3-Mavzu: Bolalarni estetik tomondan rivojlantirish, musiqa asari mazmuni g`oyasini tushunishga o`rgatish. Reja


Musiqa bolalarning estetik idrokini shakllantiruvchi vosita sifatida



Download 54,5 Kb.
bet3/5
Sana12.04.2022
Hajmi54,5 Kb.
#546155
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-MAVZU MUSIQA

3.Musiqa bolalarning estetik idrokini shakllantiruvchi vosita sifatida. Bolalarni shaxs sifatida tarbiyalash uchun ta’lim, jismoniy va ongli tarbiya uyg‘unlikda olib borilishi kerak. Bu maqsadga erishish uchun bolalarda to‘g‘ri tashkillashtirilgan musiqiy mashg‘ulotlar tashkil etiladi. Estetik tarbiya maktabgacha ѐshdagi bolalarda go‘zallikni tushunish, uni his qilish, yaxshi va ѐmonni, badiiy san’at turlarini farqlay olish va ularga ijodkorona ѐndashishga yo‘naltirilgandir. Estetik tarbiyaning eng ko‘zga ko‘ringan omillaridan biri bu – musiqadir. Bu maqsadlarga erishish uchun maktabgacha ѐshdagi bolalarning umumiy musiqiyligini rivojlantirish kerak. Bolalarning umumiy musiqiyligiga nimalar asos bo‘ladi: musiqa bolaning estetik tarbiya omili sifatida unga go‘zallikni qabul qilish, tushunish qobiliyatlarini rivojlantirish. Bu masalalarni hal etish uchun umumiy musiqiylikni rivojlantirish zarurdir.
Musiqiy omillar 3 tamoyilga bo‘linadi:
1. Musiqaning xarakteri, kayfiyatini his etish, musiqaga emoqional munosabat bildirish ( musiqaning ifodaviyligi va tasviriyligi). Bolada musiqani tinglaganda uning xarakteriga mos kayfiyatda bo‘lishiga erishish kerak.
2. Eng yorqin musiqiy obrazli asarni tinglash, taqqoslash va baho berish. Bunda musiqa ifoda vositalari, musiqiy asboblar tembrlari, eshitish madaniyati talab etiladi. Masalan, cholg‘u asboblarning yuqori va past tembrlari (skripka – alt, kontrabas – violonchel va boshqa cholg‘u asboblar)
3. Musiqaga ijodkorlik munosabatini bildirish. Har bir bola biror musiqiy asarni eshitib o‘zicha badiiy tasavvur qiladi va qo‘shiqda, o‘yinlarda, raqs elementlari bilan hissiy munosabat bildirishi mumkin.
Bu bolalarda ijrochilikning ilk namoyishlari, ya’ni ilk urug‘lari bo‘lishi mumkin.
a) Musiqa – bolalarning aqliy faoliyatining faollashtiruvchi omildir.
b) Musiqa – ahloqiy omil bo‘lib, ma’naviyatning ajralmas qismini tarkib toptiradi. Musiqadan an’analarga hurmat, Vatanni sevish va boshqa tarbiyaviy axloqiy fazilatlarni tarbiyalaydi.
v) Musiqa – jismoniy tarbiya omili hamdir. Musiqa bolalarning his – tuyg‘ulariga bevosita ta’sir qilishi orqali ularning ma’naviy qiѐfasini shakllantiradi.
Musiqa san’atining ta’sir kuchi boshqa – ta’kid va uqtirishlarga nisbatan kuchliroq bo‘ladi. Bolalarni har xil emoqional – obrazli mazmundagi asarlar bilan tanishtirar ekanmiz, biz beixtiѐr ularni hissiѐtlariga ta’sir qilamiz va ularni kechinmalar olamiga olib kiramiz. Bolani musiqaviy asarlarni idrok etish to‘g‘risidagi masalaga to‘xtaymiz. Idrok san’ati o‘zidan kiyin psixologik faoliyatni namoѐn qiladi, qaysiki, intellektual, bilish, emoqional momentlarni birlashtiradi. Musiqa san’ati asarlarini tushunish masalasi o‘zidan o‘zi kelib chiqishi mumkin emas. Uni o‘rgatish kerak. Musiqa asarlarini idrok etish hissiѐtidan boshlanadi. Musiqa asarlarini idrok etish emoqional jonkuyarlikni vujudga keltiradi. Bolaning bu holatida unga tanish mazmun va quvonch-idrok asosida emoqiyalarning paydo bo‘lishidir. Bolalarda asarni tushunib qabul qilish qobiliyatini tarbiyalash zarur. Musiqani idrok etish ilk bolalardan shakllanadi. To‘plangan emoqional musiqaviy taasurotlar qo‘shiq aytishga, musiqa asboblarini chalishga, badiiy xalq qo‘shiqlaini aytishga olib keladi. Hissyot, eshitish, idrokning rivojlanishi asosida bolalarda musiqaviy taasurotlar to‘plana boshlaydi.
7 yoshli bola musiqaning mazmuniga qarab qayg‘uradi va fikr yuritadi. Biz bola oldiga musiqani idrok etishninng payida bo‘lishi vazifasini qo‘yamiz. Keyin esa tashqi ta’sir etish orqali musiqaviy taasurotlarni yig‘indisi vazifasini.

Download 54,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish