘nolarini bildirish uchun qo`llangan yoki G`ulomjon Ro`ziboyev cho`tir so`zining tovush tomonining bir xilligidan foydalanib, ikki so`z o`rnida ishlatadi:
«Bir gap eshitib qoldim. Saydullaxon choyxonada nasiyaga muomala qilib, idoraga pul topshirmagan ekan, hisobchilar o`zini o`tqazib olib, «cho`turyapti» deb eshitdim. Bu o`rinda cho`tir so`zi: 1. Bujur; 2. Cho`t ur ma‘nolarida ishlatilgan.
O`zbek tilida leksik omonimlar ko`p ishlatilganligi sababli, u maxsus she‘riy janr — tuyuqqa ham asos bo`lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |