Yerning mineralogik modeli
Yer po`sti tog` jinslaridan tuzilgan.Yer po`stining mineralogik tarkibi har xil.Geofizik
ma`lumotlar asosida yer qobig`i uch pog`onaga ajratilgan. Yer po`stining yuqori qavati,
cho`kindi va metamorfik jinslardan iborat bo`lib, ular xilma-xil minerallardan tashkil topgan.
Ma`lumki yer po`sti bir necha turlarga (geostrukturalarga) bo`linadi, bulardan keng tarqalganlari
va puxta o`rganilganlari qit`a yer po`sti hisoblanadi. Okean yer po`sti haqidagi dalillar ham
kengaymoqda. Qit`alar yer po`stining yuqori qismi-kvars, karbonat (kalcit va dolomit), qavatli
silikatlar-gil minerallari, xlorit, slyudalardan tashkil topgan. Minerallarning turi 2,5 mingdan
ortiq. Ular tabiatda har xil miqdorda tarqalgan.Aksariyat qismi kam uchraydi. Tog` jinslarini
tashkil qiluvchi minerallar Yerning ustki qismi - litosferaning asosini tashkil etadi. Keyingi
ikkinchisi granit-gneyslar T.Bart bo`yicha nordon magmatik jinslar tarkibiga mos bo`lib,
quyidagi minerallardan tashkil topgan (% hisobida); kaliyli dala shpatlari-31, plagioklaz-29,2,
kvars-12,4, piroksen-12, ma`dan minerallari-4,1, biotit-3,8, olivin-2,6, rogovaya obmanka-1,7,
muskovit-1,4, apatit-0,6, xlorit va serpentin-0,6, nefelin-0,3, sfen-0,3 va boshqalar. Ushbu
qavatda tabiatda uchraydigan minerallarning aksariyat qismi yuzaga keladi. Uchinchi-granulit-
bazalt qismi tomon, temir va magniyli minerallar turlari, ayniqsa, piroksen va amfibollar
miqdorining ortib borishi aniqlangan. A.E.Ringvud ma`lumotlariga ko`ra granulit-bazalt mineral
tarkibi (% hisobida): rogovaya obmanka-39, piroksen-20,5, plagioklaz-24, granat-9,5 va boshqa
minerallar. Bulardan dala shpatlari -55; piroksen va amfibollar - 15; kvars - 12; slyudalar - 3; gil
minerallari -1,5; kalsit - 1,5; oksidlar va gidroksidlar - 3; fosfatlar - 0,75; xloritlar va ftoritlar -
0,5; sul'fidlari bilan sul'fatlar - 0,3, sof tug`ma elementlar - 0,1 foizni tashkil etadi.
Ushbu ma`lumotlardan ko`rinib turibdiki, faqat silikatlar bilan kremniy oksidi
og`irligi bo`yicha Yer qobig`ining 67% ni tashkil qiladi. Qolgan minerallar kam miqdorda
bo`lishiga qaramasdan xalq xo`jaligida katta ahamiyatga ega.
Yer qobig`ining pastki qismi bo`lgan yuqori mantiya asosan o`taasos jinslar tarkibiga
mos bo`lib, quyidagi minerallardan iborat (% hisobida): olivin-57, piroksen-29, granat-14.
Yer qobiqlari bo`ylab fizik-kimyoviy sharoitlari xilma-xil, shuning uchun ham qatlam
bo`ylab minerallarning turlari va miqdori sezilarli darajada o`zgaruvchan. Yer qobig`ini tashkil
qiluvchi minerallar konstitutsiyasida (tarkibiga, tuzilishiga) ko`ra 4 guruhga: gomoatomli,
sulfidli, kislorodli va silikatli birikmalarga bo`linadi. Shulardan kislorodli barcha mavjud
birikmalar minerallarning 75,1% ni tashkil etadi, undan keyin sulfid va ularga o`xshashlar
(arsenidlar, telluridlar, vismutitlar, antimonitlar va b.lar) kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |