3-mavzu: biologiya fanlarining strukturasi. Biologik tushunchalarni shakllantirish



Download 22,82 Kb.
bet1/3
Sana08.04.2022
Hajmi22,82 Kb.
#538014
  1   2   3
Bog'liq
3-маъруза(1)


3-MAVZU: BIOLOGIYA FANLARINING STRUKTURASI. BIOLOGIK TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISH

Reja:
1. O‘qitish usullari haqida tushuncha.


2. Biologiya o‘qitish usullarining xillari
3. Og‘zaki usuldan foydalanish.

Usul o‘zining umumiy ma’nosida maqsadga erishishdagi ma’lum tartibga solingan faoliyatdir.


O‘qitish usuli o‘qituvchi va o‘quvchilarning faoliyatlari birligini aks ettiradi. Shu boisdan o‘qitish usuli o‘qituvchining bilim berish usuli va ayni paytda, ularni o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirib olish usulidir.
O‘qitish usulining yuqoridagi ta’rifidan ikki bir-biriga bog‘liq tomoni, ya’ni o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati tushuniladi. O‘qitish usulini tanlashda har ikkala tomonni hisobga olish zarur. Tanlangan usul o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan taqdirda kutilgan natijani beradi.
Har qanday usul insonning o‘z oldiga qo‘ygan ma’lum maqsadiga qaratilgan ongli harakatlari tizimidan iborat bo‘lgan faoliyatdir. Binobarin, har qanday usulni qo‘llash zamirida insonlarning qandaydir maqsadi bo‘ladi. Inson o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishmog‘i uchun turli yo‘llar, vositalar orqali ishga tushadi. Ish jarayonida u bajarilayotgan mehnat natijalarini kuzatib, ma’lum tuzatishlar kiritib, yo‘l qo‘ygan xatolarini o‘nglab boradi.
Insonni qo‘llagan usuli doimo qandaydir obyektga qaratilgan bo‘ladi. Masalan: duradgor qandaydir bir stol yasamogchi bo‘lsa, u o‘ziga ma’qul bo‘lgan ish usullari, asboblari bilan yog‘och (obyekt) bilan ishlaydi. Demak, duradgorning ish obyekti yog‘och taxtalar bo‘lib, u shu narsalardan, ish qurollaridan foydalanib, o‘z maqsadi tomon harakatlar qilib, oxirgi natija – stolni tayyorlaydi. Biroq duradgor o‘z oldiga qo‘ygan maqsadini amalga oshirish uchun muomalada bo‘ladigan obyekt, ya’ni yog‘och, taxtalar haqida tasavvuri bo‘lishi lozim.
Har qanday yog‘ochdan ham stol yasab bo‘lavermaydi. Shu bois u stol uchun mos bo‘lgan yog‘och xilini farqlashi, tanlashi lozim bo‘ladi. Duradgor stol yasash uchun tanlagan yog‘ochga asboblari va amaliy harakatlari vositasida ishlov berishi natijasi o’laroq, yog‘ochni o‘zgartirib, undan yangi mahsulot-stol tayyorlaydi.
Aksariyat kasb egalari o‘z ish faoliyatlarida tanlagan obyektlar ularning tanlagan usuli bilan o‘zgartirilib kutilgan natijani beraveradi.
Ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan usullar esa doimo kutilgan natijani berishi uchun o‘qituvchining ish obyekti bo‘lmish o‘quvchining xususiyatlarini ham hisobga olish kerak bo‘ladi. O‘qituvchilik kasbining asosiy maqsadi o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishdir. Demak, o‘qituvchi o‘z maqsadini amalga oshirishi uchun doimo o‘quvchilar bilan ish olib bormog‘i kerak.
O‘qituvchining ish obyekti – shaxsdir. Shu boisdan o‘qituvchi o‘z ish obyekti bo‘lgan o‘quvchining shaxsiy xususiyatlarini ham hisobga olishi, o‘quvchining qiziqishi, faolligi, aqliy qobiliyatlari, intilishlarini hisobga olmog‘i kerak.
Ta’limda o‘qituvchi o‘z maqsadini amalga oshirishga harakat qilishi, albatta, u o‘quvchining maqsadini anglashi, shunga qarab ish yuritishi lozim bo‘ladi. O‘qituvchi va o‘quvchilarning maqsadlari bir-biriga mos bo‘lmagan hollarda ta’limdan ko‘zlangan maqsadni amalga oshirib bo‘lmaydi. Yuqoridagilardan xulosa qilinsa, ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan usulning ham o‘qituvchiga, ham o‘quvchiga mos bo‘lishiga erishilsagina u ijobiy natija berishini ko‘rish mumkin.
Biologiya o‘qitish usullari haqida adabiyotlarda turlicha fikrlar mavjud. Masalan: Y.P.Brunovning ko‘rsatishicha, tushuntirish va namoyish etish, qisman izlanish va izlash kabi usullar borligi haqida yozib, haqiqiy uslubiyatga esa og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy kabi xillarga bo‘linishi haqida ma’lumotlar bergan. Muallif og‘zaki usul ichida hikoya, hikoya-suhbat, suhbat, kitob ustida ishlash, yozma ishlar kabi xillar bo‘lishligini ko‘rsatadi.
I.D.Zverev biologiya o‘qitish usullari haqida gapirib, bilimlarni yangilash manbalariga qarab og‘zaki, amaliy, o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatiga qarab yangi o‘quv usullarini o‘qituvchi tomonidan bayon etish kabilarni ko‘rsatadi. Shuningdek, o‘qitish usullari haqida turli mualliflarning asarlarida ta’limning didaktik vazifalariga bog‘liq bo‘lgan hamda o‘quvchilarning mustaqilligi va faolligiga xizmat qiluvchi turli usullar mavjudligi haqida ma’lumotlar keltiriladi. N.M.Verzilin va V.M.Korsunskayalar biologiya ta’limida 3 xil usuldan foydalanish haqida yozadilar. Fikrimizga ushbu mualliflarning biologiya ta’limida og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy usullardan foydalanish haqidagi ko‘rsatmalari ancha sodda va to‘g‘ridir. Chunki o‘quv materialini o‘rganishda o‘quvchilar uni eshitish, tinglash, ko‘rish yoki ularga ma’qul amaliy mashg‘ulotlarni boshqarishlari zarur bo‘ladi. Shu boisdan ham biz hozirgi davrda biologiya ta’limida yuqorida ko‘rsatilgan uch xil usulga asoslanamiz. Ma’lumki, biologiya ta’limida qo‘llaniladigan og‘zaki ko‘rgazmali va amaliy usullar o‘qituvchi va o‘quvchilardan dars materialini o‘rganishda turlicha faoliyatda bo‘lishligini taqozo etadi. Ushbu usullar qo‘llanilganda o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatini jadvaldan ko‘rish mumkin.
Jadvaldan ko‘rinib turganidek, bir xil usullar qo‘llanilganda bilim so‘z vositasida, boshqalarda esa o‘quvchiga bilim manbayi bo‘lib ko‘rgazmali qurollar yoki o‘zi bajargan ishi xizmat qiladi.



Download 22,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish