2000 yil iyulida Dushanbeda bo’lib o’tgan beshinchi sammitida kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi.
Sammitda I.Karimovning Markaziy Osiyoni yadro qurolidan xoli hududga aylantirish tashabbusi
qo’llab-quvvatlandi. 2001 yilning iyunь oyida bo’lib o’tgan sammitda “SHanxay beshligi” unga
a’zo bo’lgan davlat - O’zbekiston Respublikasi ishtirokida SHanxay Hamkorlik tashkilotiga
aylantirildi. O’zbekiston SHHTning ta’sischilaridan biridir.
O’zbekiston Respublikasi SHanxay Hamkorlik tashkilotiga “...tinchlik va barqarorlikni
mustahkamlashga qaratilgan, ochiq, konstruktiv sherikchilik va avvalambor, xalqaro terrorizm,
diniy ekstremizm, agressiv separatizm, narkobiznes kabi global hamda mintaqaviy tahdidlarga
asosan ikkitasi – terrorizmga qarshi kurash va keng qamrovli iqtisodiy hamkorlik, tashkilotga
a’zo davlatlar uchun doimo muhim yo’nalishlar bo’lib qoladi. Afg’onistonda terrorchi
guruhlarning keng masshtabda faoliyat yuritish imkoniyatlari sirtdan qaraganda kamaygan
bo’lsada, lekin Markaziy Osiyoda terrorizm, ekstremizm va separatizm kuchlari asosiy tahdidlar
sifatida saqlanib qolmoqda.
ООН одобрил резолюцию “ЦАЗСЯО”-январь, 2006. www.gov.uz/ru/content.
O’zbekistonning tashkilotga a’zoligining bosh sababi ham aynan ana shunday tahdidlarni
bartaraf etishni o’zining asosiy maqsadi deb belgilagan SHHTni mintaqadagi xavfsizlik tizimi
sifatida ko’rishdir. Mutaxassislarning fikriga ko’ra “SHanxay beshligi” tuzilmasi aynan
O’zbekistonning unga a’zo bo’lib kirganidan keyingina to’laqonli mintaqaviy xavfsizlik tizimiga
aylandi va ko’p qutbli dunyoning shakllanishi uchun real instrument sifatida shakllandi.
Terrorizm xurujiga qarshi uzluksiz kurashish maqsadida tashkilotga a’zo davlatlar tomonidan
Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi 2004 yilning 1 yanvarida tashkil etildi. Mintaqaviy
aksilterror tuzilmasining asosiy ahamiyati – axborot va ma’lumotlarni to’plash, SHHTga a’zo
davlatlar vakillarining hamkorlikda ishlashi uchun zarur imkoniyatlarni beradi. Tuzilma faoliyati
terrorizm, ekstremizm va separatizm kabi tahdidlarga qarshi kurash borasidagi umumjahon
tizimiga muvofiq keladi va bu sohada faoliyat yurituvchi boshqa mintaqaviy tuzilmalar bilan
xamkorlikda o’rni bor.
Davlatning halqaro munosabatlar sohasidagi tashqi siyosati xalqaro huquq normalari yordamida
tartibga solinadi. Yuritadigan tashqi siyosatning mazmunini milliy manfaatlar belgilaydi, milliy
manfaatlar esa, o’z navbatida, milliy huquq ustuvorliklari vostitasida ro’yobga chiqariladi.
SHularni inobatga olgan holda O’zbekiston qisqa davr ichida o’z tashqi siyosatining siyosiy-
huquqiy asoslarini yaratdi, davlatlararo munosabatlardagi tamoyillar va ustuvor yo’nalishlarini
belgiladi va ularning rivojlanishini ta’minlash maqsadida tegishli chora-tadbirlarni jadal sur’atlar
bilan amalga oshirib kelmokda.
Davlatning tashqi siyosatdagi harakatlarini tartibga solib turuvchi asosiy harakatlantiruvchi kuch
bu - Konstitutsiyaviy huquqdir. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidententi ta’kidlab
o’tganidek, “Ochiq demokratik jamiyat qurish, bozor munosabatlarini vujudga keltirish xalqaro
e’tirof etilgan konstitutsiyaviy hamda huquqiy asosda amalga oshirilmoqda. Bu asos
iqtisodiyotni isloh qilish, uning keng ko’lamda jahon hamjamyatiga integratsiyalashuvi uchun
kuchli huquqiy kafolatlar va shart-sharoitlarni ta’minlab beradi”
5
.
SHuni ta’kidlash lozimki, mustaqil O’zbekiston Konstitutsiyasida ilk marotaba tashqi siyosatni
tartibga soluvchi normaning kiritilishi katta siyosiy va huquqiy ahamiyatga ega bo’ldi.
Bizningcha, Konstitutsiyaning tashqi siyosat printsiplarini aks ettiruvchi 17-moddasi ikki
qismdan iborat bo’lib, ularning birinchisi umumiy, ikkinchisi esa xususiy tusga ega. Birinchi
qismda umuman davlat tashqi siyosatining printsipial asosolari belgilangan. Ikkinchi qismda
ittifoqlar tuzish, hamdo’stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirish va ulardan chiqish
printsipi yanada aniqroq ifodalangan
6
.
Konstitutsiyada mustahkamlangan tashqi siyosat borasidagi barcha tamoyillar xalqaro huquqning
asosiy qoidalariga to’la muvofiqdir. Masalan, “...davlatlarning suveren tengligi, kuch
ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning dahlsizligi, nizolarni tinch yo’l
bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik...”
3
printsiplari ayni chog’da
xalqaro huquqning asosiy printsiplari ro’yxatini tashkil etadi.
O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosati asosidagi “suveren tenglik” printsipi boshqa
davlatlarning o’ziga hosligini e’tirof etishni, ularning mustaqilligini, o’z siyosiy, iqtisodiy va
ijtimoiy-madaniy tizimini o’zi erkin tanlash va rivojlantirish, shuningdek o’z ichki
qonunchiligini o’zi yaratish xuquqlarini hurmat qilishni anglatadi. O’zbekiston beistisno barcha
davlatlarning huquqlari va majburiyatlari tengligini konstitutsiyaviy darajada e’tirof etadi
7
.
Tashqi siyosatning
“kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik” tamoyili tomonlarning
boshqa davlatlarga qarshi bevosita yoki bilvosita kuch ishlatishni ifodalovchi har qanday
harakatlardan o’zini tiyib turishini anglatadi. Bu masala ilk bor Ikkinchi jahon urushi yillarida
5
Do'stlaringiz bilan baham: