2. Ishsizlik tushunchasi va ishsizlik darajasining o’lchanishi. Iqtisodiyotning beqaror rivojlanishi oqibatida, iqtisodiy pasayish davrida
ishlab chiqarish resurslari to’liq foydalanilmay qoladi.
YaIMni yaratishda qatnashadigan iqtisodiy resurslarning eng asosiylaridan
biri bo’lgan mehnat resurslaridan to’liq foydalanilmaslik ishsizlikda namoyon
bo’ladi.
Makroiqisodiy tahlilda mehnat resurslari emas balki ishchi kuchi
kategoriyasidan ko’proq foydalaniladi.
Ishchi kuchi yoki iqtisodiy faol aholi deganda mehnatga layoqatli yoshdagi ishlayotgan va ishsiz yurgan aholining umumiy soni tushuniladi. Mehnat bozorida boshqa resurslar bozori singari talab va taklif qonuni amal
qiladi. Ishchi kuchining bahosi hisoblangan real ish haqi hajmi oshsa ishchi kuchiga
bo’lgan talab qisqaradi, agar real ish haqi hajmi kamaysa ishchi kuchiga bo’lgan
talab ortadi, ishchi kuchi taklifi esa kamayadi. Ishchi kuchiga bo’lgan talab
miqdorining ishchi kuchi taklifi miqdoridan kam bo’lishi ishsizlikni keltirib
chiqaradi.
Ishsizlar – bu, ishchi kuchining bir qismi bo’lib, ijtimoiy ishlab chiqarishda
band bo’lmagan, lekin ishlashni xohlovchi va faol ish qidirayotgan aholidir.