3-mavzu. İlmiy tadqiqotning namayon bo’lish jihatlari va shakllari. Reja



Download 74,12 Kb.
bet4/15
Sana13.07.2022
Hajmi74,12 Kb.
#791428
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
3 Mavzu IDM UZB

I. Falsafiy metodlar. Ularning eng qadimgisi – dialektik va metafizik metodlardir. Mohiyat-e`tibori bilan, har bir falsafiy koncepciya metodologik funkciyaga ega bo’ladi, fikrlash faoliyatining o’ziga xos usuli hisoblanadi. Shuning uchun ham falsafiy metodlar yuqorida zikr etilgan ikki metod bilangina cheklanmaydi. Ularga analitik (hozirgi zamon analitik falsafasiga xos), intuitiv, fenomenologik, germenevtik (tushunish) metodlari ham kiradi.
Ba`zan falsafiy tizimlar (gohida ularning metodlari ham) turli «proporciyalar»da o’zaro qo’shilib, «chatishib» ketgan. Jumladan, Gegelda dialektik metod idealizm bilan, Geraklitda materializm bilan qo’shilgan. Gadamer germenevtikani racionalistik dialektika bilan birlashtirishga harakat qilgan va h.k.
Falsafiy metodlar qat`iy belgilangan qoidalar «to’plami» emas, balki umumiy, universal xususiyatga ega bo’lgan, ya`ni mavhumlashtirishning eng oliy (yuqori) «qavatlari»da joylashgan «yumshoq» tamoyil, operaciya va usullar tizimidir. Shuning uchun ham falsafiy metodlar mantiq va eksperimentning qat`iy belgilangan atamalarida tavsiflanmaydi, formalizaciya va matematizaciyaga bo’ysunmaydi.
Shuni yodda tutish kerakki, falsafiy metodlar tadqiqotning eng umumiy qoidalarini, uning bosh strategiyasini belgilaydi, ammo u maxsus metodlar o’rnini bosa olmaydi hamda bilishning pirovard natijasini to’g’ridan-to’g’ri va bevosita belgilamaydi. Tajriba shuni ko’rsatadiki, «ilmiy bilish metodi qancha umumiy bo’lsa, u bilishning muayyan bosqichlarini shuncha mavhum belgilaydi, tadqiqotning pirovard natijalarini belgilashda uning mavhumligi darajasi shuncha katta bo’ladi»34. Ammo bu falsafiy metodlar umuman kerak emas, degan ma`noni anglatmaydi. Bilish tarixi shundan dalolat beradiki, «bilishning yuqori qavatlarida adashish butun tadqiqot dasturini boshi berk ko’chaga olib kirib qo’yishi mumkin. Masalan, yanglish umumiy dastlabki shartlar (mexanicizm-vitalizm, empirizm-apriorizm) ob`ektiv haqiqatning buzilishini avval boshdanoq belgilab beradi, o’rganilayotgan ob`ektning mohiyatini cheklangan metafizik qarashga olib keladi»35.
İlg’or ilmiy bilishda dialektik-metodologiya o’z o’rni va ahamiyatiga ega36. U normalar, «receptlar» va usullarning qat`iy, bir ma`noli yig’indisi shaklida emas, balki inson faoliyatining umumiy tamoyillari, qoidalari, shuningdek, inson yaxlit tafakkurining dialektik va moslashuvchan tizimi sifatida real faoliyat ko’rsatadi.
Shuning uchun ham faoliyatning umumiy vazifasini ishlab chiqish, ob`ektiv voqelik mavjudligining umumiy qonunlariga mumkin qadar to’la muvofiq bo’lgan kategorial shakllarni rivojlantirish dialektik-materialistik metodologiyaning muhim vazifasidir. Ammo bunday shakllarning hammasi ham ob`ektiv voqelikni aynan aks ettiravermaydi va o’z-o’zidan metodologik tamoyilga aylanavermaydi.
Metodologik tamoyilga aylanish uchun dialektikaning umumiy qoidalari real dunyoni bilish va o’zgartirishda sub`ektning harakat usullarini (boshqa darajadagi qoidalar bilan mushtaraklikda) belgilaydigan normativ talablar, o’ziga xos ko’rsatmalar shakliga kirishi lozim. Dialektik-mantiqiy tamoyillarning, umuman, barcha ijtimoiy normalarning ob`ektiv belgilanganligi ulardan kelgusida bilish va voqelikni amaliy o’zlashtirish vositasi sifatida sub`ektiv foydalanish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Tabiiyki, dialektik metodni fikrlash tarzi oldindan o’lchangan va kafolatlangan universal mantiqiy sxemalarga bog’lash mumkin emas. Ammo, nafsilambrini aytganda, olimlarni «rivojlanish», «qarama-qarshilik», «sababiyat» singari tushunchalarning o’zi emas, balki ularning asosida ta`riflangan regulyativ tamoyillar qiziqtiradi. Bunda ular mazkur tamoyillar real ilmiy tadqiqotni amalga oshirishga qanday yordam berishi mumkinligini, tegishli predmet sohasini muvofiq tarzda tushunish va haqiqatning tagiga etishga ular qanday ko’maklashishi mumkinligini aniq bilishni istaydilar. Shuning uchun ham olimlarning amaliy falsafani umumiy dialektik tamoyillar bilan ma`lum fandagi muayyan vazifalarni hal qilishning metodologik tajribasi o’rtasidagi o’ziga xos ko’prikni yaratishga chaqiriqlari hozirgacha yangrab kelmoqda.
Yuqorida aytilganlarni dialektik metodning ayrim muhim tamoyillari misolida isbotlashga harakat qilamiz:
1. Ob`ektivlik – voqelikni uning real qonuniyatlari va umumiy shakllarida e`tirof etishga asoslangan falsafiy, dialektik tamoyil. Mazkur tamoyilning asosiy mazmunini quyidagi talablar shaklida ifoda etish mumkin:
a) uning butun hajmi va rivojlanishida hissiy-predmet faoliyati (amaliyot)dan kelib chiqish;
b) bilish sub`ekti va harakatning faol rolini anglab etish hamda ro’yobga chiqarish;
v) faktlarning yig’indisidan kelib chiqish va narsalar mantig’ini tushunchalar mantig’ida ifodalay olish;
g) predmetning barcha shakliy o’zgarishlari negizi sifatida uning ichki birligi (substanciyasi)ni aniqlash;
d) mazkur predmetga muvofiq bo’lgan metodlar tizimini to’g’ri tanlash va uni ongli ravishda, izchil amalga oshirish;
e) predmetni tegishli ijtimoiy-madaniy nuqtai nazardan, ma`lum dunyoqarashlar doirasida ko’rib chiqish;
j) barcha jarayonlar va hodisalarga konstruktiv-tanqidiy yondashish hamda mazkur predmetning mantig’iga qarab ish tutish.
2. Har tomonlamalilik – voqelikning barcha hodisalari o’rtasidagi umumiy aloqani ifoda etuvchi bilish va boshqa faoliyat shakllarining falsafiy, dialektik tamoyili. U quyidagi asosiy talablarni o’z ichiga oladi:
a) tadqiqot predmetini ajratish va uning chegaralarini belgilash;
b) uni yaxlit, «ko’p jihatli» ko’rib chiqish;
v) predmetning har bir tomonini sof shaklda o’rganish;
g) keng va chuqur jarayon – bilishni uning intensiv hamda ekstensiv tomonlari birligida amalga oshirish;
d) predmetning mohiyatini, bosh jihatini, uning substancional xossasini ajratish.
Har tomonlamalilik muayyanlik va tizimlilik tamoyillari umumilmiy tamoyil bilan uzviy bog’liq.
3. Muayyanlik (konkretlik) (lotincha concretus - quyulgan)–narsani yoki o’zaro bog’langan narsalar tizimini o’zining barcha tomon va aloqalari majmuida ifoda etuvchi falsafiy kategoriya. U muayyan hissiy tarzda (empirik bosqichda) yoki muayyan fikriy tarzda (nazariy bosqichda) aks ettiriladi. Mazkur kategoriya negizida muayyanlik dialektik tamoyili yuzaga keladi. U bir qancha talablarni o’z ichiga oladi:
a) ayni hodisani uning substancional belgisidan (bosh, muhim jihatidan) «ajratish» va uni dialektik tarzda qismlarga ajratilgan butun hodisa sifatida aks ettirish;
b) umumiyning xususiyda, mohiyatning hodisalarda, qonunning qonun modifikaciyalarida aks etishini kuzatish;
v) joy, vaqtning turli-tuman shartlarini hamda mazkur predmetning borlig’ini o’zgartiruvchi boshqa holatlarni hisobga olish;
g) umumiy va xususiyning maxsus mexanizmini aniqlash;
d) mazkur predmetni u qaysi tizimning unsuri bo’lsa, o’sha tizim tarkibida ko’rib chiqish.
4. Tarixiylik – o’tmish, hozirgi zamon va kelajak singari holatlar (vaqt bosqichlari)ning yaxlit uzluksiz birligi shaklida vaqt o’qi bo’ylab yo’nalgan voqelikning o’z-o’zini rivojlantirishini metodologik tarzda ifoda etuvchi falsafiy tamoyil.
Mazkur tamoyil quyidagi asosiy talablarni o’z ichiga oladi:
a) tadqiqot predmetining hozirgi holatini o’rganish;
b) o’tmishni tiklash–genezisni, uning vujudga kelishini hamda tarixiy harakatining asosiy bosqichlarini ko’rib chiqish;
v) kelajakni bashorat qilish, predmetning bundan buyon rivojlanishi tendenciyalarini prognoz qilish.
5. Qarama-qarshilik tamoyili – narsa va hodisalarning real qarama-qarshiliklari negizini tashkil etuvchi tamoyil. U quyidagi asosiy talablarni o’z ichiga oladi:
a) predmetdagi qarama-qarshiliklarni aniqlash;
b) mazkur qarama-qarshilikning tomonlaridan birini har tomonlama tahlil qilish;
v) boshqa qarama-qarshilikni tadqiq qilish;
g) qarama-qarshiliklarning har biri haqidagi bilimga asosan predmetga qarama-qarshiliklar birligi (sintezi) deb qarash;
d) predmetning boshqa qarama-qarshiliklari tizimida qarama-qarshilikning o’rnini aniqlash;
e) mazkur qarama-qarshilikning rivojlanish bosqichlarini kuzatish;
j) qarama-qarshilikni jarayon sifatida bartaraf etish mexanizmini tahlil qilish.
Real qarama-qarshiliklarni aks ettiruvchi tafakkurdagi qarama-qarshilikni fikrning chalkashligi va noizchilligini ifoda etuvchi hamda formal mantiq qonunlari bilan taqiqlangan «mantiqiy» qarama-qarshiliklardan farqlash lozim.
Dialektika tamoyillari noto’g’ri amalga oshirilgan hamda qo’llanilgan taqdirda ularning ko’p sonli talablari bajarilmasligi, binobarin, haqiqat yo’lidan chalg’ish va yanglishishlar sodir bo’lishi mumkin. Ob`ektivizm va sub`ektvizm, biryoqlamalik yoki predmetning tasodifan ajratib olingan jihatlarini sub`ektiv birlashtirish, uning mohiyatiga zid ish tutish yoki uni ikkinchi darajali, nomuhim jihatlarga almashtirish, joy, vaqt va boshqa belgilangan shartlarni e`tiborga olmasdan predmetga abstrakt yondashish, uni notanqidiy ko’rib chiqish, o’tmishni modernizaciya yoki arxaizaciya qilish, predmetning vujudga kelish shartlarini uning o’zi bilan ayniylashtirish (aralashtirish), qarama-qarshilikni bartaraf etishni uning jihatlarini «mo’`tadillashtirish» deb tushunish shular jumlasidandir.

Download 74,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish