Korxonaning ishlab chiqarish quvvati Korxonalarning ishlab chiqarish quvvati vaqt birligida uning sexlarida ishlab chiqarilgan mahsulotning maksimal miqdoridir. Alohida olingan mahsulotlar uchun ishlab chiqarish quvvati ularga moslashtirilgan mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatizatsiyalashtirilgan liniyalar(sabzavotli ikra, mevali sharbatlar, pomidor kiyla, ishlab chiqarish liniyalar) ning texnik quvvati asosida hisoblanadi. Liniyalarning quvvati asosiy uskunalarning quvvatiga ko‘ra aniqlanadi. Asosiy uskunalar qatoriga bug‘latgich apparatlar, qovurish qozonlari, sharbat siqish uchun presslar, yopish apparatlari, sterilizatorlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |