3-mavzu: atrof-muhitni muxofaza qilishning tashkiliy va huquqiy asoslari reja



Download 35,36 Kb.
bet1/3
Sana26.02.2022
Hajmi35,36 Kb.
#468489
  1   2   3
Bog'liq
1-маъруза матни


3-MAVZU: ATROF-MUHITNI MUXOFAZA QILISHNING TASHKILIY VA HUQUQIY ASOSLARI
REJA:

  1. O’zbekistonda atrof-muhit muhofaza qilishning huquqiy asoslari.

  2. Tabiatni muhofaza qilishda davlat boshqaruv organlari va jamoatchilik tashkilotlari.



Tayanch iboralar: Atmosfera, atrof-muhit, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, davlatlararo deklaratsiya va konvensiyalar, suv, tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslar, turoq, o‘simlik va hayvonot dunyosi.



  1. O’zbekistonda atrof-muhit muhofaza qilishning huquqiy asoslari.



Tabiatni muhofaza qilish va uning resurslaridan oqilona foydalanish masalalari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida va qonunlarida ham o‘z aksini topgan. Konstitutsiyaning 50-moddasida tabiatga oqilona munosabatda bo‘lish fiiqarolaming burchi ekanligi, 54-moddasida mulkdoming mulkdan foydalanishi ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, 55-moddasida esa barcha tabiiy zahiralar umummilliy boylik bo‘lib, ular davlat muhofazasida ekanligi e’tirof etilgan. Uning 100-moddasida atrof-muhitni muhofaza qilish mahalliy hokimiyat organlari zimmasiga yuklatilgan. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikga erishgandan so‘ng, 1992-yil 9-dekabrda “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qildi. Bu qonun respub- likada tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha bosh hujjat bo‘lib, u tabiiy muhitni muhofaza qilish va uning resurslaridan foydalanishni tartibga solish bo'yicha respublikaning strategiyasini belgilab berdi va shunga muvofiq ravishda boshqa barcha qonun va qonun osti me’yoriy hujjatlar unga bo‘ysundirildi. Qonunda tabiatning har bir turdagi obyektlari muhofazalanishi hamda ulardan foydalanish qoidalari belgilangan va respublika fuqarolari yashash uchun qulay atrof-muhitiga ega bo‘lish!iklari kafolatlangan. Ushbu qonun doirasida respublikada atrof-muhitni muhofaza borasida 30 dan ortiq boshqa qonunlar qabul qilingan bo‘lib, ular jumlasiga quyidagilami kiritish mumkin: “Er to‘g‘risida”gi, “Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida”gi, “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi, “Er osti boyliklari to‘g‘risida”gi, “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi, “Chiqindilar to‘g‘risida”gi, “Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi, “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi qonunlar.
Yuqorida keltirilgan qonunlar doirasida O‘zbekiston Respub- likasi Hukumati tomonidan ko‘pgina qonunosti hujjatlari qabul qilingan bo‘lib, bulaming barchasi yurtimizda mo‘tadil ekologik vaziyatni saqlagan holda barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan. Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar talablarini bajarmaganlik uchun javobgarlikka tortish me’yorlari va tartibi O‘zbekiston Respublikasining “Ma’- muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksi” hamda “Jinoyat Ko- deksi”da belgilab berilgan. Ma’muriy “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘- risidagi Kodeksi”da jinoyat turiga qarab turli miqdorda jarimalar to‘latish yoki ma’lum bir huquqdan mahrum qilish jazolari ko‘rsatilgan.


  1. Download 35,36 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish