3-mavzu: demografik tahlil: aholi tabiiy harakati va uning dunyo miqyosida geografik tafovutlari reja



Download 426,5 Kb.
bet1/5
Sana30.12.2021
Hajmi426,5 Kb.
#95238
  1   2   3   4   5
Bog'liq
3-mavzu. Ma'ruza matni


3-MAVZU: DEMOGRAFIK TAHLIL: AHOLI TABIIY HARAKATI VA UNING DUNYO MIQYOSIDA GEOGRAFIK TAFOVUTLARI

Reja:

  1. Dunyo aholisi tabiiy harakati va uning geografik xususiyatlari.

  2. Tug’ilish jarayonining mintaqaviy jihatlari.

  3. Aholi o’limi, sabablar, omillar va geografik qonuniyatlar.

  4. Aholi o’limi va hayot davomiyligi.


1. Dunyo aholisi tabiiy harakati va uning geografik xususiyatlari

Demografik vaziyat ma‘lum davrdagi ma‘lum hududning demografik holati bo’lib, u aholining soni, tarkibi va demografik jarayonlari asosida yuzaga keladi.

Aholi geografiyasi va demografik tadqiqotlarda aholi soni eng asosiy ko’rsatkichdir. Yuqorida qayd etilganidek aholi soni dinamikasidagi o’zgarishlarni tahlil etganda uning mutloq va nisbiy ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Aholi sonining juda yuqori sur‘at bilan ko’payib, yoki kamayib kyetishi demografik vaziyatni keskin o’zgarishiga olib keladi. Demografik vaziyatning shakllanishida aholining sotsial, yosh, jinsiy va oilaviy tarkibi, muhim omil hisoblanadi. Jinsiy mutanosiblik, aholi tarkibida reproduktiv yoshdagi aholi, yoshlar salmog’ining yuqoriligi nikoh va tug’ilish jarayonlariga ijobiy ta‘sir etib, aholi sonining muntazam ko’payib borishini ta‘minlaydi. Aksincha, aholi tarkibida qariyalar salmog’ining yuqoriligi demografik vaziyatga o’ziga hos ta‘sir etadi. Bunday vaziyatda aholi tabiiy o’sishi kamayib, mehnat resurslari shakllanishi sustlashadi va h.k.

Demografik vaziyatni yuzaga kelishida demografik jarayonlar alohida ahamiyatga egadir. Demografik jarayonlar-insonlarning hayotida ularning avlodlarini almashuvi bilan bog’liq bo’lgan voqealarning kechishidir. Asosiy – demografik jarayonlarga tug’ilish, o’lim, nikoh va ajralish (nikohning bekor etilishi yoki tugatilishi) kiradi.

Demografik jarayonlar o’z mohiyatiga ko’ra ikki xil xususiyatga egadirlar. Birinchisi, tug’ilish va nikoh bo’lib, bu jarayonlar avlodlar almashinuvida, inson naslini davom yetishida, aholi sonining ko’payib borishini ta‘minlovchi-ijobiy xususiyatga ega bo’lgan to’ldiruvchi omillardir. O’lim va ajralish esa aksincha, aholi sonini qisqarishiga olib keluvchi, avlodlar almashinuviga salbiy ta‘sir etuvchi-kamaytiruvchi omillar hisoblanadi.

Demografik jarayonlar ta‘sirida aholida har kuni, har soatda turli demografik hodisalar sodir bo’ladi: ko’plab chaqaloqlar tug’iladi, aholining ma‘lum qismi hayotdan ko’z yumadi, qator nikohlar qayd etilib, yangi oilalar tashkil topadi, ba‘zi nikohlar esa buziladi, ajralishlar, aholini bir qismi ko’chib ketsa, yana bir qismi esa ko’chib keladi. Shunday qilib, demografik tarkib yildan-yilga o’zgarib turadi. Bunday jarayonlar bir qaraganda, oddiy bo’lishi muqarrar jarayonlardek ko’rinadi, lekin mazkur jarayonlarning sodir bo’lishi juda ko’p sotsial-iqtisodiy omillar bilan bog’liqdir.

Ana shu omillarni demografik jarayonlarga ta‘siri, ta‘sir mexanizmi vaqtlar davomida jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida o’zgarib turadi. Natijada, demografik jarayonlar ham miqdor ham sifat jihatidan har bir davrda, ijtimoiyiqtisodiy formatsiyada turlicha kechadi. Shu bois demografik jarayonlarni o’rganishda avvalo: 1) alohida demografik jarayonlar, umuman aholi takror barpo bo’lishi xususiyatlarini o’zgarishida qanday qonuniyatlar mavjud; 2) alohida davrlar formatsiyalar demografik jarayonlarining shakllanishida, aholi takror barpo bo’lishiining sifatiy xususiyatlarida qanday omillar asos bo’lgan? kabi savollarga javob berish lozimdir. Mazkur savollarning javobi esa demografik tahlil yordamida aniqlanadi.

Demografik tahlilning asosiy vazifasi eng avvalo, demografik jarayonlar aholi takror barpo bo’lishi rivojlanishining barcha sifatiy qonuniyatlarini, sotsialiqtisodiy shart-sharoitlarini, ma‘lum davrda yoki ijtimoiy-iqtisodiy bosqichda demografik jarayonlarga ta‘sir etgan omillar tizimini aniqlashdan iboratdir. Demografik tahlilda demografik jarayonlarning mutloq (miqdoriy ifodasi) va nisbiy (demografik koeffisientlar) ko’rsatkichlaridan, demografik statistika, kartografik va demografik uslublardan foydalaniladi.

BMT tomonidan 1992 yili Rio-de-Janeyroda o’tkazilgan xalqaro konfyerensiyada demografik muammoni hal etish har bir davlatning barqaror rivojlanish dasturining asosiy qismi bo’lishi kerakligi ta‘kidlangan. Har bir davlat ichki imkoniyatidan kelib chiqib, o’sib borayotgan aholisini boqishi, hayoti uchun zarur shart-sharoit yaratishda o’zining demografik siyosatini, maqsadi va vazifalarini belgilab olishi zarur.

Bugungi kunda Yevropa davlatlarida oiladagi farzandlar soni demografik mezondan (2,5 ta bola) ancha past bo’lib, ular “demografik inqiroz” holatidadurlar. Yevropa bo’yicha 2017 yilda tug’ilishning umumiy koeffitsienti (1000 aholiga nisbatan tug’ilganlar soni) ham 11 promilleni, o’limning umumiy koeffitsienti (1000 aholigi nisbatan o’lganlar soni) ham 11 promilleni tashkil etib, aholining tabiiy o’sishi 0,0 ga teng bo’lgan. Qator davlatlarda esa o’lganlar soni tug’ilganlardan yuqori bo’lib, aholi sonini kamayishi, ya‘ni aholining qisqargan takror barpo bo’lishi kuzatilmoqda. Bunday davlatlarga Shimoliy Yevropadagi Latviya, Litva, G’arbiy Yevropadagi Germaniya, Sharqiy Yevropadagi Belarussiya, Bolgariya, Vengriya, Moldaviya, Ruminiya, Rossiya, Ukraina, Janubiy Yevropadagi Xorvatiya, Serbiya kabi davlatlar kiradi. Bugungi kunda demografik inqirozning eng yuqori holati Rossiya davlatida kuzatilmoqda. 2017 yil Rossiya tug’ilish 13; o’lim 13; aholining tabiy o’sishi -0,0 promilleni tashkil etgan (1-jadvalga qarang).

1-jadval




Aholi tabiiy o’sishining mutloq va nisbiy ko’rsatkichlari mavjuddir. Aholi tabiiy o’sishining mutloq ko’rsatkichi tug’ilganlar va o’lganlar sonidagi farqda ifodalanadi:

1. ∆Ptab=N-M

N-ma‘lum davrdagi tug’ilganlar soni;

M-ma‘lum davrdagi o’lganlar soni.

Masalan, O’zbekiston Respublikasida aholi tabiiy o’sishini 2017 yil uchun yuqorida keltrilgan formula yordamida aniqlaymiz: N2007 - 608,9 ming, M2007 -137,4 ming, ∆P2007 =608,9-137,4=471,5 ming. Demak, O’zbekiston aholisi 2017 yilda tabiiy harakat asosida 471,5 mingga ko’paygan. Aholining mutloq tabiiy o’sishi 471,5 ming kishini tashkil etgan.

Aholi tabiiy o’sishini dunyo hududlari, davlatlari, alohida viloyat, tumanlari bo’yicha taqqoslashda uning nisbiy ko’rsatkichidan foydalaniladi. Mutloq ko’rsatkich asosida, hududlarni taqqoslab bo’lmaydi, chunki har bir hudud aholisining soni turlicha bo’lib, ulardagi tug’ilganlar, o’lganlar soni ham aholi umumiy soniga bog’liq bo’ladi. Aholi tabiiy o’sishining nisbiy ko’rsatkichi aholi tabiiy o’sish koeffitsienti (K) orqali aniqlanadi.



Δ Ptab – aholi tabiiy o’sishining mutloq miqdoridagi ifodasi;

P– ma‘lum davrdagi aholinig o’rtacha soni1;

T – davr, sana ifodasi. Mazkur formula yordamida O’zbekistonda 2017 yilda aholi tabiiy o’sishi koeffitsientini aniqlaymiz. 2017 yil O’zbekistonda aholining tabiiy o’sishi (Δ Ptab) 471,5 ming kishini, aholining o’rtacha soni esa (R2007) 26867 ming kishini tashkil etgan.



demak, 2007 yil O’zbekistonda har 1000 kishi hisobiga tabiiy o’sish koeffitsienti 17,5 kishiga teng bo’lgan.

Biologik hodisa hisoblanmish tug’ilish va o’lim asosiy aholi takror barpo bo’lishidagi ko’rsatkich ekanligini yuqorida aytib o’tgandik. Bu ko’rsatkichlar miqdoriy jihatdan 1000 kishiga hisoblanadi va promilleda ifodalanadi.


Download 426,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish