3-mavzu: Ishlab chiqarish omillari va ishlab chiqarish jarayoni Reja



Download 291,5 Kb.
bet17/18
Sana11.02.2022
Hajmi291,5 Kb.
#444406
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Soha iqtisodiyoti 3-MAVZU.Ishlab chiqarish omillari

Bs
Kop t= --------,
Xε
bu yerda: Kopt – iqtisodiy optimal sifat;
Bs - buyum sifati;
Xε - buyumni sotib olish va ekspluatatsiya qilish harajatlari, so`m.
Formulaning maxrajini aniqlash murakkab emas, chunki u buyumning sotish bahosini, ekspluatatsiya, ta’mirlash va utilizatsiya qilish harajatlarini o`z ichiga oladi. Formula sur’atini aniqlash esa qiyinrok kechadi, chunki buyumning sifati juda ko`p va turli - tuman ko`rsatkichlardan iborat. Bu bilan aloxida fan - kvalametriya ilmi shug`ullanadi. U sifatni son jixatdan, ya’ni bir so`mlik harajatga buyum sifati birligining o`sishini baholashning yetarli darajada ma’qul usulini ishlab chiqqan.
Demak, hozirgi zamon ishlab chiqarishi soitida maxsulotning sifati - korxona (firma) samaradorligining, rentabelligining muhim tashkil etuvchisidir, shu sabli unga doimo e’tibor bermoq zarur. Sifat bilan barcha - korxona direktoridan tortib, aniq ish bajaruvchigacha shug`ullanishi kerak.
Sifatni ta’minlash, loyixalash, saqlash bo`yicha barcha jarayonlar sifatni boshqarish tizimiga birlashtirilgan.
Bugungi kunda yurtimizda faoliyat ko`rsatayotgan korxonalarni jadal modernizatsiya qilish va texnik qayta jixozlashni ta’minlash, yuksak texnologiyalar asosida ishlaydigan avtomobilsozlik va gaz-kimyo, elektr texnikasi va to`qimachilik, oziq-ovqat va farmatsevtika, axborot va telekommunikatsiyalar tarmog`i hamda boshqa yo`nalishlardani yangi va zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini yuritishga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Tadqiqotchilarning fikriga ko`ra, jaxon xo`jaligini rivojlantirishda xalqaro kapital migratsiyasi muhim ahamiyatga ega, chunki u mamlakatning tashqi iqtisodiy va siyosiy aloqalari mustahkamlanishiga olib keladi, ularning tashqi savdo aylanmalarini, ishlab chiqarish xajmini ko`paytiradi, iqtisodiy rivojlanishni jadallashtiradi, ishlab chiqarilayotgan tovarlarning jaxon bozoridani raqobatdoshligini, importchi mamlakatlar texnik saloxiyatini o`stiradi va mamlakatdani bandlikni oshiradi.
Maxsulot sifatini boshqarishda quyidani vazifalar amalga oshiriladi:

  • maxsulotning texnikaviy darajasi va sifatini uzoq muddatlarga chamalash;

  • maxsulot sifatini oshirishni rejalashtirish va bashorat qilish;

  • maxsulot sifatini attestatsiya qilish;

  • maxsulot loyixasini chizish va ishlab chiqarishga joriy etish;

  • maxsulot sifatini moddiy-texnika tomondan ta’minlash;

  • ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash;

  • maxsulot sifatini o`lchashni tashkil etish;

  • mutaxassislarni tanlash, joylashtirish, o`qitish va tarbiyalash;

  • sifatli maxsulot ishlab chiqarish darajasini bir tekisda olib borish;

  • ishlab chiqarish vositalarini saqlash, ta’mirlashni tashkil etish;

  • maxsulot sifatini oshirishni rag`batlantirish;

  • maxsulot sifatini nazorat qilish;

  • standartlarga, o`lchash vositalariga va texnik stlarga rioya qilish;

  • maxsulot sifatini boshqarish xuquqini ta’minlash.

Maxsulotning xossalari, texnologik jarayonlarning ixtisoslashtirish xususiyatlari, ishlab chiqarishni tashkil etish shakllari va usullarini hisobga olgan xolda bajariladi.
Maxsulot sifatini yaxshilashga oid vazifalar va tadbirlar tuzilayotganda ularni amalga oshirish imkoniyatlari va maqsadga muvofiqligi texnikaviy-iqtisodiy jixatdan asoslanadi.
Buning uchun quyidanilar asos qilib olinadi:

  • ishlab chiqarilgan maxsulot sifatiga bo`lgan talablar va kelgusida uni takomillashtirish imkoniyatlari;

  • maxsulotning sifat darajasini baholash;

  • ishlab chiqarilgan maxsulotda uchragan nuqsonlarni yuzaga chiqarish va ularni taxlil etish;

  • laboratoriyadan o`tkazilgan sinov natijalari, iste’molchilar tomonidan yuborilgan norozilik xujjatlari, texnikaviy nazorat va ma’lumotlar;

  • ilg`or korxonalarning maxsulotlari bilan taqqoslash.

Maxsulot sifatini yaxshilashga oid tadbirlar majmuasiga quyidanilar kiradi:

  • maxsulotning sifat ko`rsatkichlarini yaxshilashga qaratilgan asosiy tajriba va loyixalashtirish ishlari hamda tashkiliy-texnikaviy tadbirlar;

  • ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyasini takomillashtirishga oid tadbirlar;

  • xomashyo va materiallar sifatini oshirish bo`yicha ta’minlovchilarga qo`yiladigan talablar;

  • maxsulot sifatini oshirish bo`yicha o`tkaziladigan ilmiy-tadqiqot, tajriba va loyixalashtirish bo`yicha ilmiy-tekshirish, loyixalashtirish tashkilotlariga beriladigan topshiriqlar;

  • texnikaviy xujjatlarni yaxshilash tadbirlari;

  • texnologik intizomga rioya qilishni tekshirish soiti, ishlab chiqarishni o`lchov asboblari bilan ta’minlash, ularning aniq ishlashini kuzatib turish tadbirlari;

  • standartlarni o`zlashtirish, ularga rioya qilish, buyumlarni unifikatsiyalashtirish, yuqori sifatli maxsulot ishlab chiqarish, nuqsonlarning oldini olish va iste’molchilar tomonidan bo`ladigan noroziliklarni kamaytirish bo`yicha tadbirlar.

Ushbu va boshqa bir qator tadbirlarning o`z vaqtida bajarilishini to`la-to`kis ta’minlash uchun ularning bajarilish muddatlari, mas’ul kishilar, muayyan harajatlar va ularning iqtisodiy samaradorligi, raqobatbardoshligi hamda boshqa ko`rsatkichlar aniqlanadi.
Ma’lumki, raqobat va raqobatbardoshlik o`rtasida dialektik aloqadorlik mavjud bo`lib, biri ikkinchisidan kelib chiqadi. Raqobat korxona (firma)larni raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishga va raqobatbardosh xizmatlar ko`rsatishga undaydi.
Raqobatbardoshlik nisbiy o`lchov bo`lib, uning xususiyati shundan iboratki, uni raqobat predmeti (maxsulot raqobatbardoshligi)ga nisbatan ham qo`llash mumkin.
Maxsulotning raqobatbardoshligi deganda, iste’molchining aniq extiyojlarini qondirish va uni harid qilish hamda keyinchalik undan foydalanish uchun sarflanadigan harajatlar darajalari bo`yicha uni, ya’ni maxsulot boshqa shunday tovarlardan ajralib turadigan tavsiflar yig`indisi tushuniladi.
Maxsulotning raqobatbardoshligi - u biror bir firma tomonidan ishlab chiqarilgan, raqobatchi firmalarning xuddi shunday tovarlariga qaraganda yaxshiroq iste’mol xususiyatlari va texnik-iqtisodiy parametrlariga ega bo`lgan tovarlarning iste’molchilar tomonidan ajratib olinish «qobiliyati»dir.
Raqobatbardoshlik aynan bozorda kuzatiladi va tovarlarning iste’molchi extiyojlariga muvofiq kelishi solishtirib va tekshirib ko`riladi. Ana shunda tovarning raqobatbardoshligi real haridni amalga oshirayotgan haridor uchun jozibadorlik darajasini ko`rsatadi.


Download 291,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish