Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisoblashishlar. Tovar-moddiy qiymatliklar, bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar, shuningdek tashish bo’yicha olingan xizmatlar uchun mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga bo’lgan joriy majburiyatlar to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
- 6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar”;
- 6020 “Berilgan veksellar”.
Berilgan bo’naklar. Tovar-moddiy zahiralar va boshqa aktivlarni etkazib berish, shuningdek ish bajarish va xizmat ko’rsatish uchun berilgan bo’naklar bo’yicha hisob-kitoblar to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
4310 “TMQlar uchun mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo’naklar”;
4320 “Uzoq muddatli aktivlar uchun mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo’naklar”;
4390 “Boshqa berilgan bo’naklar”.
Qarz shartnomasi bo’yicha bir taraf (qarz beruvchi) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) pul yoki turga xos alomatlari bilan belgilangan boshqa ashyolarni mulk qilib beradi, qarz oluvchi esa qarz beruvchiga bir yo’la yoki bo’lib-bo’lib, o’shancha summadagi pulni yoki qarzga olingan ashyolarning xili, sifati va miqdoriga baravar ashyolarni (qarz summasini) qaytarib berish majburiyatini oladi (O’zR FK 732 moddasi).
Kreditlar va qarzlar berish muddatiga qarab bo’lishi mumkin:
- qisqa muddatli - bir yildan ortiq bo’lmagan muddatga;
- uzoq muddatli - bir yildan ortiq muddatga.
Kredit va qarzlar berish shakliga qarab bo’lishi mumkin:
- naqd pulda;
-natural shaklda.
Kreditlar turlari. Fuqarolik kodeksiga muvofiq kreditlar quyidagi turlarga bo’linadi:
1) bank krediti;
2) tovar krediti;
3) tijorat krediti.
Bank krediti shartnomasi bo’yicha bir taraf - bank yoki boshqa kredit tashkiloti (kreditor) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va shartlar asosida pul mablag’lari (kredit) berish, qarz oluvchi esa olingan pul summasini qaytarish va uning uchun foizlar to’lash majburiyatini oladi (O’zR FK 744 moddasi).
Tovar krediti qarz shartnomasi bo’yicha bir taraf (qarz beruvchi) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) pul yoki turga xos alomatlari bilan belgilangan boshqa ashyolarni mulk qilib beradi, qarz oluvchi esa qarz beruvchiga bir yo’la yoki bo’lib-bo’lib, o’shancha summadagi pulni yoki qarzga olingan ashyolarning xili, sifati va miqdoriga baravar ashyolarni (qarz summasini) qaytarib berish majburiyatini oladi (O’zR FK 732 moddasi).
Tijorat krediti bajarilishi uchun pul summalarini yoki turga xos alomatlari bilan belgilanadigan boshqa ashyolarni ikkinchi tarafga mulk qilib topshirish talab qilinadigan shartnomalarda, agar qonun hujjatlarida boshqa hol belgilab qo’yilgan bo’lmasa, kredit berish, shu jumladan bo’nak, oldindan haq to’lash, tovarlarga, ishlar yoki xizmatlarga haq to’lashni kechiktirish va bo’lib-bo’lib to’lash shaklida kredit berish (tijorat krediti) nazarda tutilishi mumkin (O’zR FK 748 moddasi).
Do'stlaringiz bilan baham: |