6.Entoni Bler boshchiligidagi leyboristlar hukumati.
1994 yili Leyboristlar partiyasi rahbarligiga 40 yoshli Entoni Bler keldi. Leyboristlarning 1997 yilgi saylovoldi manifesti “yangileyborizm” g‘oyalari ruhida tuzilgan edi. Umuman olganda iqtisodiy sohada Status guo-ni saqlashga harakat qilib, unda leyboristlar partiyasi mamlakatda huquqiy islohotlar o‘tkazish va tashqi siyosatni o‘zgartirish zarurati haqidagi fikrlarini ilgari surdi.
1997 yil may oyidagi saylovlar natijalari oldindan ma’lum edi. Leyboristlar saylovchilarning 45% ovozini olib, parlamentda 659 o‘rindan 419 tasiga ega bo‘ldi. Konservatorlar esa 30,2% ovozga ega bo‘lib, bor-yo‘g‘i 165 ta nomzodlarini parlamentda joylashtira oldilar.
90-yillar oxirlarida Buyuk Britaniya iqtisodiyoti barqaror o‘sishsur’atlarini saqlab qoldi. Yigirma yillik islohotlardan so‘ngraqobatbardoshlikning yuqori darajasini ta’minlovchi zamonaviy sohaviy struktura shakllandi. Maishiy xizmat ko‘rsatish sohasi unumi va bandlik bo‘yicha birinchi o‘ringa chiqib oldi.
E.Bler hukumati Birlashgan qirollikka kirgan mintaqalarga nisbatan boshqaruv tizimini o‘zgartirish bo‘yicha qat’iy qadam qo‘ydi. 1997 yilda Uels va Shotlandiyada mahalliy qonun chiqaruvchi organlarni tuzish bo‘yicha referendumlar o‘tkazildi.
E.Bler Buyuk Britaniyaning tashqi siyosiystrategiyasiga katta tuzatishlar kiritdi. Saylovoldi kurash davridayoq u AQSH bilan “maxsus munosabatlar”ni tiklash va B.Klinton bilan yaqin ishchan va shaxsiy munosabatlar o‘rnatish tarafdori edi. 1998 yilda bu Londonning baland siyosiy demarshlari bilan tasdiqlandi. Dunyo hamjamiyatining fikriga xilof ravishda Britaniya hukumati AQSHning Sudan va Afg‘onistonni “antiterroristik” bombardimon qilishini qo‘llab-quvvatladi. 1998 yilda “Sahrodagi tulki” operatsiyasi amalga oshirildi. To‘rt kun davomida ingliz-amerika harbiy qismlari Iroqning harbiy va iqtisodiy ob’yektlariga qarata to‘rt yuzga yaqin qanotli raketalarni yo‘naltirdi. 1999 yilda Buyuk Britaniya AQSH bilan birgalikda Yugoslaviyaga qarshi eng qat’iy choralar ko‘rish tarafdori bo‘ldi. Britaniya qurolli kuchlari ham Serbiya hududidagi ob’yektlarni bombardimon qilishda ham Kosovadagi harbiy harakatlarda qatnashdi.
E.Bler boshchiligidagi leyboristlar hukumati 2001 yilda AQSH siyosatini qo‘llab-quvvatlab, Afg‘onistonga bostirib kirishda faol qatnashdi. 2003 yili Iroqdagi Saddam Husayn rejimini ag‘darib tashlash uchun boshlangan urushda koalitsiya kuchlari safida turib qatnashdi va Iroq neftiga egalik qilishda, qolaversa, Yaqin Sharqda o‘z mavqeyini mustahkamlab olishda AQSHning sodiq ittifoqchi ekanini namoyish qildi.
Leyboristlar hokimiyat tepasida bo`lgan davirda, Buyuk Britaniya tarixida mamlakatning ichki tartiblarida o`zgartirishlar kilish g‘oyalari ham hukm surdi. Mamlakatning yozilgan konstitutsiyasi bo‘lmasada, biroq, ijtimoiy hayot faqat va faqat qonunlar orqali boshqariladi. Parlament o‘zining qonun yaratuvchilik faoliyatida ularga va hayot sinovidan o‘tgan urf-odatlar, an’analarga asoslanadi.
2010 yil boshida Gordon Braun mamlakat aholisining parlamentga nisbatan ishonchini tiklashga yo‘naltirilgan islohotlarni taqdim etdi. Braunning fikricha, agar fuqarolarga “muqobil ovoz berish” tizimi taklif etilsa, ularning hukumatga nisbatan ishonchi yana tiklanadi. Jumladan, Braun Lordlar palatasini hokimiyatning saylov organiga aylantirish xususidagi masalasini o‘rtaga qo‘ydi. Gordon Braun parlamentga islohotlar to‘plamini taqdim etib, yangi saylov tizimiga o‘tish masalasi bo‘yicha referendum o‘tkazish zarurligini aytdi. Braunning so‘zlariga qaraganda, referendum 2011 yilda o‘tkazilishi kerak edi. Buyuk siyosatchilar Gordon Braunning rejasini batamom ma’qullashmadi va uning saylov tizimini isloh qilish bo‘yicha taklifini munosib, deb hisoblashmadi. Braun shunday tashabbus bilan chiqish qilgan edi. U saylov jarayonida amal qilib kelayotgan majoritar tizimni bekor qilish bo‘yicha 2007 yildayoq o‘z fikrini bildirgandi. Biroq, uning taklifi parlament muhokamasigacha yetib bormagandi. Buyuk Britaniyada navbatdagi saylov 2010 yilning 6-mayida o‘tkazildi va konservatorlar partiyasining g‘alaba qozondi. Konservatorlar partiyasining nomzodi Devid Kameronning hukumati shakllartirildi. Buning natijasida Gordon Braunning islohotlar rejasi amalga oshirilmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |