3-Mashg’ulotga oid savollar savollar Olam nima va unda odamning o'rni qanday?


Makon – materiya borlig‘ining ko‘lamlilik, tarkibiylik kabi xossalari va uning o‘zarota’sirlarini ifodalovchi shakli



Download 25,7 Kb.
bet2/2
Sana10.07.2022
Hajmi25,7 Kb.
#769024
1   2
Bog'liq
3-seminar

Makon – materiya borlig‘ining ko‘lamlilik, tarkibiylik kabi xossalari va uning o‘zarota’sirlarini ifodalovchi shakli.
Zamon (falsafada) — hodisalarning va materiya holatlarining izchil almashinish shakli
Vaqt – materiya borlig‘ining barcha ob’ektlar mavjudligining davomiyligini va keyingi holat o‘zgarishlarini tavsiflovchi shakli

Fazo- dunyoni tashkil etuvchi obyektlar va ulardagi tarkibiy nuk,talarning oʻzaro joylashish tartibi, koʻlami va mikyosini ifoda etadi


  1. Ong nima?

Ong — psixik faoliyatning oliy shakli. U fakat insonga xos fenomendir. O., uning mohiyati masalasi eng qad. muammolardan biri. O.ni dastlab diniy va mifologik karashlar doirasida tushuntirishga uringanlar. O.ni liniy tushuntirish uni iloxiy hodisa, xudo yaratgan moʻʼjiza tarzida talkin qilishga asoslanadi. Koʻpgina dinlarda inson O.i buyuk ilohiy aqlning namoyon boʻlish shakli tarzida tavsiflanadi. Bunday qarashlarning ildizi juda qad. boʻlsada, ular hamon oʻzining koʻplab tarafdorlariga ega. Kimki olam va odam yaratilganligini tan olar ekan, O. ham yaratganning qudrati deb hisoblaydi.

  1. Gnoseologiya nimani o'rganadi?

«Gnoseologiya» - sof falsafiy kategoriya. Uning nomi yunoncha gnosis – bilim, ilm va logos – ta’limot, fan so‘zlaridan kelib chiqqan. So‘zma-so‘z ma’nosi - «bilish haqidagi ta’limot (fan)». Falsafiy adabiyotlarda, shu jumladan falsafiy qomuslar va lug‘atlarda «gnoseologiya» atamasi «bilish nazariyasi» deb tarjima qilingan. Shu bilan bir qatorda, ayni shu mazmunni ifodalash uchun falsafiy adabiyotlarda «epistemologiya» so‘zi ham qo‘llaniladi.
Gnoseologiya yoki bilish nazariyasi falsafiy bilimlar (falsafa fani) bo‘limi bo‘lib, unda 1)insonning dunyoni bilish imkoniyati;
2) insonning o‘zlikni anglash jarayoni;
3)bilishning bilmaslikdan bilim sari yuksalishi,
4)bilimlar tabiati va ularning mazkur bilimlarda aks etuvchi narsalar bilan o‘zaro nisbati o‘rganiladi.

  1. Bilishning yoshlarni tarbiyalash va kamol toptirishdagi ahamiyati nimada?

Bilish insonning tabiat, jamiyat va o`zi to`g`risida bilimlar xosil qilishga qaratilgan aqliy, ma’naviy faoliyat turidir. Inson o`zini kurshab to`rgan atrof-muxit to`g`risida bilim va tasavvurga ega bo`lmay turib, faoliyatning biron-bir turi bilan muvaffakiyatli shug`ullana olmaydi. Bilishning maxsuli, natijasi ilm bo`lib, har qanday kasb-korni egallash faqat ilm orqali ro`y beradi. Shuningdek, bilish insongagina xos bo`lgan ma’naviy extiyoj, hayotiy zaruriyatdir.Insoniyat ko`p asrlar davomida orttirgan bilimlarini umumlashtirib va keyingi avlodlarga berib kelganligi tufayli ham o`zi uchun qator qulayliklarni yaratgan. Inson faoliyatining har qanday turi muayyan ilmga tayanadi va faoliyat jarayonida yangi bilimlar xosil qilinadi.Kundalik faoliyat jarayonida tajribalar orqali bilimlar xosil qilish butun insoniyatga xos bo`lgan bilish usulidir. Bilimlar bevosita hayotiy extiyojdan, farovon hayot kechirish zaruratidan vujudga kelgan va rivojlangan. Insoniyatning ancha keyingi taraqqiyoti davomida ilmiy faoliyat bilan bevosita shug`ullanadigan va ilmiy nazariyalar yaratuvchi aloxida sotsial guruh vujudga keldi. Bo`lar — ilm-fan kishilari bo`lib, ilmiy nazariyalar yaratish bilan shug`ullanadilar

  1. Miqdor va sifat nima? Me'yor-chi?

Miqdor ob'ekt yoki odamning miqdoriga bog'liq. Miqdor - bu hisoblash yoki o'lchash mumkin bo'lgan narsa. Bu balandlik, vazn, o'lcham, uzunlik va hokazo kabi deyarli har qanday narsaga tegishli bo'lishi mumkin. Miqdori ob'ektivdir. Faqat bitta talqin bo'lishi mumkin, ammo sifat jihatidan ko'p emas. Miqdori - bu faqat o'lchab bo'ladigan, ammo tajribaga ega bo'lmagan narsa
Sifat bu shaxs yoki ob'ektga tegishli bo'lgan xususiyat yoki xususiyatdir. Demak, ob'ekt yoki shaxsni vaziyatga qarab tasvirlash uchun foydalaniladi. Qarama-qarshi ravishda miqdoriy, sifat subyektivdir. Sifat - bu o'lchab bo'lmaydigan, ammo tajribaga ega bo'lgan narsa. Sifatli atamalar she'r, adabiyot va musiqa kabi minnatdorchilik shakllarida qo'llaniladi. Boshqacha qilib aytganda, sifat - bu ijodkorlik bilan bog'liq atama, miqdoriy - bu har qanday amaliy narsa bilan bog'liq atama.
Me’yor - jamiyat a’zolari tomonidan qabul qilingan, ma’qullangan va ularga tushunarli bo`lgan til birliklari-ning nutq jarayonida qo`llanish holati va imkoniyatidir.
Me’yor - tilning yashash shaklidir.Til va nutq tizimida me’yor o`ziga xos o`rniga ega. Til material sifatida nutq jarayonida xizmat qila boshlagan lahzalardanoq uni me’yorlashtirish jamiyat ehtiyojiga aylangan va me’yoriy muammolar kun tartibiga qo`yilgan.

  1. Inkor nima? Inkorni inkor-chi?

Inkorni inkor qonuni - dialektikannnt asosiy qonunlaridan biri. Tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyoti jarayonining yoʻnalishini, shaklini va natijasini ifodalaydi. Birinchi boʻlib Gegel rivojlanish qonuni sifatida taʼriflab bergan. Inkor har qanday taraqqiyotda muqar-rar va qonuniyatli ravishda sodir boʻladigan jarayon (moment)dir. Hech bir sohada oʻzining ilgarigi mavjudlik shakllarini inkor qilmaydigan taraq-qiyot boʻlmaydi. Gegel fikricha, "ichki inkor" taraqqiyotning harakatlanti-ruvchi kuchidir. Dialektik inkorning obʼyektiv harakteri shundaki, u har bir narsa va hodisaning oʻz ichida, ularning ichki zaruriyatidan kelib chiqadi va har qanday yemirilish va yoʻq boʻlish (inkor)ni ifodalamay, balki taraq-qiyot uchun zamin boʻlib xizmat qiladigan inkorni ifodalaydi. Bu qonunning ikki marta takrorlanuvchi inkorda (inkorni inkor) ifodalanishi narsa va hodisalarning doimiy ravishda oʻzgarib, bir holatdan ikkinchi holatga oʻtishi va oqibatda rivojlanishi uzluksiz ekanligidan kelib chiqadi. Har bir mavjud boʻlgan narsa va hodi-sa oʻzigacha boʻlgan narsa va hodisaning inkor etilishining mahsuli, ayni vaktda shu narsa va hodisalarning oʻzi ham sharoitning oʻzgarishi va vaqtning oʻtishi bilan dialektik inkor etilishga mahkumdir. Har bir narsa va hodisaning oʻzgarishi qoʻshaloq, yaʼni hami-sha ikki yoki undan koʻproq inkor etishlar bilan amalga oshadi


  1. Falsafiy kategoriyalar tizimi, ularning mazmuni.

Falsafa fanining kategoriyalari haqidagi turli qarashlarni umumlashtirib aytganda, ularning mantiqiy tushunchalar sifatidagi quyidagi tavsiflari bor: 1) ob'ektiv voqyelikning in'ikosi; 2) narsa va hodisalarning o‘zaro bog‘lanish va aloqadorligini mantiqiy umumlashtiruvchi bilish usuli; 3) narsa va hodisalarning rivojlanishi bilan o‘zgarib turuvchi mantiqiy tushuncha; 4) borliqning mavjudligidan kelib chiqadigan tarixiy — mantiqiy bilish darajalaridan biri. Ko‘pchilik mutaxassislar kategoriyalar olam, undagi narsa va voqyealar, ularning asosiy va takrorlanib turuvchi aloqadorligini ifodalaydigan keng mazmundagi tushunchalardir, degan fikrga qo‘shiladilar. Bu ma'noda borliq, voqealik, harakat, makon, zamon, miqdor, sifat va boshqalar falsafaning ana shunday kategoriyalaridir.

  1. Jamiyat deganda nimani tushunasiz? Jamiyatga xos belgilarni sanang.

Jamiyat — tabiatning bir qismi, ya`ni ijtimoiy borliq bo’lib, odamlar uyushmasining mahsus shakli, kishilar o’rtasida amal qiladigan juda ko’plab munosabatlar yig`indisi, degan turlicha ta`riflar ham bor. Jamiyat muttasil ravishda rivojlanuvchi, takomillashib boruvchi murakkab tizimdir. Har bir yangi davrda jamiyat mohiyatini bilish zarurati vujudga keladi. Milliy mustaqillik tufayli jamiyat mohiyatini yangicha idrok etish ehtiyoji paydo bo’ldi. Prezident Islom Karimovning qator asarlarida jamiyat mohiyatini yangicha tushunishning uslubiy asoslari yaratildi.
Jamiyat moddiy va ma`naviy omillar birligidan iborat. Hozirga qadar adabiyotlarda moddiy va ma`naviy hayot bir-biridan keskin farqlanar edi. Moddiy hayot tadqiqiga ko’proq e`tibor berilar. Holbuki, jamiyatning tub mohiyati uni tashkil etuvchi inson mohiyati bilan uzviy bog’liq. Huddi inson tanasini uning ruhidan ajratib bo’lmagani singari, jamiyatning moddiy va ma`naviy jihatlarini ham bir-biridan ajratish va ularning birini ikkinchisidan ustun qo’yish mantiqqa ziddir. Prezident Islom Karimov asarlarida jamiyatning moddiy va ma`naviy manfaatlarini uyg`unlashtirish ijtimoiy taraqqiyot asosi ekani ta`kidlangan. Inson ma`naviyatini yuksaltirish orqaligina iqtisodiy rivojlanishga erishish mumkin. Shuning uchun ham hozirgi davrda aholi ma`naviyatini yuksaltirishga, milliy G’oya va mafkura asoslarini shakllantirishga katta e`tibor berilyapti. Zero, kishilar iqtisodiy jihatdan qashshoq bo’lgani uchun ilmsiz bo’lmaydi, balki, aksincha — ilmsiz bo’lgani uchun qashshoq bo’ladi. Shuning uchun yurtimizda halq ma`naviyatini yuksaltirish orqali iqtisodiy farovonlikni ta`minlashga katta e`tibor berilyapti.

  1. Sivilizatsiya nima? Madaniyat nima?

Madaniyat — jamiyat, inson ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyotining muayyan darajasi. Kishilar hayoti va faoliyatining turli koʻrinishlarida, shuningdek, ular yaratadigan moddiy va maʼnaviy boyliklarda ifodalanadi.

Tamaddun yoki sivilizatsiya — jamiyatning rivojlanganlik darajasini koʻrsatuvchi tushuncha, madaniyat, fan, texnika, din va hokazoni oʻz ichiga oladi. Tamaddun inson jamiyatining ongli ekanligiga urgʻu berib, uni boshqa har qanday ongsiz jamiyatdan farqlaydi.

„Sivilizatsiya“ soʻzi lotinchada fuqarolarga oid, ijtimoiy degan maʼnolarni anglatadi. Bu tushuncha fanga fransuz faylasuflari tomonidan nisbatan yaqin vaqt — ikki asr oldin kiritilgan boʻlib, tafakkur va erkinlik hukmron boʻlgan jamiyatlarni tavsiflash uchun qoʻllanilgan




  1. «Qadr» va «Qadriyat» tushunchalarining mazmunini qanday izohlaysiz?

Qadriyat — voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiyaxloqiy, madaniymaʼnaviy ahamiyatini koʻrsatish uchun qoʻllanadigan tushuncha. Inson va insoniyat uchun ahamiyatli boʻlgan barcha narsalar, mas, erkinlik, tinchlik, adolat, ijtimoiy tenglik, maʼrifat, haqiqat, yaxshilik, goʻzallik, moddiy va maʼnaviy boyliklar, anʼana, urf-odat va boshqalar Q. hisoblanadi. Ijtimoiy fanlarning qaysi sohasida Q.ga doir tadqiqot olib borilgan boʻlsa, bu tushunchaga shu jihatdan taʼrif berishga intilishgan.

Qadriyatlatlar to’g’irisa G’arbda keng tarqalgan ‘’Aksiologiya’’ (aksio qadriyat , logos - fan, talimot) fani rivojlangan mamlakarlarda inson qadri va haq- huquqlariga doir ko’pgina tamoyillarning amaliyoti uchun nazariy asoslardan biri bo’lgan ilmiy sohalar qatoriga kiradi. Bu borada Qadr tushunchasiga kata etibor qaratishimiz kerak . U muayyan qadriyatning ya’ni biror-bir narsa , voqea hodisaa yoki biro redialning inson va jamiyat uchun qadri va ijtimoiy ahamiyatini anglatadigan tushunchadir Qadr tushunchasi uzbek tilida serqirra ma’no va mazmunga ega , u tilimizdagi ba’zi ibora va so’zlarda o’ziga xos sharqona falsafiy mazmun borligidan dalolat beradi. Anashu sababdan ham o’zbek tilida qadriyatning mazmunini bilib olish va uning ahamiyatini anglash , avvalo qadrning ma’nosini bilish orqali boradi


  1. Inson nima uchun falsafaning bosh mavzusi deb qaraladi?

Inson — falsafaning bosh mavzusi. Insonning yaralishi, mohiyati va jamiyatda tutgan o’rni falsafiy muammolar 
tizimida muhim o’rin tutadi. Turli falsafiy ta’limotlarda bu masalalar turlicha talqin etib kelingan. Shunday bo’lishi tabiiy ham edi, chunki inson mohiyatan ijtimoiy-tarixiy va madaniy mavjudot sifatida har bir yangi tarixiy sharoitda o’zligini 
chuqurroq anglashga, insoniy mohiyatini ro’yobga chiqarishga intilaveradi. 
Suqrotning «O’zligingni bil» degan hikmatli so’zi har bir tarixiy davrda yangicha ahamiyat kasb etadi. Insonda butun olam va jamiyatning mohiyati mujassamlashgandir. Ulug’ mutasavvuf Abdulxoliq G’ijduvoniy insonni «kichik olam» deb hisoblagan. Falsafada baxs yuritiladigan barcha masalalar inson muammosiga bevosita daxldordir. Umuman 
olganda, insonga daxldor bo’lmasa, unga foyda keltirmasa, jamiyatning og’irini engil qilmasa, unday fanning keragi bormikan? Shu ma’noda, inson, avvallo, o’zi uchun zarur bo’lgan fanlarni, ilmlar va bilimlar tizimini yaratgan. Tabiat, madaniyat, siyosat, tsivilizatsiya, bilish kabi masalalar inson manfaatlari va insoniy mohiyatning namoyon bo’lish shakllaridir. Ularning barchasi inson tabiati va mohiyati bilan bog’liqdir. Falsafa insonni olamning tarkibiy qismi sifatida o’rganadi. Inson shunday murakkab va ko’p qirrali mavjudotki, 
uning mohiyati yaxlit bir butunlik sifatida inson, shaxs, individ, individuallik tushunchalari orqali ifodalanadi. Bu tushunchalar bir-biriga yaqin va ma’nodosh bo’lsa ham, bir-biridan farqlanadi. 
Inson — o’zida biologik, ijtimoiy va psixik xususiyatlarni mujassamlashtirgan ongli mavjudot. Insonning biologik 
xususiyatlariga ovqatlanish, himoyalanish, zurriyot qoldirish, sharoitga moslashish kabilar xos. 
Inson boshqa mavjudotlardan sotsial xususiyatlari bilan ajralib turadi. Chunonchi, til, muomala, ramziy belgilar, bilim, ong, mahsulot ishlab chiqarish, taqsimlash, iste’mol qilish, boshqarish, o’z-o’zini idora etish, badiiy ijod, axloq, nutq, tafakkur, qadriyatlar, tabu (ruxsat va ta’qiqlash) shular jumlasidandir. Insonning psixik xususiyatlariga ruhiy kechinmalar, hayratlanish, g’am-tashvish, qayg’u, iztirob chekish, zavqlanish, kayfiyat kabilar kiradi. 

  1. Istiqlolning insonparvarlik mohiyati nimalarda ko'rinadi?

Insonparvarlik bu o’zbеk xalqi milliy ruhiyatining ajralmas fazilatidir. U purma’no va sеrmazmun tushunchadir. Insonparvarlik o’zbеk xalqining ajralmas xislati tarzida ko’zga tashlanadi. Qur’oni Karim insonparvarlik g’oyalari asosiga qurilgan. Muhammad alayhissalom hadislari shu g’oyalarga boy hikmatlar majmuasi sanaladi. Insonparvarlik kishilarning bir-biriga hurmatida, qadr-qimmatida, mеhr-shafqatida, diyonatda, o’zaro ko’maklashuvda, hamdardlikda, boshqalar qayg’usiga shеrik bo’lib, quvonchidan va baxtidan sеvinishda, xalq baxti va yutuqlaridan faxrlanishda ko’rinadi.
O’zbеk xalqining turmush tarzi, mеhnat faoliyati, o’zaro munosabatlari, hamkorlik, hamdardlik, vafodorlik, bir-biriga suyanishi, yaxshi qo’shnichilik, bolajonlik, ota-onaning bolaga, bolaning ota-onaga hurmati, sadoqati kabi qadriyatlari insonparvarlik g’oyalari bilan sug’orilgan. O’zbеk xalqi bir umr mеhr-shafqatli bo’lgan, barchaga yordam qo’lini cho’zgan. O’zbеk xalqi o’zining insonparvarligini fashizmga qarshi kurash yillari yеtim bolalarning boshini silab o’z tarbiyasiga olib yorqin namoyon etdi.
O’zbеk xalqi doimo umuminsoniyat dardini kuylab kеlgan. Al-Xorazmiy, al-Bеruniy, Ibn Sino, az-Zamahshariy, Pahlavon Mahmud, Alishеr Navoiy, Ogahiy asarlaridagi g’oyalar - insonparvarlik ruhi bilan ajralib turadi. Xususan, Navoiy ijodida insonparvarlik alohida ahamiyat kasb etadi. Uningcha, vatanga, xalqqa sadoqat eng avval uning taqdiri ustida g’amxo’rlikdan iboratdir. Insonga nisbatan bеparvolik, uning taqdiri va baxtu saodati ustidagi g’am yеmaslik sharafli inson uchun tamomila yotdir. Navoiyning barcha-barchani insonga g’amxo’r bo’lishga chaqirgan, insonparvarlikni kuylagan qo’yidagi bayti asrlar osha hammamiz uchun ibrat yanglig’ yangrab turibdi:

  1. Umumbashariy muammolarning vujudga kelish sabablari nimada?

Global muammolar - umumba shariy hayot va taraqqiyot bilan bogʻliq hozirgi zamon muammolari.Ular jumlasiga jahon termoyadro urushining oldini olish, xalqaro terrorchilikka qarshi kurash va barcha xalqlar uchun tinchlikni taʼminlash; rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar oʻrtasida ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyot darajasidagi tafovutni bartaraf etish, ochlik, qashshoqlik va savodsizlikni tugatish, rivojlanayotgan mamlakatlarda aholining tez surʼatlar bilan koʻpayayotganligini tartibga solish, atrof muhit halokatli tarzda ifloslanib borayotganligining oldini olish; insoniyatni kerakli resurslar — oziq-ovqat, sanoat xom ashyosi, energiya manbalari bilan taʼminlash, fan va texnika taraqqiyoti salbiy oqibatlarga olib kelishiga yoʻl qoʻymaslik kabilar kiradi. G.m. avvalo jahonda kechayetgan iqtisodiy, ijtimoiysiyosiy, harbiy, ilmiy-texnologik, ijtimoiy-madaniy jarayonlarning umumbashariy ahamiyat kasb etishi natijasida yuzaga keldi.
“Hozirgi davrning global muammolari” tushunchasi 1960-yillar oxiri – 1970-yillarning boshlarida keng tarqaldi va shundan beri ilmiy va siyosiy muomalahamda ommaviy ongdan mustahkam o‘rin oldi. Aksariyat hollarda u global sanalmagan voqealar va hodisalarga nisbatan qo‘llaniladigan atama sifatida ishlatiladi. Bunday holga milliy va umumbashariy ahamiyatga molik voqealar tenglashtirilganida, masalan, muayyan bir mamlakatning ijtimoiy muammolarini nazarda tutib, ular “global” deb nomlangan holda duch kelish mumkin.
Etimologik jihatdan “global” atamasi, “globallashuv” atamasi kabi, er kurrasi bilan bog‘liq. Ayni shu sababli butun insoniyat manfaatlariga daxldor muammolarni ham, dunyoning turli nuqtalaridagi har bir ayrim insonga tegishli bo‘lgan, ya’ni umuminsoniy xususiyat kasb etadigan muammolarni ham “global” deb nomlash odat tusini olgan. Ular jahon iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishining muhim ob’ektiv omili sifatida ayrim mamlakatlar va mintaqalarning rivojlanishiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Ularni echish aksariyat davlatlar va tashkilotlarning kuch-g‘ayratini xalqaro darajada birlashtirishni nazarda tutadi. Ayni vaqtda global muammolarning echilmay qolishi butun insoniyat kelajagi uchun halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Insoniyat jamiyatining taraqqiyoti hech qachon vahech qaerda oson, beto‘siq kechmagan. Har doim va hammadavrlarda jamiyat oldida muayyan muammolar ko‘ndalang bo‘lib turgan. Bular, bir tomondan, tabiat stixiyasining natijasi o‘laroq namoyon bo‘ladigan er silkinishlari, suv toshqinlari, qurg‘oqchilik, quyoshradiatsiyasi o‘zgarishi bilan bog‘liq turli epidemik kasalliklar va hokazolar bo‘lsa, ikkinchi tomondan,inson faoliyati natijasida yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-madaniy hayotga oid bo‘lgan antropogen muammolardir.
Download 25,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish