tilga olingan boshqa hujjatlarning qabul qilinishi O’zbekistonning o’z tashqi siyosatini mustaqil
amalga oshirishiga mustahkam zamin yaratdi. Bu xususda Birinchi Prezidentent I.Karimov:
“O’zbekistonning davlat mustaqilligini qo’lga kiritganligi va u xalqaro miqyosda tan olinganligi
shuni bildiradiki, bundan buyon Respublika mustaqil ichki va tashqi siyosatini olib boradi, hech
kimning vositachiligisiz o’zaro manfaatli munosabatlarni o’rnatadi. Respublikani haqiqatan ham,
2005. 28-бет.
www.mfa.uz.
uning milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda... yuksaltirish amalda mumkin bo’lib qoldi”,—
degan edi
11
.
Mazkur qonunning 13 va 14-moddalarida O’zbekiston chet davlatlar bilan diplomatik, konsullik,
savdo aloqalari va boshqa aloqalar o’rnatishi, ular bilan muxtor vakillar ayirboshlashi, xalqaro
shartnomalar tuzishi hamda xalqaro tashkilotlarning a’zosi bo’lishi mumkinligi, shu bilan bir
qatorda, mamlakatimiz xalqaro iqtisodiy munosabatlarning mustaqil sub’ekti ekanligi,
investorlarning huquqlarini belgilashi, o’zining konvertatsiya qilinadigan valyuta jamg’armasini,
oltin va boshqa zaxiralarini yaratishi, ayirboshlanadigan valyutani sotishi va sotib olishi
belgilangan.
“O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy printsiplari to’g’risida”gi
qonunga binoan tashqi siyosiy faoliyatining asosiy printsiplari quyidagilardan iboratligi
belgilanadi:
Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash
maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdo’stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va
ulardan ajralib chiqishi mumkinligi;
O’zbekistonning ishlarga aralashish, mustaqillikni va suverenitetni kamsitish hamda
davlatlararo munosabatlarni mafkuralashtirishning har qanday ehtimolini istisno etuvchi teng
huqukli va o’zaro foydali munosabatlarni barcha davlatlar bilan yo’lga qo’yishi;
BMT, YeXHT hamda boshqa xalqaro tashkilotlar ishida faol ishtirok etish, Yevropa, Osiyo va
jahon xavfsizlik tuzilmalariga integratsiyalashuv O’zbekiston tegishli tuzilmalarining tashqi
siyosiy faoliyatidagi eng muhim vazifa ekanligi;
O’zbekiston mamlakatning barqarorligini, sobitqadam rivojlanishi va milliy xavfsizligini
ta’minlash imkonini beradigan, jahon xo’jalik aloqalariga axborot, texnologiya va
kommunikatsiya jihatidan kirib borishiga ko’maklashadigan davlatlararo tuzilmalarga, shu
jumladan, iqtisodiy tuzilmalarga ustuvor ahamiyat berishi;
O’zbekiston harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmasligi;
O’zbekiston mintaqadagi hamda undan tashqaridagi mojarolarning oldini olish va
ularni bartaraf etish maqsadida hukumatlararo va hukumatga qarashli bo’lmagan tuzilmalarning
ishida faol qatnashishi.
Mamlakatimiz tashqi siyosiy faoliyati asoslanuvchi hujjatlardan yana biri bu – “O’zbekiston
Respublikasining Harbiy doktrinasi” hisoblanadi. Harbiy doktrina mudofaa siyosatining negizini
tashkil etadi va u milliy xavfsizlik umumdavlat kontseptsiyasining tarkibiy qismi bo’lib, tashqi
siyosat, davlatlararo munosabat masalalariga, urush va tinchlik muammolariga mutlaqo yangicha
yondashuvlarga asoslanadi.
Ushbu doktrinaga asosan, O’zbekiston xalqaro va davlatlararo muammolarni urush yo’li bilan
hal etishga qat’iyan qarshi chiqadi va jahon hamjamiyati davlatlari o’rtasida, harbiy mojarolar
chiqishini preventiv diplomatiya vositasida bartaraf qilishda faol ishtirok etishni, ziddiyatlarni
keskinlashtiradigan sabablarga barham berishga yoki ularni yengishga kuch-g’ayrat sarflashni
o’z tashqi siyosatining asosiy vazifasi, deb hisoblaydi.
Davlatimiz tashqi siyosiy faoliyatini olib borishda muhim o’rin tutadigan qonunlardan yana biri
Do'stlaringiz bilan baham: