3-mavzu. Jahon psixologiyasida motiv va motivatsiya muammosi. Reja



Download 90,24 Kb.
bet1/3
Sana26.04.2022
Hajmi90,24 Kb.
#582775
  1   2   3
Bog'liq
3-mavzu (12)


3-mavzu. Jahon psixologiyasida motiv va motivatsiya muammosi.
Reja:

  1. Rus psixologiyasi fanida motiv va motivatsiya muammolarining o‘rganilishiga zamonaviy yondashuv.

  2. Xorijiy psixologiyada motiv va motivatsiya muammosiga zamonaviy yondashuv.

  3. Motiv va motivatsiya muammosi Sharq mutafakkirlari talqinida.



Tayanch tushunchalar: mayllar va xohishlar, kognitiv, stimul reaksiya.
Rus psixologiyasi fanida motiv va motivatsiya muammolari o‘rganilishi
Motiv va motivatsiya muammolarini tadqiq etishda rus va sobiq ittifoq psixologlari o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shganlar, jumladan, K.D.Ushinskiy, I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, V.M.Bexterev, A.F.Lazurskiy, V.M.Myasishchev, A.A.Uxtomskiy, L.S.Vigotskiy, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontev, P.M.YAkobson va boshqalar.
XX asr boshlarigacha bo‘lgan ijtimoiy – tarixiy davrning eng muhim va maxsus tadqiqoti L.I.Petrajitskiyning "Inson xatti–harakati motivlari to‘g‘risida" nomidagi Peterburg universitetida tayyorlagan ilmiy ishi hisoblanadi (1904). O‘z izlanishida muallif motivatsiyaning ilmiy nazariyasini yaratish g‘oyasini ilgari surish bilan birga uning psixologiya va boshqa fanlar uchun nihoyatda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tadi. Uning mulohazasicha, shaxs fe’l–atvorini oqilona baholash uchun motivatsiyani hisobga olmaslik aslo mumkin emas. Xuddi shu bois u mazkur davr uchun huquqshunoslik (huquqni tushunish) motivlari masalasini o‘rganish ijtimoiy zaruriyatligini qayd qiladi. Motivlar hal qiluvchi, harakatlantiruvchi mexanizm ekanligini ta’kidlaydi. Shunga qaramasdan, L.I.Petrajitskiy inson va uning motivatsiyasi muammosini psixologizatorlik pozitsiyasidan turib tahlil qiladi hamda sharhlaydi, lekin bu psixologik voqelik muallifning ilmiy chekinishi emas, albatta.
O‘z zamonasining buyuk eksperimentatori A.F.Lazurskiy psixik jarayonlar va shaxs xususiyatlarini tadqiq etayotganida motivlar masalasiga qiziqish bilan yondashadi. Buning uchun muallif o‘z izlanishlarida "mayllar va xohishlar kuchi hamda zaifligi", "motivlar kurashiga moyilligi", "motivlar muhokamasiga tortilganligi", "xohishning qadriyatga ega ekanligi, aniq xususiyatliligi" singari kontekstlar orqali o‘rganishga intiladi. SHuning bilan birga A.F.Lazurskiy intilish rivojining darajasi ongli irodaviy zo‘r berish bilan bog‘liq ekanligini alohida ta’kidlab o‘tadi. Xuddi shu bois u shaxsning tadqiqot dasturida bunday munosabatlar tizimiga keng o‘rin ajratadi. Muallif o‘zining izlanish dasturida shaxsga ijtimoiy nuqtai nazaridan yondashishga harakat qilgan, lekin masala endopsixika va ekzopsixika nazariyalariga asoslangan holda tushuntirganligi tufayli insonning ijtimoiy psixologik mohiyati, shaxsning biologik hamda ijtimoiy shartlangan jabhalari birligi, uyg‘unligi o‘z ilmiy ifodasini topmagan. Natijada uning mulohazalari mexanitsizm va biologizatorlik qobig‘i bilan aralashib ketish holati mavjudligi sababli muallifni tub ma’nodagi ilmiylikdan bir muncha uzoqlashtiradi.
A.A.Uxtomskiy tomonidan organizm funksional holatlarining determinantlari muammosini tadqiq etish jarayonida dominantlar prinsipi kashf qilinadi. Muallif o‘zi kashf qilgan dominantni xulq-atvor harakati va uning vektori sifatida tushuntirishga intildi. Motivlar uning uchun muhim ahamiyatga ega ekanligi uchun muammo fiziologik, psixologik, dunyoqarash jabhalari sifatida tadqiq etiladi. Psixologik va fiziologik holatlar bo‘linmasligidan kelib chiqqanligi uchun muallif xulq-atvorning yaxlitlikka, organizm ham integral butunlikka ega deb tushuntiradi. Uxtomskiy motivni insonni zo‘r berishi natijasida shakllanuvchi qo‘zg‘atuvchi sifatida talqin qiladi hamda hayot jarayonida o‘zgaruvchanligini ta’kidlab o‘tadi.
Motiv kategoriyasini tadqiq qilishda V.M.Borovskiyning "Qiyosiy psixologiyaga kirish" asari alohida ahamiyat kasb etadi. Muallif o‘zining mazkur kitobida motivning ehtiyoj negizida yuzaga kelishini ilmiy jihatdan tushuntirib berish uchun uning turli xususiyatini, vaziyatlar echimini topish darkor, degan xulosaga keladi. Borovskiy o‘z oldiga qator masalalarni qo‘yadi, jumladan: qanday qo‘zg‘atuvchilar ushbu sinf a’zolariga va ijtimoiy guruhga kuchliroq ta’sir qiladi? Qaysi vaziyatda qo‘zg‘atuvchi omillar harakati muvaffaqiyatliroq bo‘ladi? Muallif o‘zi keltirgan misollarini va ulardagi o‘xshashliklarni ikkita asosiy muhim guruhga ajratadi: 1. Inson xulqini oldindan aytib berishni (bashorat qilishni) uddasidan chiqish; 2. SHaxsni zarur yo‘nalishga yo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lishlik. V.M.Borovskiyning motivatsiyaga bunday yondashuvi uning echimini qidiruvchi tadqiqotchilarga to‘g‘ri ilmiy ko‘rsatma bera oladi.
N.Yu.Voytonis o‘z izlanishlarida xorijiy mamlakatlar psixologlarining zoopsixologiya sohasiga oid tadqiqotlarni (hayvonlarni o‘rganish nazariyasiga asoslanib) qiyosiy tavsiflashga erishadi. U g‘azab, qo‘rqinch motivatsiyasi to‘g‘risida mulohazalar bildirganida esda olib qolishda, malakalar shakllanishiga motivlar va ularning jadal sur’atda tebranishning ta’siri hodisasini izohlashga harakat qiladi. N.Yu.Voytonis hayvonlar xatti–harakatining motivatsion ustanovkasi (yo‘naltiruvchanligi) to‘g‘risidagi qarashlarni ma’lum darajada rivojlantirib, ularni mehnat faoliyatining shart sharoitlari sifatida tushuntiradi. Bizningcha, motiv tushunchasini biologik holatlarni tushuntirishga keng ko‘lamda qo‘llash g‘ayriqonuniy oqibatni keltirib chiqaradi, albatta.
Motiv muammosi D.N.Uznadze tomonidan ham o‘rganilgan bo‘lib, uning mohiyatini tushuntirish ustanovka nazariyasiga asoslangan. Muallif motivni inson ehtiyoji bilan bog‘lab tushuntirgani tufayli uni sub’ekt faolligining manbai deb baholaydi. Uning fikricha, motivatsiya irodaviy aktga olib keluvchi bosqich hisoblanadi. Muallif motivatsiya mohiyati bo‘yicha nazariyani yanada rivojlantirganda inson turmushi (faoliyati) ustanovkasida mustahkamlanuvchi, negizga aylanuvchi harakatni qidirish va topishdan iboratligini ta’kidlaydi. D.N.Uznadzening ehtiyojni o‘ziga xos tarzda tushuntirishi amaliy (voqe) xatti–harakatlarda motiv funksiyalari va ularning ustanovka bilan munosabati mexanizmlari to‘g‘risidagi mushohadalar motivatsiya nazariyasini boyitadi. Lekin psixologiyada ustanovkani anglab bo‘lmaydigan ruhiy holat deb izohlash nazariyalari motivatsiya mohiyatini asoslashda bahsli ekanligicha qolib kelmoqda.
S.L.Rubinshteyn o‘zining "Umumiy psixologiya asoslari" asarida motiv va motivatsiya to‘g‘risida ilmiy–amaliy xususiyatli mulohazalarni tavsiflab beradi. U ilmiy tadqiqotning metodologik prinsiplariga asoslangan holda motivatsiyani irodaviy harakatlar bilan uyg‘unlashtirib izohlaydi. Uning muhim, dadil fikrlaridan biri shuki, motiv yaqqol faoliyat nuqtai nazaridan turib talqin qilinadi. Xuddi shu bois motiv insonning ijtimoiy – tarixiy rivojlanishi bilan faoliyatning ijtimoiy xususiyati uzviy bog‘liqlikda olib qaraladi. Hayvonning instinktiv xatti-harakati (xulqi) insonning ongli faoliyatidan muayyan farq qilishligi ta’kidlab o‘tiladi. S.L.Rubinshteynning motivga ehtiyoj nuqtai nazaridan yondashuvi mazkur nazariyaning yanada boyishiga hissa bo‘lib qo‘shildi. Uning shaxsiy mulohazasicha, "ehtiyoj" tushunchasi instinkt atamasiga qarama–qarshi ravishda ilmiy psixologiya fanining asosiy tushunchalari inventari qatoridan salmoqli joy egallashi shart. Ana shunda "ehtiyoj" tushunchasi negizida insonning xulq motivatsiyasi ta’limoti instinkt va mayl ta’limotidan qiyosiy jihatdan farqli o‘laroq mutlaqo boshqacha talqinga ega bo‘ladi. Xuddi shu bois muallif inson faoliyati maqsadi va motivi munosabatiga asoslangan holda tahlil qiladi, shaxsning yo‘nalishi va motivi o‘rtasidagi uyg‘unlikka katta ahamiyat beradi. S.L.Rubinshteynning shaxsiy qarashi motivatsiyaning rivoji uchun muhim ahamiyat kasb etgan holda uni o‘rganishga keng istiqbol ochadi.
A.N.Leontev ko‘p yillar davomida psixikani o‘rganishi tufayli motivatsiya masalasini chetlab o‘ta olmadi. Motivatsiya konsepsiyasining to‘laqonli ifodasi uning "Psixikaning rivojlanish muammolari" asarida bayon qilinadi. Keyinchalik bu masalaga muallif o‘zining "Faoliyat, ong, shaxs" monografiyasida unga takroran murojaat etadi. Genezisda inson ongining namoyon bo‘lishini tahlil qilish vositasi orqali u motivatsiya muammosiga yondashadi. Shuningdek, hayotiy omillar xatti–harakat (xulq) motiviga aylanishining psixologik mexanizmlari mukammal tahlil qilinadi, motiv rivoji bilan faoliyatning murakkablashuvi jarayoni qiyosiy tekshiriladi. Leontev psixologiyaga faoliyatning shaxsiy ma’no kasb etuvi atamasini olib kiradi, inson shaxsining shakllanishi, uning motivatsiya doirasidagi o‘sishida o‘zining psixologik ifodasini topish mumkinligiga oid xulosaga keladi.
V.N.Myasishchev shaxsning munosabati pozitsiyaga asoslangan holda motivlar muammosi bilan shug‘ullanadi. Shuning uchun motiv, uning fikricha, shaxsning munosabati tariqasida yuzaga keladi. Muallif talqiniga ko‘ra motiv harakat ob’ektiga nisbatan munosabatning ifodalanishidan boshqa narsa emas. A.G.Kovalyov motivga shaxsning ehtiyoji bilan uyg‘unlashuvi nuqtai nazaridan yondashadi va ularning o‘zaro ta’siri, o‘rin almashuvi, tenglashuvi mumkinligi to‘g‘risida mulohaza yuritadi.
P.M.Yakobson motiv muammosini keng ko‘lamda tadqiq qilgan olimlar sarasiga kiradi. Muallif motivlar muammosining sobiq ittifoq va xorij yurtlari psixologiyasida o‘rganilishi, ularda turli qarashlar, yondashuvlar mavjud ekanligini o‘z monografiyasida umumlashtiradi. Shuning bilan birga u o‘qish va mehnat faoliyati motivlari masalasini, shaxsning asosiy xususiyatlari bilan motivatsion doirasi aloqasini tahlil qiladi. Ilmiy manbalarni faoliyat va shaxslilik jabhalari bo‘yicha tahlil qilish - bu yo‘nalishda tadqiqotlar ko‘lami kengayishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur muammo yuzasidan keng axborotlar mujassamlashtirgan yirik asar sifatida alohida o‘rin egallaydi.
Psixologik tadqiqotlarda motivlar muammosi talqiniga S.G.Moskvichevning monografiyasi bag‘ishlangan bo‘lib, unga yondashish ilmiy – metodologik pozitsiyasidan turib amalga oshiriladi. Motivatsiyaga nisbatan g‘arb mamlakatlari olimlarining qarashlari tanqidiy tahlil qilinadi, mehnat faoliyati motivlarining ayrim tomonlari tavsiflanadi. Chet el psixologiyasida o‘zini o‘zi namoyon qilish(faollashtirish), o‘zini o‘zi qaror toptirish (o‘z nufuzi va mavqeini o‘zi tiklash), "affektning noadekvatligi", talabgorlik darajasi kabi konsepsiyalar tanqidiy muhokama etiladi.
V.D.Shadrikov faoliyat tizimining funksional psixologik modeliga bog‘lagan holda motivatsiyaga faoliyatli yondashuv orqali o‘rganadi. Motivlarning kasbiy(professional) tayyorgarlikdagi o‘rni, ahamiyati ko‘rsatib o‘tiladi. Muallif kasb motivlarining o‘ziga xos xususiyatlari, ularning mexanizmlari, shakllari, bosqichlari to‘g‘risida mulohaza bildiradi.
B.A.Frolov ijodiy faoliyat motivlari masalasini tadqiq qilish jarayonida ularni(motivatsiyalarni) ichki va tashqi ko‘rinishlarga ajratadi. Muallif fikricha, birinchi (ichki) ko‘rinish olimga tadqiqot predmetini o‘stirishga yo‘llanma beradi, ikkinchisi (tashqi) uning yuksak natijalarga erishishiga, mukofot olishga, yutuq, shon –shuxratga undaydi. B.A.Frolov motivatsiyaning jismli mazmuniy shartlanganligini ta’kidlaydi. Ular shaxsning qiziqishi, intilishi, ehtiyojlari bilan bog‘liqligi uqtiriladi. Shuningdek, motivatsiya shaxsga va faoliyatga ta’sir o‘tkazuvchi ijtimoiy omillarga aloqador ekanligi ta’kidlab o‘tiladi.
Motivatsiyani V.G.Aseev uzluksiz – protsessual va diskret holatlari yuzasidan o‘rganadi. Motivatsiyaning faolligi va imkoniyatga ega ekanligi, uning modalligi, mazmuni va dinamikasi birligi xususiyatlari tekshiriladi. Eng muhim jihati shundan iboratki, bunda shaxsda motivatsiyani shakllantirish jabhasiga keng e’tibor beriladi. Uning mulohazasicha, inson faoliyatini harakatga keltiruvchi kuchi va psixik jarayonlar boshqaruvining yuksak shakli motivatsiyani rivojlanish qonuniyatlaridir. Boshqaruvning yuksak shakli sifatida motivatsiyaning talqin qilinishi bu sohada dadil ilmiy intilish bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ushbu asarning eng muhim yutug‘i shuki, unda shaxs shakllanishining boshqaruvchi motivatsiyasi jabhalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning mujassamlashganligidir.
V.S.Merlin o‘zining shaxsga oid izlanishlarida – motivatsiya jabhalarini tadqiqot qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan. U shaxsning yo‘nalishi jabhasida turtki (motiv)ni faoliyatga undash imkoniyati va uning inson e’tiqodi uchun ahamiyati yuzasidan mulohaza yuritadi. Motivlar psixologiyasi o‘quv jarayonida o‘quvchilar xulqini boshqarish, o‘qituvchining kasbiy tayyorgarligi, tuzatish, sog‘lomlashtirish amaliyoti pozitsiyasidan turib tahlil qilinadi. Muallif nafaqat o‘quv xatti–harakatlarini, balki bilimlarni shaxs tomonidan egallash motivlarini boshqarish zarrur, deydi. Insonlar faoliyatini boshqarishni tub ma’noda amaliyotda yuzaga chiqarish uchun ularda muayyan qo‘zg‘ovchi(motivni) vujudga keltira olish shart ekanligi olim tomonidan alohida ta’kidlab o‘tiladi. Uning muhokama uchun tashlagan fikrlari motivatsiyaning har qanday faoliyat turidagi o‘rni va ahamiyatini baholashda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘quv motivlariga bag‘ishlangan talaygina tadqiqotlar mavjud bo‘lib, ularning ichidan L.I.Bojovich va uning shogirdlari olib borgan uzluksiz izlanishlari alohida o‘rin egallaydi. L.I.Bojovich shaxsning yo‘nalishini tahlil qilar ekan, motivlarning keng ijtimoiy hamda o‘quv faoliyatini vujudga keltiruvchi motiv turkumlariga ajratadi. Uning fikricha, yo‘nalish – bu nisbiy uzluksiz va ustuvor motivlar majmuasidan iboratdir. L.I.Bojovich o‘quvchilarning o‘qishga munosabatini tadqiq qilish kezida yana shu narsani qatiy qayd etish imkoniyatiga ega bo‘ldiki, jumladan bunda munosabatning tub psixologik mohiyatini ifodalovchi motivlar majmuasi ularning o‘quv faoliyatini belgilaydi. Shaxsda barqarorlikni shakllantirish muammosi, birinchi navbatda o‘zining kelib chiqishi nuqtai nazaridan ijtimoiy va mazmunan esa axloqiy xulq, motivlarini tarkib toptirish demakdir, degan xulosaga muallif keladi. L.I.Bojovich o‘zining shogirdlari bilan o‘quv motivlarini rivojlantirishga muhim hissa qo‘shish imkoniyatiga erishdilar. Ularning eng muhim g‘oyasi shundan iborat bo‘ldiki, shaxsning yo‘nalishi uning motivlari bilan o‘zaro aloqada, atrof muhitga munosabat esa motivatsiya tuzilishiga bog‘liq tarzda hukm surishi to‘g‘risidagi mulohazalarda o‘z ifodasini topadi.
Motivatsiya masalalari boshqa bir qator ishlarda bayon qilingan. Jumladan, V.I.Selivanov motivatsiyani xulq turtkisi sifatida talqin qilib, o‘z xulqini o‘zi boshqarishni irodaviy, bilishga oid va motivatsion izohlashga intiladi. Bundan tashqari, muallif borliqqa nisbatan motivatsion–qadriy munosabat shakli masalasi, ehtiyoj bilan mayllarning o‘zaro munosabati, ijtimoiy faollikning motivlari xususiyati, hamkorlik faoliyati motivlari, xulq-atvor komforti kabi motivatsiya muammolarini o‘rganadi.
Yuqoridagi mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, sobiq ittifoq psixologiyasida motiv va motivatsiya muammolari turli nuqtai nazardan tadqiq qilingan. Chunonchi bilish(kognitiv) jarayonlari motivatsiyasi, ularning ilmiy – metodologik va o‘ziga xos xususiyatlari, mexanizmlari, faoliyat, xulq hamda muomala motivatsiyasi, ta’lim, kasb tanlash, kasbga moslashish, kasb motivlari dinamikasi kabi muammolar keng ko‘lamda o‘rganilgan.
Motiv va motivatsiya ta’rifi yuzasidan ham psixologlar o‘rtasida hamjihatlik mavjud emas. Hatto psixologik lug‘atlarda, ensiklopediyalarda ham xilma–xil talqinlar, ta’riflar hukm surib kelmoqda. Ushbu muammoga nisbatan tadqiqotchilar yondashuvi va talqini turli–tumanligi umumiy birlikka kelishga imkon bermayapti.
Shunday qilib, tahlil etilgan materiallariing ko‘rsatishicha, sobiq ittifoq psixologiyasida motiv va motivatsiya yuzasidai ham nazariy, ham xususiyatli boy materiallar to‘plangan. Mavjud ma’lumotlar muammoni o‘rganishning dastlabki, boshlang‘ich pozitsiyasini aniqlash, yaratish uchun muhim imkoniyat vujudga keltiradi. Faqat ana shundagina motiv va motivatsiya mohiyati, mazmuni, mexanizmi, manbalari, boshqa kategoriyalar bilan izchil aloqasi, ierarxiyasi, ularning faoliyat, xulq-atvor, muomala jarayonidagi o‘rni, ahamiyati bo‘yicha ilmiy izlanishlarni davom ettirishga muhim shart–sharoitlar yaratadi. Ayniqsa, o‘quv motivlari(o‘rta ta’lim, kasb–hunar kolleji, akademik litsey, oliy o‘quv yurti) va ularning etnopsixologik xususiyatlariga oid tadqiqotlarni amalga oshirishga puxta zamin hozirlaydi, sub’ektlarni mustaqil fikrlashga, aqliy taraqqiyotga, shaxsiy kamolotga, ijodiy izlanishga, akmeologik imkoniyatni ro‘yobga chiqarishga o‘rgatadi.

Download 90,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish