3-mavzu. Innovatsion faoliyat davlat tomonidan boshqarish


-rasm. O‘zbekistonda kichik biznes sub’yektlarining innovatsion faoliyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash modeli



Download 126,69 Kb.
bet7/8
Sana19.03.2022
Hajmi126,69 Kb.
#500698
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-MAVZU. INNOVATSION FAOLIYAT DAVLAT TOMONIDAN BOSHQARISH

3.5-rasm. O‘zbekistonda kichik biznes sub’yektlarining innovatsion faoliyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash modeli.

Tahlillar ko‘rsatishicha, O‘zbekistonda innovatsiya faoliyati asosan davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshirilmoqda. Innovatsiya faoliyatiga byudjet mablag‘larining ko‘p jalb qilinishi uning sifat xususiyatlarini pasaytirib yuboradi. Byudjet mablag‘lari innovatsion loyihalarni qo‘shma moliyalashtirishda ko‘proq samara beradi.


O‘zbekistonda kichik biznes sub’yektlarining innovatsion faoliyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash modeli keltirilgan .
Davlat ilmiy-tadqiqot muassasalari, xususiy tadqiqotchilar va oliy ta'lim muassasalari tomonidan ishlab chiqilgan amaliy va innovatsion loyihalarni o‘zining iqtisodiy-moliyaviy dastaklari yordamida muvofiqlashtirishi hamda ularni tijoratlashuvini yo‘lga qo‘yishda xususiy va nodavlat investorlarni jalb etishi, venchur va modernizatsiya fondlari hamda texnologiyalar transferi xizmatlarini tashkil etishi, shuningdek, kichik biznes sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlovchi infratuzilmalar faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish orqali innovatsion kichik biznesni rivojlantirishda yetakchi bo‘lishi lozim.
Xorijiy davlatlar ilg‘or tajribalari shuni tasdiqlamoqdaki, innovatsion loyihalarni moliyalashtirishning eng maqbul usullaridan biri venchur moliyalashtirishdir. Tadqiqotda ta'kidlanishicha, kichik biznes sub’yektlarining innovatsion loyihalarini tijoratlashtirish muammosini samarali hal etishda venchur moliyalashtirish fondlarini tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Innovatsiya loyihalarini venchur moliyalashtirish fondi davlat va xususiy mablag‘larni jamlab, ularni ushbu loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltiradi.


3.6-rasm. Kichik biznes innovatsion faoliyatida risklarni samarali boshqarish mexanizmlarining tashkiliy-iqtisodiy asoslari.
Kichik biznes sub’yektlarining innovatsion faoliyatini samarali rivojlantirishda yangi mahsulotlar, xizmatlar va ularni ishlab chiqarish uslublarini, yangi ishlab chiqarish jarayonlarini tadqiq qilish va ishlab chiqish, loyihalashtirish, dizayn va boshqa ishlanmalar yaratish, texnologik innovatsiyalar bilan bog‘liq mashina va asbob-uskunalar sotib olish hamda innovatsion marketing va boshqaruvning yangi uslublarini joriy etish lozim. Davlat tomonidan kichik biznes sub’yektlariga innovatsion g‘oya hamda texnologiyalarni joriy qilishda ko‘proq imtiyoz va rag‘batlantirishlar berilishi natijasida innovatsiyalar iqtisodiyotda yuqori samara beradi.
Respublikada innovatsion faoliyatini rivojlantirish hamda boshqaruv mexanizmini takomillashtirishda:
1. Hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan izchil iqtisodiy siyosat natijasida bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulot tarkibidagi ulushi ortib bormoqda. U mamlakatimiz iqtisodiyotidagi yetakchi kuchga aylanib, bozorlarimizni zaruriy tovar va xizmatlar bilan to‘ldirish, aholi daromadi va farovonligini oshirishning asosiy manbai, ish bilan ta'minlash bilan bog‘liq muammolarni hal etishning muhim omiliga aylanmoqda. Biroq, kichik biznesning sanoat va eksportdagi ulushi pastligi, kichik biznes innovatsion faoliyatining yetarli darajada rivojlanmaganligi mazkur soha va tarmoqlarda kichik biznesni rivojlantirishga ustuvor ahamiyat berishni talab etmoqda.
2. Kichik biznes sub’yektlari innovatsion faoliyatining muvaffaqiyatini ta'minlash maqsadida boshqaruv tizimi – menejmentni innovatsion marketing bilan bog‘lash muhim. Kichik biznes faoliyatiga innovatsion marketingni keng tatbiq etilishi yangi mahsulotni ishlab chiqarish to‘g‘risidagi g‘oyani yetarli darajada asoslanishidan tortib, mazkur tovarni bozorda kuchli o‘rin egallashigacha bo‘lgan siklni o‘z ichiga oluvchi innovatsiyalarni hayotiylik davrini davomiyligini ta'minlaydi. Shuningdek, kichik biznes sub’yektlarining innovatsion faoliyatini boshqarish bu toifadagi sub’yektlar tez rivojlanayotgan bozor jarayonlarida raqobatlasha olish imkonini beruvchi yangi texnologiyalar majmuasini o‘zida mujassam etishi lozim. Innovatsiyalarni boshqarishning yangi texnologiyalarini joriy etish kelgusida innovatsion jarayonlarni tijoratlashtirish muammosini hal etadi6.
3. Kichik biznes sub’yektlari innovatsion faoliyati samaradorligi malakali bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan innovator menejerlar ishining natijaviyligiga bog‘liq bo‘lib, innovatsiya faoliyatini boshqarish jarayonida quyidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirish tavsiya etiladi:

  • kichik biznes sub’yektining innovatsion faoliyatini rivojlantirish yuzasidan strategik va taktik maqsadlarni aniqlash, innovatsion strategiyalar tizimini ishlab chiqish;

  • innovatsion faoliyatni tashkil etish va texnologik jarayondagi mutanosibliklarni bartaraf qilish;

  • kichik biznes sub’yektining innovatsion faoliyatini rivojlantirish bilan bog‘liq qisqa va uzoq muddatli strategik yo‘nalishlarini ishlab chiqish;

  • innovatsion va investitsion portfelni shakllantirish, patent, litsenziya va nau-xaular yaratish va joriy etishni boshqarish;

  • tavakkalchilik elementlarini boshqarish va diversifikatsiya qilish;

  • innovatsiyalar bilan bog‘liq axborotlar yig‘ish va tahlil etish tizimini yaratish;

  • kichik biznes sub’yekti innovatsion faoliyatining samaradorligini oshirish yo‘llarini ishlab chiqish va uni amalga oshirishni boshqarish.

4. Respublikamizda innovatsiya muhitining bugungi ahvoli qisqa muddatlarda kichik biznes innovatsion faoliyatini rivojlantirishning yuqori darajasiga erishish imkonini bermaydi. Shu bois, uni rivojlantirish davlat tomonidan mazkur yo‘nalishdagi aniq chora-tadbirlarni belgilashni taqozo etadi. Bu borada asosiy e'tibor avvalambor, quyidagilarga qaratilishi lozim:

  • kichik biznesning ilmiy-texnikaviy axborotdan foydalanish, innovatsion loyihalarni ishlab chiqarishga joriy etishdagi yuqori transaksion harajatlarini kamaytirish;

  • kichik korxonalar uchun yangi texnologiyalarni sinovdan o‘tkazish va ularni jalb etishdagi yuqori tavakkalchiliklarni bartaraf etish;

  • innovatsion ishlanmalar va ularni joriy qilish uchun o‘z resurslarini taklif qiluvchi moliyaviy va investitsiya institutlari bozori tashkil etilishini rag‘batlantirish;

  • yirik korxonalarni kichik biznes sub’yektlarining innovatsion loyihalarini hissador tashkilot sifatida ulushli moliyalashtirishdan oladigan manfaatdorligini oshirish;

  • fan–ta'lim–ishlab chiqarish integratsiyasi samaradorligini oshirish va ularni o‘zaro bog‘laydigan innovatsion vositachilar tarmog‘ini rivojlantirish.

5. Kichik biznes sub’yektlarining moliyaviy resurslarga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘laroq qondirish hamda ularning innovatsion loyihalarini tijoratlashtirishda mazkur loyihalarni venchur moliyalashtirish fondlarini tashkil etish yuqori samara beradi. Innovatsion loyihalarni venchur moliyalashtirish fondi xususiy mablag‘larni jamlab, ularni ushbu loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltiradi. Venchur investitsiyalari uzoq muddatli kreditlarning kafilliksiz shakli hisoblanib, mazkur mablag‘lar bevosita korxonani o‘ziga emas, uning aksionerlik kapitaliga yo‘naltiriladi. Venchur moliyalashtirishni amalga oshiruvchi tomonlar innovatsion loyihalarni ishlab chiqarishga joriy etish natijalari yuzasidan olinadigan daromaddan moliyalashtirishga qo‘shgan xissalari miqdorida ulush oladilar.
6. Kichik biznes sub’yektlari mahsulotlarini jahon bozorlariga olib chiqish va xalqaro bozorlar standartlariga moslashtirish orqali ularni tashqi iqtisodiy faoliyat jarayonlariga keng jalb etish, zamonaviy axborot texnologiyalari yutuqlaridan foydalanilgan holda kichik biznesni ma'lumotlar bilan ta'minlash sifatini oshirish hamda innovatsion marketing tadqiqotlarini olib borish kabi uslubiy yordamlar ko‘rsatishda kichik biznes innovatsion faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashuvchi infratuzilmalar faoliyatini tubdan isloh qilish lozim. Xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilmalar kichik biznes sub’yektlarining o‘sib borayotgan talab va extiyojlari to‘liq qondirish orqali ularning innovatsion faoliyatini rivojlantirishni rag‘batlantirishda yetakchi kuchga aylanishi zarur.



Download 126,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish