Referat mustaqil ilmiy hujjat sifatida uning titul (yuza) varag'i bo'ladi,
qisqa kirishi, (analitik obzor) asosiy qismi, xotima, foydalanilgan materiallar
ro'yxati bo'ladi. Zarurat bo'lsa, referat, qo'shimcha ma'lumotlar ilova qilinishi mumkin.
Referatning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, yuzaga kelgan
muammo qisqacha yoritiladi, muammoni, vazifani yechish borasidagi
umumiy yondashuv yoritiladi.
Asosiy qismda (yoki analitik obzorda) tadqiqot olib borilayotgan mavzu
doirasida va unga turdosh soha bo'yicha bugungacha mavjud ilmiy yechimlar
tadqiqot natijaJari qisqacha tahlili keltiriladi.
Tahlil qilinayotgan material ma'lum bir xronologik ketma-ketlik prinsipi
asosida ko'rib chiqilishi tadqiqot olib borilayotgan mavzu va soha ilmining
rivojlanishi xarakterini to'la ochilishini ta'minlaydi.
Dastlabki manbalar tahlili quyidagicha bajarilishi zarur:
- birlamchi manba muallifi tamonidan ilgari surilgan ishchi gipotezani
yutug'i va kamchiligi ochiladi;
- muallif qabul qilgan matematik modeli, shartli qabul qilganlari
(dopusheniya)si va cheklanishlari, nazariy natijalari baholanadi;
- tajriba o'tkazish usulubi ,o'tkazilish sharoiti, rejalatirilishi, tajriba
uskunalari va ularning zamonaviyligi, tajribaning aniqligi baholanadi;
- manba muallifi tamonidan qabul qilingan xotima va takliflari tahlil
qilinadi.
Ma'lumotlar o'rganib chiqilgandan keyin tadqiqot mavzusiga yoki unga
turdosh ilmiy tadqiqotlarga oid ilmiy ishlari o'rganilib chiqilgan dastlabki
holatni, uslublari, olingan natijalari, xulosalarini solishtiriladi, tadqiqot
qilinayotgan masala holatiga umumiy baho beriladi, o'z nuqtai nazari
ifodalanadi va shu masalada noaniq bo'lib qolgan, oxirigacha ishlanmagan
texnik texnologik uslubiy muammolar haqida xulosaviy xotima qilinadi.
Bugungacha olib borilgan (mavzu bo'yicha yoki unga yaqin yo'nalishlarda)
tadqiqotlarni mualliflari qaysi tomonlari bo'yicha qo'shimcha tadqiqotiar
olib borilishi va qaysi Yo'nalishda o'z tadqiqotlarini olib borish kerakligi
aniq keltiriladi.
Xotima (zakiyucheniye) masalani tahlili va keyingi tadqigi ifodasidan
kclib chiqib xulosaning qisqa tushuntirilishini qamraydi.
Adabiyotlar ro'yxati referatni tuzishda foydalaniigan hamma manbalarni
qamrashi kerak, u alfavit tartibida nomerlangan holda joylashadi. Referat
matnida har qaysi manbaga ishora qilinadi, u kvadrat qavs ichida nomer
ko'rinishida bo'ladi.
Hamma yordamchi material referatning ilovasiga kiritiladi. Referatda
ilova shart emas, usiz bo'lgani ma'qul. Referatning umumiy hajmi 15 varaq qo'lyozmadan oshmasligi kerak.
Monografiyalar, maqolalar, standartlar, ka<;hfiyotiar, ma'ruza tezislari,
gazetadagi maqolalar, ITI hisobotlari, deponentlangan materiallar, kataloglar
va boshqa materiallar haqidagi ma'lumot OAKning 1985-yil 5-sonida
e'lon qiJingan talablarga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Xulosa. Har qanday ilmiy-ijodiy faoliyat muammodan boshlanadi. Shuning uchun ham ilmiy-ijodiy faoliyatda muammo muayyan bilimlarning rivojlanishi natijasida obektiv tarzda yuzaga keladigan, yechimini topish muhim amaliy yoki nazariy ahamiyatga ega bо‘lgan masala yoki masalalar majmui sifatida namoyon bо‘ladi.
Ilmiy-tadqiqot faoliyatining namoyon bо‘lish shakllari yuzasidan quyidagicha ilmiy-nazariy xulosalarga kelish mumkin:
Birinchidan, ijod – bu ongning oliy darajasi, faoliyatning yuqori va ancha murakkab shakli bо‘lib, u mavjudotlar ichida faqat insonga xosdir. Inson – bu yaxlitlik va kо‘plikni ziddiyatli birlikda о‘zida qamrab olgan ijodiy zotdir. Ilmiy tadqiqot xilma-xil ma’naviy-madaniy ehtiyojlarni qondirish bо‘yicha son-sanoqsiz vazifalarni hal qilishga yо‘naltirilgan faoliyat hamdir. Ijod asosida biz fanga ilgari ma’lum bо‘lmagan obektiv qonuniyatlar, hodisalar, xossalar, effektlar haqida bilimga ega bо‘lamiz, ya’ni ilmiy ijodning evristik xususiyati mavjud ilmiy bilimlarga tub о‘zgartirishlar kiritishda yorqin namoyon bо‘ladi. Aynan shuning uchun ham biz evristik faoliyatni ilmiy-ijodiy foliyatning metodologik asosi va mohiyatini ifodalovchi jarayon sifatida tushunamiz.
Ikkinchidan, ilmiy tadqiqotning maqsadi tiriklik qonunlarini, voqelik jarayonlari va hodisalarining о‘zgarishi, rivojlanishi, vujudga kelishi va yо‘qolishini kuzatish, kashf etish, tushuntirish va bashorat qilishdangina iborat emas. Uning dastlabki asosi va mavjudlik sharti о‘zlikni anglashdir. Insonning har bir yangi kashfiyoti uning о‘z-о‘zini bilishga bо‘lgan urinishining, intilishining natijasi bо‘lib kelgan. Hattoki insonning о‘z-о‘zini anglash yо‘lida kashf qilgan vodorod bombasi ham uning о‘ziga barobar bо‘lgan kashfiyot bо‘la olmadi. О‘zlikni anglash kashfiyoti inson kashf qilishi mumkin bо‘lgan kashfiyotlarning ichida eng buyugi, eng oliysidir. Zero, fan uchun fan, kashfiyot uchun kashfiyot qilinmaydi. Bularning bari jamiyat uchun, odamning ilmiy salohiyatini yanada oshirish uchun xizmat qiladi.
Ilmiy-ijodiy faoliyat inson nazariy va amaliy faoliyati negizida yuzaga keladi, u tabiat, jamiyat va inson ongining murakkab hodisalarni tо‘g‘ri, obektiv talqin etishga, fanning evristik asoslarini ochishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |