3-mavzu: biologiya fanlarining strukturasi. Biologik tushunchalarni shakllantirish


Turli o‘qitish usullari qo‘llanilganda o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyati



Download 22,82 Kb.
bet2/3
Sana08.04.2022
Hajmi22,82 Kb.
#538014
1   2   3
Bog'liq
3-маъруза(1)

Turli o‘qitish usullari qo‘llanilganda o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyati



Bilim manbayi



Usullar

Og‘zaki

Ko‘rgazmali

Amaliy

So‘z

Ko‘rgazmali

Amaliy ish

O‘qituvchi bilim beradi

So‘zlash orqali

Ko‘rsatish bilan

Yo‘llanma orqali

O‘quvchilar bilimlarni oladi

Tinglash orqali

Kuzatib

Ishlab

Biologiya o‘qitish uslubiyatidagi har bir usul o‘z navbatida o‘ziga o‘xshash usullardan tashkil topadi. Masalan: og‘zaki usullar tarkibiga hikoya, suhbat va ma’ruza kabilar kirsa, ko‘rgazmali usul tajribalar, natural va tasviriy materiallarning namoyishi kabi xillarga bo‘linadi. Xuddi shunday, amaliy usul tarkibida obyektni topib olish, anglash, kuzatish, eksperiment kabi usullar mavjuddir. O‘qitish usullarining yuqorida ko‘rsatilgan turlari o‘zgarmas, qotib qolgan deb bo‘lmaydi. Usul yoki uning turi dars mazmuniga o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qiziquvchanligiga qarab o‘zgarib, murakkablashib boradi. Masalan: hikoya yuqori sinfga borgan sari o‘zgarib asta ma’ruza usuliga aylanadi.


Darsda bir qancha usullardan foydalanilganda yaxshi natija beradi. Metodik uslublar – o‘qitish usulini qo‘llash natijasida o‘quvchilar ishining ayrim tomonlarini ifodalovchi muayyan elementlaridir. Har qanday uslub qo‘llanilganda uning tajribada mantiqiy, tashkiliy va texnikaviy tomonlari kuzatiladi. Uslubdagi uslubning mantiqiy tomoni dars mazmunini undagi asosiy tushunchalarga ajratish turli obyektlarni belgilash, taqqoslash, farqlash kabi ishlarni o‘z ichiga olsa, o‘quv uslubni o‘zlashtirishning tashkiliy tomoni o‘qituvchilarga dars mavzusini o‘rgatishga, o‘quvchilarni jalb etish, ularning diqqatini nimalarga qaratish lozimligini hisobga olish, o‘quv jarayonini qanday joylarda o‘tkazish, o‘quvchilar dars mazmunini qanday o‘rganishlari kerakligi yo‘llarini aniqlash kabilarni o‘z ichiga oladi.
Og‘zaki usuli - o‘qitishda qadimdan qo‘llanilib kelinayotgan dastlabki usullardan biridir. Bu usulning og‘zaki deb nomlanishining boisi shuki, o‘quv materialini o‘quvchilar o‘qituvchining so‘zlab beradigan hikoyasi, ma’ruzasi, tashkil etadigan suhbati natijasida o‘rganishadi. Boshqacha aytganda, ushbu usul qo‘llanilganda o‘quvchilar tayyor bilimlarni o‘qituvchining og‘zaki so‘zlari vositasida anglashadi. Og‘zaki usul o‘quv materialini o‘qituvchining jonli, yorqin hissiyotlarga boy bo‘lgan so‘zi, turli ko‘rgazmali qurollar vositasida tushuntirish imkoniyatini beradi.
Insoniyat tarixida bosib o‘tilgan yuz yillarga e’tibor qilsak, olim-u fozil kishilarning necha-necha avlodlar ayni shu og‘zaki usul vositasida ilm olganliklarining guvohi bo‘lamiz.
Og‘zaki usul - o‘z tarkibida turdosh usullardan hikoya, suhbat, ma’ruza, tushuntirish kabilar bo’ladi.
Hikoya usuli – ko‘pincha 5-8-sinflardagi biologiya ta’limida qo‘llaniladi. Hikoya odatda dars mavzusi turli ilmiy tadqiqotlarning ochilishi tarixiga, olimlarning hayoti, ijodiga, tabiatdagi biror hodisa yoki voqealarning tajribasiga bag‘ishlangan paytlarda qo‘llaniladigan usuldir. Hikoya yuqoridagi mazmunda bo‘lgan o‘quv materialini o‘qituvchining jonli, obrazli tafsilotidir.
Hikoya usuliga qo’yiladigan bir qancha talablar qatoriga quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
1. Hikoya usuli o‘qituvchining yorqin, jonli so‘zlar vositasida o‘tkazilishi lozim.
2. Hikoya usuli qo‘llanilgan o‘qituvchi artistlik mahoratiga ega bo‘lishi, dars mavzusining turli qismlarini bayon etayotganda turli harakatlar, ovoz balandligini goh baland yoki pastligiga e’tibor bermog‘i, his-hayajon bilan hikoya qilishi kerak.
3. Hikoya dars mavzusi asosiy masalalarining qo‘yilishi, uni hal etish yo‘llari, hal etilishi va xulosalar chiqarish kabi sujet yo‘nalishida tashkil etilmog‘i kerak.
4. Yuqorida aytilganidek, hikoya ko‘pincha pastki sinflarda qo‘llanilganidan mazkur sinf o‘quvchilarining ruhiy imkoniyatlarini, diqqat qilish qobiliyatlarini hisobga olish kerak. Ruhshunoslarning ko‘rsatishicha, 13-15 yoshli o‘quvchilar o‘z diqqatlarini mavzu va hodisalarga 12-15 minut davomida qaratib turishlari, so‘ngida ularning diqqatlari boshqa narsalarga kuchishi kuzatilar ekan.
Yuqoridagilarga asoslangan holda hikoya usulidan foydalanilganda uning davomiyliligini 10-15 minutdan oshirib yuborish maqsadga muvofiq emas.
5. Hikoya usuli qo‘llanilganda o‘qituvchi o‘z nutqini tushunarli, ko‘rgazmali bo‘lishiga ahamiyat berish lozim. Shu boisdan u hikoya davomida dars mazmuniga oid turli ko‘rgazmali qurollardan foydalanmog‘i lozim
6. Hikoya usuli o‘qituvchidan ma’lum nutq madaniyatiga ega bo‘lishlikni talab etadi. Uning nutqi ravon, badiiylashgan bo‘lmog‘i, ayrim so‘zlarni hadeb takrorlamaslik (“Ya’ni”, “Demak”) kerak.
7. O‘qituvchi hikoya qilar ekan o‘zi tasvirlayotgan tabiat hodisasini ko‘rgan, olimlar bilan yonma-yon ishlagan, ilmiy kashfiyotlar ochilishida ishtirok etgan kishidek so‘zlamoq kerak.
Suhbat – odatda dars mazmuni o‘quvchilarga birmuncha tanish, uning o‘z kundalik hayotlarida ko‘rgan, bilgan mavzularga bag‘ishlangan paytlarda qo‘llaniladigan usullar.
Suhbat – dars mazmunini o‘rganishga qaratilgan, o‘qituvchi tomonidan tuzilgan savollarga o‘quvchilarning bergan javoblari asosida o‘tkaziladi.
Suhbat usulidan foydalanilgandan o‘qituvchi dars mazmunini hikoya qilib bermaydi. Balki o‘rganiladigan mavzuning nomidan kelib chiqadigan savollarni o‘quvchilarga havola etadi, bu savollarga javob oladi.
Suhbat uchun savollar tuzishda o‘qituvchi dars mazmunini, undagi asosiy tushunchalarni o‘rganib chiqadi. So‘ngra darsdagi asosiy tushunchalarga, o‘quvchilarning avvaldan o‘zlashtirgan bilim zaxiralarini, turmush tajribalarini hisobga olgan holda ish yuritadi.
Suhbat uchun beriladigan, tayyorlanadigan savollarga bir qancha talablar mavjud bo‘lib ular quyidagilardir:
1. Suhbat uchun tuziladigan savol qisqa, tushunarli, lo‘nda bo‘lishi zarur.
2. Savollar o‘quvchilarni o‘ylantiradigan, javob berish uchun avval o‘rgangan dars materiallari, turmush tajribalari, tabiatdagi ba’zi narsa va hodisalarni kuzatish natijalari bo‘yicha bo‘lgan qarashlaridan foydalangan holda munosabatini bildiradigan tarzda tuzilishi kerak.
3. Qo‘shaloq savollar berilmasligi lozim.
4. O‘quvchilarga beriladigan savollar o‘quvchilarni o‘ylantirishga qaratilmog‘i kerak.
5. O‘qituvchi o‘quvchilarga beradigan savollarini doimo bir xil qoliplarda emas, har xil shaklda berishi lozim.
6. Savollar asta-sekin murakkablashgan holda berilishi kerak.
Savollarni murakkablashtirib borish quyidagi tartibda amalga oshirilishi (botanika, zoologiya fanlaridan) mumkin:
- organlar tuzilishini ta’riflash. Har xil o‘simlik va hayvonlarning ikkita organi tuzilishini taqqoslash;
- organ tuzilishining (urug‘, ildiz, maysa, kurtak, novda, gul, meva) rivojlanishiga qarab solishtirish;
- organ tuzilishining muhit sharoitiga moslanishini tahlil etish;
- har xil organlar funksiyalarini taqqoslash;
- organlarning rivojlanishini taqqoslash;
- ikkita organizm rivojini taqqoslash;
- ekologik, morfologik yoki sistematik belgilarni taqqoslash;
- o‘simlik va hayvonlar tasnifi;
- turli sharoitlarda yashovchi o‘simlik va hayvonlarning hayotga moslashishi.
Suhbat usuli qo‘llanilganda savollarga barcha o‘quvchilar bir vaqtda javob bermasin. Suhbat usuli o‘quvchilarning dars mazmunini faol o‘zlashtirishlariga xizmat qiladi. Dars mobaynida ayrim o‘quvchilar berilgan javoblarga qiynalayotganini, shu sohada bilim darajalari past ekanligini sezib borishadi. Boshqalari esa savollarga aniq, ravon javob berib, ruhan tetiklanadilar.
Undan tashqari, suhbat o‘quvchilarni tabiatda ko‘rgan, kuzatgan ba’zi narsa va hodisalarni yanada konkret ilmiy tushunib olishlariga xizmat qiladi.
Suhbat usuli qo‘llanilgan mavzularda ham o‘qituvchi turli ko‘rgazma qurollardan foydalanadi. Suhbat davomida o‘quvchilar rag‘batlantirib boriladi. Maktab ma’ruzasi odatda yuqori sinf o‘quvchilari bilan o‘tkaziladigan o‘quv-tarbiya ishlarining bir ko‘rinishidir. Ma’ruzadan dars mavzusi turli ilmiy kashfiyotlar, qonuniyatlar, biologik hodisalarning mohiyatlari kabi masalalarga bag‘ishlangan vaqtlarda ko‘proq qo‘llaniladi. Ma’ruza odatda 9-11-sinf biologiya ta’limida qo‘llanilib, uning davomiyligi 30-40 minut davom etishi mumkin.
Maktab ma’ruzasi o‘quv materialining ancha kattaligi, mantiqiy tuzilishi, isbot va umumlashtirishning birmuncha murakkabliligi bilan xarakterlanadi.
O‘qituvchi ma’ruzaga tayyorlanishda uning puxta rejasini tuzib olishi, ma’ruzada foydalaniladigan ko‘rgazmali qurollar, adabiyotlar tayyorlab qo‘yadi.
Ma’ruza mavzusi e’lon qilingach, uning rejasi doskaga yozib qo‘yiladi. Maktab ma’ruzasi uchun o‘qituvchi turli ko‘rgazmali qurollardan, o‘quvchilarning faolliklariga xizmat etuvchi muammoli savollardan foydalangan holda o‘tkazish talab etiladi. So‘zning insonga ta’siri juda kuchli. Shu sababli og‘zaki usullardan oqilona foydalanish ta’lim jarayoni oldiga qo‘yilgan maqsadlarni samarali bajarishga xizmat qiladi.



Download 22,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish