3-mavzu. Gravitatsiyava flotatsiya usulida boyitishning nazariy asoslari. Cho’ktirish usuli va og’ir suyuqliklarda boyitish asoslari. Reja: Gravitatsiya usulida boyitishning nazariy asoslari. Cho'ktirish usulida boyitishning mohiyati


Qattiq jism va muhitning xossalari



Download 266,66 Kb.
bet2/11
Sana18.10.2022
Hajmi266,66 Kb.
#853830
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-ma\'ruza

Qattiq jism va muhitning xossalari
Hozirgi vaqtda tabiatda uch mingga yaqin minerall borligi ma’lum bo‘lib, shulardan 250 tasi gravitatsiya usuli bilan boyitiladi. Gravitatsiya zarrachalarining zichligi, shakli va o‘lchamlari turli bo‘lib, muhitda har xil tezlik bilan harakatlanishi qonuniyatiga asoslangan boyitish usulidir.
Qattiq zarrachaning xossalari
Zarrachaning zichligi deb, uning massasini(m) hajmiga nisbatiga aytiladi va  -harfi bilan belgilanadi:
kg/m3 (12)
Bu yerda: m –zarrachaning massasi, kg;
V –zarrachaning hajmi, m3.
Zarrachalarning kattaligi uning atashe o‘lchami bilan belgilanadi. Hisob-kitoblarni soddalashtirish uchun zarra shaklini inobatga olmagan holda, «ekvivalent diametr» degan tushuncha kiritilgan.
(13)
(14)
Minerallarning zichliklari 1300-19300 kg/m3 atrofida bo‘ladi (5-jadval).
7-jadval
Minerallarning zichliklari

Mineral



Kimyoviy ifodasi

Zichligi, kg/m3

Foydali modda

Foydali moddaning miqdori, %

Oltin

Au

19,300

Oltin

100

Galenit

PbS

7400-7600

Qo‘rg‘oshin

86,6

Molibdenit

MoS2

4300-5000

Molibden

59,94

Magnetit

Fe3S2

4500-5300

Temir

72,4

Pirit

FeS2

4900-5200

Temir

46,55

Kvars

SiO2

2650

Kremniy

46,7

Kalsiy

CaCO3

2700

SaO

56

Magnezit

MgCO3

3000

MgO

47,6

Ko‘mir

C

1300-1800

Uglerod

-

Zarracha shakli har xil bo‘lib, u mineralning tabiatiga bog‘liq. Hisoblashlar uchun shakl koeffitsienti degan tushuncha kiritilgan:


(15)
Bu yerda: -shakl koeffitsienti
Smsharning yuzasi
S –noto‘g‘ri shaklli zarracha yuzasi
Quyida shakl koeffitsientining qiymati keltirilgan:
Sharsimon - 1,0
Yumaloqroq - 0,8 -0,9
Burchakli - 0,7-0,8
Yalpoq - 0,6-0,7



    1. Cho‘ktirish usulida boyitish asoslari

Gravitatsiya usuli bilan boyitishning bu turi suv oqimining dinamik ta’siri ostida zarrachalarning har xil tartibda harakat qilishiga asoslangan. Zarrachalarni saralash qiya oqimning kichik chuqurligida olib boriladi. Oqimning qalinligi boyitilayotgan eng yirik zarracha o‘lchamidan 10 barobar katta xolos. Bu tamoyil bilan ishlaydigan dastgohlarning turi ko‘p, ulardan asosiylari: boyitish stollari, shlyuzlar, burama saralagichlar, tizillama novlar, tizillama konsetrantorlar. Bularni birlashtiruvchi omil hammasida bo‘tana qiya yuzada og‘irlik kuchi ta’sirida harakatlanadi. Dastgohlarni qiyaliligi boyitish stoli va shlyuzlarda 2-100, burama saralagichlarda 9-120 va torayib boruvchi novlarda 14-180 bo‘ladi.


8-jadval
Choktirish usulini qo‘llanilishi

Foydali qazilma
Asosiy mineral

Asosiy mineralning zichligi kg/m3

Zarrachalarning yiriklik chegarasi

Qora metallar rudalari:
Ko‘ngir temir rudasi
Magnetit
Pirolyuzit
Xromit
Magnetito-gematitli

3500
4300


4820
440
5200

50-3
50-0,2


50-0,2
10-0,2
1-0,2

Tosh ko‘mir
Tosh ko‘mir
Antratsit
Yonuvchi slanetslar

1500 gacha
1500 gacha
2000 gacha
2200

100(250)-10(13)
10(13)-0,5
100(250)-10(13)
150-25

Sochma kon rudalari:
Kassiterit, volframit,
Tantalit va boshqalar
Titan-sirkonli

6000-8000
4200-5200

25-0,05
25-0,05

Tug‘makonlar:
Kassiterit,
Volframitlar

6950-7350



6-0,3


Demak, taglikning bo‘shoqligi, balandligi, zarrachalarning zichligi va yirikliligi hamda muhitning tebranishlar chastotasi va amplitudasigabog‘liq bo‘lar ekan. Taglik qalinligi oshgan sayin uning bo‘shoqliligi ozayadi. Muhitga pulsatsiyalanuvchi gorizontal oqimlar ta’siri natijasi cho‘ktirish mashinasi tagligida hamma ajratilayotgan zarrachalar zichliklari va yirikliligi bo‘yicha qiya qatlam bo‘lib joylashadilar. Qiyalik bo‘tana berilgan tomondan chiqib ketish tomonga yo‘nalgan bo‘lib to‘lqin (veyer) shaklida bo‘ladi. Zarrachalarni qatlam­lanishiga sun’iy taglik ata ta’sir qiladi. U o‘zidan og‘ir zarrachalarni pastga o‘tkazib yuboradi, engil zarrachalarni ushlab qoladi. Shuning uchun taglik parametrlarini o‘zgartirish orqali texnologik jarayonni boshqarish mumkin.



12- rasm. Choktirish mashinasi tagligida zarrachalarni harakatlanish sxemasi:1-yengil; 2- o‘rtacha; 3- og‘ir zarrachalar

13- rasm. Choktirish mashinasida mahsulotlarning taqsimlanishi.
1-yengil; 2- yengilroq; 3-4 – og‘irroq; 5- og‘ir fraksiyalar;

  1. dastlabki material.

Taglik orqali o‘tayotgan og‘ir zarrachaning o‘tish tezligi quyidagi ifoda bilan aniqlanadi.


,m/s (16)
Bu yerda: q – vaqt birligi ichida taglik orqali o‘tgan zarrachalar miqdori;
δk – taglik orqali o‘tgan zarrachalar zichligi, kg/m3;
F – taglikning yuzasi, m2;
ur – taglikning o‘rtacha bo‘shoqlik koeffitsienti.
Demak, taglik orqali zarrachalarni o‘tish tezligi, zarrachalarning o‘lchami, zichligi shakliga va taglikning balandligiga bog‘liq ekan. Taglikni zichligi va balandligi oshgan sari zarrachalarni taglikdan o‘tish tezligi sekinlashib boradi.
Porshensiz cho‘ktirish mashinalarini sikli «havo berish», «sokinlik» va «havoni chiqarish» davrlari nisbatlari bilan tavsiflanadi. Masalan: 30-10-60 bo‘lsa bir siklning umumiy vaqtdan 30% kameraga havo berish, 10% «sokinlik», 60% vaqt havo chiqarish uchun sarflanadi. Zarrachalarni saralanishiga sikl ata ta’sir ko’rsatadi. Boyitilayotgan rudaning fizik va mexanik xossalariga qarab sikl tanlanadi.
Kvars – oltin. Ajratilayotgan zarrachalarning zichliklari farqi ata. Sikl-oqimni yuqoriga qarab harakatlanishi va qisqa muddatli «sokinlik».
Kvars – pirolyuzit. Zichliklar farqi kichik, sikl-oqimni pastga qarab harakatlanishi, qisqa muddatli «sokinlik».
Ko‘mirni boyitish amaliyotida 40-60 va 40-10-50 sikli keng tarqalgan.
Panjara ostidan suv berish ma’lum ahamiyatga ega. Boyitma tozaroq olinadi. Siklda oqimni pastga qarab harakatlanish tezligi sekinlashadi.
Shuni aytish kerakki, mexanik usul bilan ishlaydigan (masalan: porshenli, diafragmali) cho‘ktirish mashinalarida sikl aniq o‘tkaziladi. Moslashish oson. Havo yordamida pulsatsiyalanadigan mashinalarda siklni moslash qiyinroq, chunki havoda siqiluvchanlik xossasi bor.
Porshenli cho‘ktirish mashinalarida suvning harakat tezligi porshen harakat tezligidan farq qiladi, sababi porshen bilan devor orasidagi (zazor) oraliq orqali bir qism suv tashqariga chiqib turadi. Bu farq koeffitsienti  orqali hisobga olinadi. ni qiymati 7–jadvalda keltirilgan. Bundan tashqari, porshen yuzasi bilan panjara yuzalarini nisbatlari koeffitsient K orqali hisobga olinadi.

Download 266,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish