Science – fan,
Conscience – ishonch,
Independance – mustaqillik
Mablag‘lar holatidagi o‘zgarishlar ularning turlari bo‘yicha buxgalteriya hisobi schyotlarida o‘z ifodasini topadi va har oyning oxirida har bir mablag‘ning oy davomidagi o‘zgarishi, oy oxiriga bo‘lgan qoldig‘i hisob-kitob qilinadi. Demak, buxgalteriya hisobi schyotlari mablag‘ turlari bo‘yicha mulk egasiga etarli ma’lumotlarni beradi. Lekin bu ma’lumotlarda mablag‘larning joylanishi ularni moddiy javobgar shaxslar bo‘yicha taqsimlanganligini ko‘rsatib beradi, ammo ularning qaysi mablag‘lar hisobiga tashkil qilinishi ham mulkdor uchun zaruriyati yuqori.
Korxona va tashkilotlar mulkchilik shaklidan qat’iy nazar tegishli faoliyat ko‘rsatish jarayonida xom-ashyo bir turdan ikkinchi bir turga aylanadi. Buxgalteriya hisobida har bir mablag‘ning harakati turlari bo‘yicha hisob-kitob qilinadi va hisobot davri oxiriga mablag‘lar holati bo‘yicha to‘liq ma’lumotni olish imkoniyatini beradi.
Buxgalteriya hisobida ifoda qilingan mablag‘lar harakati bo‘yicha mablag‘larning joylanishi va tashkil topish manbalari bo‘yicha ma’lumotlarni umumlashtirish maqsadida balans tuziladi.
Buxgalteriya balansi – muayyan sanaga pulda ifodalangan va xo‘jalik mablag‘larining turlari, tashkil topish manbalari bo‘yicha iqtisodiy guruhlashtirish hamda umumlashtirish usulidir. Shunday qilib, balans tuzilishiga xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalari hamda iqtisodiy mazmuni asos bo‘ladi.
Balans yordamida korxona va tashkilotlarning o‘ziga taalluqli mablag‘lari, qarzga olingan mablag‘lari, vaqtinchalik foydalanishga olingan mablag‘lari to‘g‘risida aniq ma’lumotga ega bo‘lish mumkin, ikkinchidan mablag‘lar holatini nazorat qilish imkoniyatini bersa, uchinchidan mablag‘ turlarini o‘rganish uchun asos hisoblanadi.Buxgalteriya balansi aktiv va passividagi moddalar mablag‘larning tarkibi, joylanishi va tashkil topish manbalari bo‘yicha iqtisodiy tasniflanishiga muvofiq ikkita bo‘limga guruhlanadi.
Demak, buxgalteriya balansi yordamida korxona va tashkilotlar tasarrufida bo‘lgan mablag‘lar harakati ikki jihat bilan, ya’ni mablag‘larni joylanishi va ularni tashkil topish manbalari bilan taqqoslangan holda o‘rganiladi. Buxgalteriya balansi ikki tomondan, uning chap tomoni aktiv, o‘ng tomoni esa passiv deb aytiladi.
Korxona balansining aktivi tarkibiga quyidagi bo‘limlar kiradi:
I.Uzoq muddatli aktivlar; II. Joriy aktivlar.
Passivda esa quyidagi bo‘limlar joylashgan:
I. O‘z mablag‘lari manbalari; II. Majburiyatlar.
Aktivlar2= Passivlar+ Xususiy kapital
Aktivlar ma’lum bir shaxs yoki biznes tashkiloti tomonidan egalik qilinadigan, o‘z ichiga naqd pul va ma’lum qiymatga ega bo‘lgan jumladan biznesdagi ko‘chmas mulk, transport vositasi, mebel va jihozlar, inventorlar va boshqa tashkilotlarning ulushi sifatidagi investitsiyalarni qamrab oladi.Likvidlikni o‘zida namoyon qiladigan naqd pul mablag‘lari joriy aktivlar deyiladi.3 Naqd pullar, bankdagi pullar, belgilangan depozit tushumlar (BDT), inventar jihozlar, debitorlik qarzlar, qabul qilib olingan banknotalar, qisqa muddatlai investitsiyalar, xodimlarga qarz va avanslari joriy aktiv bo‘lib hisoblanadi. Qo‘shimcha qilib aytadigan bo‘lsak, oldindan to‘langan xarajatlar ham joriy aktivning bir ko‘rinishi hisoblanadi.
Passivlar biznesdagi obligatsiyalar, mavjud bo‘lgan qarzlar yoki tashqi ishtirokchilar va kreditorlarning da’volaridir. Passivlarga kreditorlar (mol yetkazib beruvchilardan kreditga mahsulot olganlar), bank qarzlari, to‘lanmagan biznes qarzlari jumladan, vakolatli foydali xarajatlar va soliq xarajatlari misol bo‘ladi. 4
Joriy aktivlari kabi, joriy majburiyatlar balans tuzilgan kundan boshlab firma tomonidan bir yil ichida to‘lanadigan majburiyatlar hisoblanadi.
Joriy majburiyatlaro‘z ichiga turli kreditorlik qarzlari, to‘lanadigan xarajatlar, to‘lanadigan banknotalar, qisqa muddatli qarzlar, xaridorlardan avans va hokazo.
Balans aktivi va passividagi alohida bo‘limlarning o‘zaro bog‘liqligini quyidagicha ko‘rsatish mumkin.
I bo‘lim.
Uzoq muddatli
aktivlar
|
|
I bo‘lim.
O‘z mablag‘lari
manbalari
|
|
|
|
II bo‘lim.
Joriy aktivlar
|
|
IIbo‘lim.
Majburiyatlar
|
Do'stlaringiz bilan baham: |