emas. Chunki to’g’ri tashkil qilingan konferenstiyalar yuqori qayd qilingan
xususiyatlarning shakllanishiga asos soladi.Konferenstiyaga tayyorgarlik va uni
o’tkazish jarayoniga asosiy urg’u talabalar mustaqilligini oshirish va ularning o’z
ustida ishlashga tayyorgarligini rivojlantirishga qaratiladi. Bu natijaga talabalar
o’quv bilish faoliyatining ikki yoqlama maqsadliligi bilan erishiladi:
1.Turli manbalardan yangi bilimlarni mustaqil topish;
2. O’quv faoliyatining yangi sharoitlarida bor bilimlarni mustaqil qo’llay olish.
Konferenstiyagi tayyorgarlik mavzuni aniqlash, mavzu bo’yicha
savollar
tanlashdan boshlanadi.
Amaliyotda mavzuiy, xulosalovchi va obzor konferenstiyalar qo’llaniladi.
Konferenstiyada muammoli savollarning erkin, ochiq mushohada qilinishi
asosiy mezon hisoblanadi.
Konferenstiya o’zining xususiyatlariga ko’ra seminarga yaqin bo’lib, uni
rivojlangan shakli sanaladi, chunki, konferenstiyalarni o’tkazish metodikasi
seminarlarni o’tkazish metodikasiga o’xshash bo’lib, faqat referatlar va ma’ruzalar
tayyorlanishiga talabalar seminarga qaraganda ancha yuqori.
Chunki ularga
talabalar ijodiy faoliyati tajribasini qo’llanilishi talab qilinib, shakllantiruvchi
vosita sifatida qaralib, topshiriqlarning qiyinlik darajasini ko’tarilishi nazarda
tutiladi.
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan konferenstiyalar ishlab chiqarish
amaliyotini tashkil qilish munosabati bilan ham o’tkaziladi.
Bunday
konferenstiyalar talabalarni ishlab chiqarish jarayoniga tayyorlash, ularni ma’naviy
jihatdan ilhomlantirish maqsadida tashkil qilinadi. Unda talabalar amaliyot davrida
bajariladigan ishlari bilan tanishadilar. Amaliyot jarayonida uchraydigan
qiyinchiliqlar haqida bilib oladilar. Talabalarga joylardagi texnika xavfsizligi
qoidalari ham tushuntiriladi.
Yakuniy konferenstiyada amaliyot natijalari yakunlanadi. Talabalarnin
g
o’quv ishlab chiqarish faoliyatlari yakunlanadi, eng yaxshi tajribalar tavsifi
beriladi. Amaliyotchi talabalar o’z chiqishlarida nazariy
va amaliy bilimlarini
chuqur o’zlashtirganliklarini, ishlab chiqarish masalalarini echishga tayyor
ekanliklarini, kasbiy fikrlash, voqea va hodisalarini xolisona baholay olishlarini
ko’rsata olishlari kerak.
Yakuniy konferenstiyaga quyi kurs talabalarini taklif etish ijobiy samara beradi.
Amaliyotchi talabalar ishi bilan tanishish ularda egallayotgan mutaxassisliklariga
ijobiy
munosabatni tarbiyalab, nazariy predmetlarni o’zlashtirishga stimul
uyg’otadi.
O’qituvchilar
talabalarning
konferenstiyaga
chiqishlariga
tayyorgarlik
ko’rishlarida, ya’ni material tanlash, referat yoki doklad uchun misol va faktlar
to’plash, chiqish tizimini aniqlash, namoyish etadigan materialni to’plash va
rasmiylashtirishda
yaqindan yordam berib, rahbarlik qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: