bu yerda, а – sarf koeffitsiyenti, ε – kengayish koeffitsiyenti, d – toraytirish qurilmasi teshigining diametri, ∆Р=Р1-Р2 – toraytirish qurilmasida o‘lchangan bosim farqlari, ρ – modda zichligi.
Ko‘pincha, sarfni quvur diametri D orkali ifodalash lozim bo‘ladi. Unda «toraytirish qurilmasi moduli» tushunchasi kiritiladi.
(21.3)
(21.1) va (21.2) tenglamalarga m ni kiritsak, amalda quyidagi sarf tenglamasiga ega bo‘lamiz amalda tenglamalarini quyidagi ko‘rinishda ishlatish mumkin:
(21.4)
(21.5)
(21.4) va (21.5) tenglamalar sarfni asosiy hisoblash tenglamasidir. Ularni qo‘llanib, toraytirish qurilmalarining xisobi bajariladi va bosimlar farqini o‘lchashga mo‘ljallanga differensial manometrning parametrlari tanlanadi. Asosiy tenglamalardagi qiymatlar quyidagi birliklarda ifodalanadi: D — mm; ∆P — kgk/m2; ρ — kg/m3.
Sarfni o‘lchashga mo‘ljallangan toraytirish qurilmalarini hisoblash usuli va tartibi Davlat Standartlar Komiteti tomonidan tasdiqlangan normativ hujjatda: «Gaz va suyuqliklar sarfini standart toraytirish qurilmalari orqali o‘lchash qoidalari» (RD 50-213-80)da aniqlangan.
Standart toraytirish qurilmalariga RD 50-213-80 qoidalari talablarini qanoatlantiruvchi va modda sarfini individual darajasiz o‘lchashda qo‘llanadigan diafragmalar, soplolar, Venturi soplolari va Venturi quvurlari kiradi.
1982 yildan boshlab «Gaz va suyuqlik sarfini standart toraytiruvchi qurilmalar RD 50-213-80 yordamida o‘lchash qoidalari» joriy etildi.
Toraytiruvchi qurilmani tanlashda quyidagi mulohazalardan foydalanish zarur:
1) toraytiruvchi qurilmalarda bosimning yo‘qolishi quyidagi ketma-ketlikda ortib boradi: Venturi quvuri, Venturi soplosi, soplo, diafragma;
2) m va ∆Р larning bir xil qiymatlarida va boshqa shart-sharoitlarda soplo diafragmaga qaraganda yuqoriroq aniqlikni (ayniqsa kichik m lar uchun) ta’minlaydi;
3) toraytiruvchi qurilma kirish profilining o‘zgarishi yoki ifloslanishi foydalanish jarayonida diafragmaning sarf koeffitsiyentiga ko‘proq ta’sir etadi.
Difmanometrning turi va xili quyidagi shartlarga ko‘ra tanlanadi:
difmanometr ayni asbobni ishlatishga oid qo‘llanmada ko‘rsatilgan muhitlarninggina sarfini o‘lchash uchun qo‘llanishi mumkin (agar difmanometr sezgir elementini uzluksiz himoya qilinmayotgan yoki ajratuvchi idishlar qo‘llanmayotgan bo‘lsa);
elektr energiyadan foydalanuvchi difmaiometr moc normativ hujjatlar talabini qondirishi lozim;
quvurdagi maksimal ish bosimi toraytiruvchi qurilma oldida difmanometr mo‘ljallangan maksimal ish bosimidan katta bo‘lmasligi kerak.
Asbobsozlik sanoatida quyidagi qatordagi bosim farqi chegaralariga moc keladigan difmanometrlar chiqariladi: 10; 16; 25; 40; 63; 100; 160; 250; 400; 630; 1000; 1600; 2500; 4000; 6300; 10000; 16000 va 25000 Pa hamda 0,04; 0,063; 0,1; 016; 0,25; 0,4; va 0,63 mPa. Difmanometrning yuqorigi o‘lchash chegarasi berilgan eng katta sarfga mos kelishi kerak.
Eng katta sarf quyidagi katorga moc kelishi zarur: 1,0; 1,25; 1,5; 2,0; 3,2; 4,0; 5,0; 6,3; 8,0; 10 va hokazo.
NAZORAT SAVOLLARI
1.Standart toraytiruvchi qurilmalar sxemasi.
2.Venturi soplosi ishlash prinsipi.
3. Venturi quvuri ishlash prinsipi.
4.Hajmiy va massaviy sarf tenglamasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |