Sanoatlashtirish (lotin tilidan. Sanoat) - iqtisodiyotda sanoat ishlab chiqarishining ustunligi bilan rivojlanishning an'anaviy bosqichidan sanoatga jadal ijtimoiy-iqtisodiy o'tish jarayoni.
MDH davlatlarida daryolarda, tekislikda qurilgan suv omborlari qurilgan. Tekislikda joylashgan uzunligi 700 kmgacha yuzasi 7000 km.kv gacha. Hozirgi vaqtda 1000 gacha yirik suv omborlari qurilgan. Ko`p yillik yer yuzi oqimini boshqarish rostlash, suv resurslaridan foydalanish koeffitsientini ortishiga olib keladi va arzon elekrtoenergiya olish sharoit yaratadi. Biroq bu bilan birga tekislikdagi suv omborlarini qurilishi atrofmuhitni xususiyatini tubdan o`zgarishiga sabab bo`ladi va katta maydonlarda gidrodinamik ta`sirni kuchaytiradi. Shu munosabat bilan salbiy texnogen jarayonlarni yuzaga keltiradi va atrof- muhitni muhofaza qilishni murakkab va juda ko`p mablag` talab qilinadigan injenerlik tadbirlarini qo`llashga olib keladi(atrof shaharlarni zax bosishi va suv bosishidan muhofaza).
3. Yirik industrial shaharlar hududida shakllanadigan texnogen jarayonlar. Hozirgi davrda yirik industrial shaharlar Moskva, Peterburg, Kiev , Toshkent, Tibilis, Xarkov va boshqa insonning o`ta jadal tabiiy muhitga ta`siri bilan xarakterlanadi. Zamonaviy yirik industrial shaharlar chegarasida o`z strukturasi bo`yicha ixcham ko`p tarmoqli qurilish amalga oshirilmoqda. Shu sababdan shahar hududidagi atrof muhit ulkan texnogen yukni boshidan kechiradi. Bunday qurilish obyektlarining murakkab kompleksi katta shaharlarda, bir tomondan yer osti drenajini qo`llashga va bular orqali suv gorizontlarini quritish va xavfsiz ekspluatatsiya sharoitini yaratish; shu vaqtni o`zida suv tortib oluvchi inshootlar bilan juda katta miqdordagi suv, suv ta`minoti va ishlab chiqarish uchun suv tortib olinadi.
Shahar hududida mahalliy daryo tizimi, suv omborlari, havzalar, ko`llar, kanallar va ular gidrogeologik nuqtaiy nazaridan qaramaqarshi yo`nalishga ega bo`lgan issiqlik-massa-almashinuv jarayonini yoritib beradi. Yani yer usti suvlarini intinsiv infiltiratsiyasi va uning hisobiga yer osti suv gorizantlarini texnogen qoldirilishi yuz beradi. Shu bilan bir qatorda yana bir texnogen suv bilan to`ldiruvchi manba – suv tashuvchi yer osti komunikatsiyalaridan doimiy suvni oqib chiqishi va avariya oqibatida suvni yo`qotish bo`ladi.Bunday oqib chiqib ketish ta`sirida aeratsiya zonasida osma sizot suvlari shakllanadi, hamda chuchuk yer osti suvlarini issiqlik ifloslanishi ro`y beradi. Shahar sanoat va issiqlik obyektlari, shahar hududining va atrofni ob- havosini ifloslanishiga o`z ta`sirini o`tkazadi va issiqlik texnogen maydonni shakllanishiga olib keladi va o`z navbatida shahar ustida mikroiqlim shakllantiradi.
Shahar hududida zax bosish texnogen jarayonini shakllanishini asosiy sharti, quyidagilar:
a) tabiy sharoiti yetarli darajada hisobga olmaslik, ayniqsa tabiiy drenajlanganlikni
b) geologic muhitga texnogen yukni barcha shakllarini, hisobga olmaslik (suv eltuvchi kommunikatsiyalardan oqib chiqayotgan suvni miqdoriy hisobga olmaslik).
Shahar hududidagi suvli gorizontlardan issiqlik trassasidan suvni oqib ketishi, berk suv ta`minoti (issiqlik elektrostansiyasi, issiqlik qozonlari) oqib chiqib ketadigan suvlarning shakllanishi natijasida –teplofizik jarayonlar,yer osti suvlarni issiqlik ta’sirida ifloslanishi va buning ta’siri 300m. chuqurlikgacha borishi. Bu chuqurlikka gidrokimyoviy jarayonlar ta’sir qiladi va ayrim komponentlarning miqdori ortishi, umumiy mineralizatsiyasi ortishi kuzatiladi. Geomorfologik sharoiti murakkab shahar hududida surilish texnogen jarayonlari kuzatiladi. Bu jarayonlar surilish asosidagi tinellar suvga tўyinishidan tik qiroqlarda daryo vodiylarida,inshoatlar qurilganda paydo bўladi.