quyidagilarni aytish mumkin. Birinchidan, garchi bir qadar umumlashgan ta’rif bo’lsada, lekin
unda mujassamlashgan mazmun yuqorida qayd etilgan boshqa alohida har bir printsip kabi
kuchga ega. 1992-yilning 2-mart kunidan boshlab BMT hujjatlarida belgilangan printsiplar
O’zbekiston uchun ham majburiy bo’lib qoldi. SHunga muvofiq ravishda, quyidagi printsiplar
chiqadigan majburiyatlari ularning boshqa biror xalqaro bitimdan kelib chiqadigan
majburiyatlarga zid bo’lib qolgan taqdirda, tashkilot a’zolarining Ustav bo’yicha olgan
Ўзбекистон Республикасининг Конституциясига шарҳ. Т.: Ўзбекистон, 2008. 85-бет.
Ikkinchidan, BMT Ustavida mustahkamlangan printsiplar va normalardan keyin xalqaro
huquqning umume’tirof etilgan printsiplari va normalari toifasiga ko’ptomonlama xalqaro
shartnomalarda belgilangan, shuningdek, urf va odat bo’lib qolgan hamda jahon
hamjamiyatining ko’pchilik davlatlari tomonidan tan olingan printsiplar va normalarni kiritish
kerak. Ular yuqorida ko’rib chiqilgan konstitutsiyaviy printsiplar bilan teng bo’lib, o’z
maqomiga ko’ra, yuqori darajadagi qat’iy printsiplardir. Tashqi siyosatni tartibga solib turish
masalalariga doir ichki qonun hujjatlari ham, O’zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar
bilan shartnomalari ham ularga zid bo’lishi mumkin emas.
Konstitutsiya 17-moddasining ikkinchi qismida esa “respublika davlatning, xalqning
oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi,
hamdo’stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi
mumkin”ligi belgilangan.
Ushbu printsipdan ko’zlangan asosiy maqsad xalqning farovonligi va xavfsizligi manfaatlarini
qat’iy tarzda ta’minlashdan iborat bo’lib, bu vazifani davlat o’zining tashqi siyosiy faoliyati
orqali amalga oshirishi lozim. Bizningcha, printsipning mohiyati ikkita muhim mavqeini: 1)
mamlakatning davlatlararo tuzilmalarga erkin “kirishi” va 2) ulardan erkin “ajralib chiqishi”ni
aks ettiradi. Mazkur printsipning belgilangan asosiy vazifasi – ushbu masalada u yoki bu tashqi
siyosiy yechim asosida yotishi mumkin bo’lgan oqilona, mafkuralashmagan holi sabablarga
ustuvorlik berishdir. “Printsipda, mohiyatan, milliy manfaatlarning boshqa barcha manfaatlar,
xususan, mintaqaviy, global, mafkuraviy va shu singari manfaatlardan ustuvorligi e’lon qilinadi
hamda ikki va undan ortiq davlatlar o’rtasidagi o’zaro yaqin hamkorlik shakllariga, ayniqsa, o’z
suverenitetining muayyan qismini davlatlardan ustun turuvchi tuzilmalarga berish bilan bog’liq
munosabatlarga ehtiyotkor yondashish talabi yotadi”
10
.
Hozirda O’zbekiston xalqaro hamjamiyat doirasida amalda bo’lgan qator xalqaro hujjatlarga
qo’shildi. 2008 yilga kelib O’zbekiston Respublikasi 900 dan ortiq ikkitomonlama va 170 dan
ortiq universal va mintaqaviy xalqarohuquqiy hujjatlarga qo’shildi va ratifikatsiya qildi
2
. Ushbu
holat mazkur hujjatlar qoidalarini belgilangan muddat va talablar doirasida milliyhuquqiy
tizimga implementatsiya qilishni (tadbiq qilish, singdirishni) taqozo etadi.
Konstitutsiyaning 17-moddasida belgilangan tashqi siyosatning huquqiy asoslarini:
-
“O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari
to’g’risida”gi 1991 yil 31 avgustdagi qonuni;
-
“Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida”gi 2000 yil 26 maydagi yangi tahrirdagi
qonuni;
-
“Mudofaa to’g’risida”gi 2001 yil 11 maydagi yangi tahrirdagi qonuni;
-
“O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy printsiplari
to’g’risida”gi 1996 yil 26 dekabrdagi qonuni;
-
“O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to’g’risida”gi 1995 yil 22
dekabrdagi qonuni;
-
Oliy Majlisining 1995 yil 30 avgust Qarori bilan qabul qilingan “O’zbekiston
Respublikasining Harbiy doktrinasi” kabi normativ-huquqiy hujjatlar tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: