3-mа’ruzа. Yerning ichki tuzilishi, zichligi, harorati va radioktivligi. Yer qobig’ining kimyoviy va mineral tarkibi



Download 195,27 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana01.06.2022
Hajmi195,27 Kb.
#624319
1   2   3   4
Bog'liq
3-Mavzu. (1)

3.2-rasm. Yerning ichki tuzilishi. 
Yer yadrosi - tashqi va ichki (sub’yadro)larga bo‘linadi. Yer yadrosining markazidagi 
harorat 5000°C, zichligi 12,5g/sm3 , bosim 361 GPa gacha. Taxminlarga ko‘ra subyadro- qattiq, 


tashqi yadro esa suyuq hisoblanadi. Uning zichligi 10g/sm3. Taxminlarga binoan tashqi 
yadroning 12%i oltingugurt va 88%i temirdan iborat. Seysmik usullar yordamida qattiq ichki 
yadro borligi, u umumiy Yer massasining 1,7%ini tashkil qilishi, 80%ga yaqini temir-nikel 
qorishmasidan iborat ekanligi aniqlangan. 
Yer mantiyasi - Yer qobig‘i va yer yadrosi o‘rtasida 35-2900km chuqurliklar oralig‘ida 
joylashgan. Uning ustki chegarasi 5-10-70km gacha bo‘lgan Maxrovich chegarasida joylashgan 
va quyi chegarasi 2900km chuqurlikdagi Vixert- Gutenberg chegarasidir. Mantiya yerning 83% 
hajmini tashkil etadi. 
Mantiyaning yuqori qismi, ya’ni V-qobiq intruziv magmatik ultra asosiy tog‘ jinslari
asosan peridotit va olmos eltuvchi trubkalarni to‘ldiruvchi jinslar hamda yuqori metamorfizm 
jinslari ekologit deb nomlangan, asosan chuqurlikdagi magmatik jinslarning tarkibiga yaqin 
bo‘lgan, gabbro zichligidan yuqori bo‘lgan (3,35-4,2g/sm3) jinslardan iborat. Ular faqat katta 
bosim ostida shakllangan. 
Quyi mantiyada temir-magnezial silikat oksidi zich joylashgan holatdagi AL203 
(korund), MgO (periklaz), Fe2O3 (gematit), TiO2(rutil), SiO2(stishovit) ko‘p tarqalgan. 
Yer qobig‘i - bu yerning yuqori toshli qobig‘i, magmatik, metamorfik hamda cho‘kindi 
jinslar bilan qoplangan 7km dan 70-80km gacha bo‘lgan qalinlikda joylashgan. U yerning 
faoliyatli zonasi, ya’ni magmatik va tektonik jarayonlar faollashgan qobig‘idir. Yer qobig‘ining 
quyi chegarasi erning yuzasini oynadagi aksi sifatida takrorlaydi. Materik ostida u mantiyaga 
chuqur tushadi, ummon ostida esa yer yuzasiga yakinlashadi. 
Adabiyotlarda ko‘pincha “Litosfera” termini ko‘p uchraydi va uni ko‘pincha “Yer 
qobig‘i” sinonimi deb tushinishadi, bu xato albatta. Litosfera - bu yerning toshli qobig‘i bo‘lib, 
u o‘z ichiga yer qobig‘ini va yuqori mantiyadagi, astonosferaning yuqori chegarasini o‘z ichiga 
oladi. Yer qobig‘ining kimyoviy tarkibida kremniy va alyuminiy elementlari ko‘p. Shuning 
uchun bu qobiq sial qobiq deb ataladi. Moddalarning holati qattiq va kristalsimon bo‘ladi. 
Cho‘kindi qobiq — yuqori qatlam bo‘lib, vulkanik hamda vulkanik-cho‘kindi jinslardan 
tashkil topgan bo‘lib, gillar va gilli slanetslar (42%), qumli (20%), vulkanik (19%) va karbonatli 
(19%) jinslar. Qatlamning (qobiqning) qalinligi 0 dan 20-25 km gacha bo‘ladi. Cho‘kindi 
qobig‘ining o‘rtacha zichligi 2,45 g/sm3. 
Granit qobiq - (granat-gneysli, granat-metomorfik) deb nomlanishi, ularning holati, 
xususiyatlari o‘xshashligidir. Bu granitli gneyslar (37%), granodiorit-diorit (20%), granitlar 
(18%), amfibolitlar (10%), kristalli slanetslar (9%), gabbro, marmar, sienit va boshqalar (10%). 
Granit qobig‘i, tog‘ jinslari tarkibiy holati va burmalanish darajasi bo‘yicha turli xil. Granit 
qatlamining o‘rtacha zichligi 2,7g/sm3 atrofida. Granit qatlamning qalinligi 10-25 km okean 
ostida umuman yo‘q bo‘lishi ham mumkin. 
Bazalt qobig‘i — (granulit-bazaltli) og‘ir kristallik jinslardan iborat bo‘lib, ular o‘z holati 
bo‘yicha erning bazalt-magmatik jinslarga o‘xshashdir. Ba’zi joylarda bazalt qatlami va mantiya 
oralig‘ida eklogit qkatlam bo‘lib, zichligi bo‘yicha bazalt jinslaridan ancha zichroqdir. Bazalt 
qatlami jinsining o‘rtacha zichligi 2,9 g/sm3 tashkil etadi. Bazalt qatlamining o‘rtacha qalinligi 
20km atrofida, ba’zi joylarda (tog‘li tizmalar ostida 30-40km gacha etadi). Kaspiy sineklizasi 
Dnepr-Donetsk va boshqa joylarda bazalt qatlamining qalinligi 12-13 yoki 5-7km gacha 
kamayishi aniqlangan. 
Yerning gravitatsiya maydoni. Barcha jism va predmetlar yerning yuzasida joylashgan 
bo‘lib, yerning tortishini sezadi. Yerning tortishish kuchi ta’sir zonasidagi maydon og‘irlik kuchi 
yoki gravitatsiya maydoni deyiladi. Og‘irlik kuchining o‘lchov birligi galda ifodalanadi (bu nom, 
birinchi bo‘lib og‘irlik kuchi tezlanishini o‘lchagan Galileo Galiley nomiga qo‘yilgan). 
1gal=1sm/s2 teng. O‘rtacha yer yuzidagi og‘irlik kuchi 979,7 gal ga teng. 
Gravitatsiya anomaliyalari musbat va manfiylarga bo‘linadi. Musbat gravitatsiya 
anomaliyalar yer qobig‘ida zichlashgan massa bo‘lganda kuzatiladi (masalan: temir rudasi va 
boshqalar), manfiy gravitatsiya anomaliyalar «yengil» massalarning mavjudligini (ya’ni ko‘mir 
havzalar, gips, kaliy tuzlar). Gravitatsiya anomaliyalar gravimetr va varimetr nomli o‘ta 
sezuvchan asboblar yordamida o‘lchanadi. Og‘irlik kuchini ma’lumotlari asosida xaritalar 


tuziladi, ular foydali qazilmalar qaerda borligini ham ko‘rsatadi. Gravitatsiya maydonlarni 
o‘rganish natijalari yer qobig‘ining tuzilishi, tektonik rayonlashtirishda hamda foydali 
qazilmalarning joylashishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olishda qo‘llaniladi. 
Yerning magnit maydoni — bu yer sharining xususiyati bo‘lib, yerning ichida va tashqi 
qismida magnit tortish kuchi borligidan dalolatdir. Hozirgi kunda keng tarqalgan nazariyalardan 
biri magnitizm Elzasser-Frenkel nazariyasidir (1956-y). Unga ko‘ra aylanayotgan erning 
markazidagi yadro dinamomashinaga o‘xshab ishlar ekan. 
Bu nazariyaga binoan yerning aylanish o‘qi va magnit maydoning o‘rtacha o‘qiga mos 
tushishi kerak. Ya’ni geomagnit qutbdagi vaqtning almashuvi geografik qutblar bilan bir xil 
vaqtda bo‘lishi lozim. Xulosa shuki, bu geologiyada eng kerakli xodisadir. Qoldiq magnetizm va 
unga yaqin bo‘lgan geografik qutblarda butun geologiya tarixida sezilarli tarzda o‘zgarib kelgan 
(kechki paleozoyda masalan: qutblar hozirgi ekvator zonasida joylashgan bo‘lib, bu joy qalin 
muzliklar ostida bo‘lgan). 
Yerning issiqlik hamda radiofaollik xususiyatlari. Yerning issiqlik tartibi ikki manbadan: 
Quyoshdan kelayotgan issiqlik va sayyoraning ichki qobiqlaridan uning yuzasiga etib kelayotgan 
energiya hisobiga. Quyoshning er yuzidagi issiqligi, butun issiqlik yig‘indisini 99,5% tashkil 
etsa, ichki energiya hisobiga qizish atigi 0,5% ni tashkil etadi. Quyosh nurlarining er yuzining 
ichkarisigacha ta’siri eng ko‘pi bilan 8-30m gacha etadi. Lekin quyoshni issiqlik energiyasidagi 
radiatsiya atmosferadagi havo massalarini harakatga keltiradi va yer yuzidagi suv aylanishini 
yuzaga keltiradi. Bu esa ekzogen geologik jarayonlarning asosiy sababchisidir. 
Yerning ichki issiqlik manbalaridan: radiofaol elementlarning parchalashini va 
moddalarning gravitatsiya differensiyasining energiyasi yer sayyorasi paydo bo‘lgandan beri 
qolgan issiqlikni aytish mumkin. Yuqorida ta’kidlanganidek, eng asosiy radiofaol kimyoviy 
elementlar parchalanishida kinetik energiya a - zarracha, qaytarish yadro va u - nuralish issiqlik 
energiyasiga aylanadi. 
Yerning o‘zgarmas harorat zonasidan pastda termiya zonasi joylashgan. Ushbu zonada 
harorat chuqurlik sari oshadi, bu zona geotermik gradient bilan bog‘liq. Geotermik gradient deb 
°S/m o‘lchov birligiga ega bo‘lgan, tog‘ jinsi harorati chuqurlik sari oshib borishiga aytiladi. 
Geotermik pog‘ona 10 dan 100 m/°C gacha o‘zgaradi. 
Tog‘ jinslarning radiofaollik xususiyati, bu o‘zida radiofaol elementlar mavjud bo‘lgan 
tog‘ jinslarning nurlanishidir (uran, toriy, radiy va boshqalar). Ushbu elementlarning izotoplari 
(texnitsiy, prometiy, poloniy va boshqalar) parchalanishida issiqlik ajralib, yerning issiqlik tartibi 
sezilarli darajada o‘zgaradi. Olimlarning ta’kidlashicha, radiofaol elementlarning chuqurlikka 
qarab kamayishi kuzatilmoqda. Lekin uran nihoyatda og‘ir metall bo‘lishiga qaramay (zichligi 
18,7 g/sm3), ya’ni temirning zichligidan 2,5 barobar ko‘proq bo‘lishiga qaramay (7,86g/sm3), 
negadir temir erning yadrosida joylashgan. Shuning uchun ilmiy tadqiqotlarda xanuzgacha 
yerning tarkibida og‘ir va engil elementlarning joylashishi jumboq bo‘lib kelmoqda 
(V.I.Vernadskiy). 
Radiofaol elementlar ( 276Ra, 238U, 232Th, 40K ) barcha tog‘ jinslarida uncha ko‘p 
bo‘lmagan holatda 70-90 km chuqurlikda uchraydi. Uning miqdori nordon jinslardan asosiy va 
ultroasosiyga o‘tishda keskin pasayadi. Bilamizki 1g uran - 9,2-5kal/soat va 1 g toriy - 2,2∙10-5 
kal/soat energiya ajratadi. 
Yer issiqligidan amaliy foydalanish, qazib olish sharoiti (geotermal manba) va 
petrotermal (issiqlikni o‘z ichida saqlaydigan tog‘ jinslar), yerning issiqlik maydonini o‘rganish 
kabi ko‘pgina masalalar hozirgi kundagi dolzarb masalalar hisoblanadi. Hozirda burg‘u 
quduqlari chiqarib olayotgan qaynoq- termal suvlardan ko‘p mamlakatlarda foydalanish yo‘lga 
qo‘yilgan, bunda ulardan issiqlik tizimlarida ham foydalanilmoqda. 
Yer qobig‘ining kimyoviy tarkibi uning vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi kabi muammolarni 
geokimyo fani o‘rganadi. Bilamizki, tog‘ jinslari tarkibi mineralardan, miierallar esa kimyoviy 
elementlardan tashkil topgan. Ko‘pincha kimyoviy elementlar murakkab hisoblanadi, ya’ni bir 
necha izotoplardan iboratdir. Element bu atomlarning ko‘rinishi bo‘lib, uning yadrosi, zaryadi 


mavjud. Yadro protonlardan iborat (musbat zaryadlangan zarrachalar) va zaryadlanmagan 
neytronlardan. 
Vinogradovning ma’lumotlarga ko‘ra, yer qobig‘ining tarkibiga quyidagi elementlar 
kiradi: kislorod (O), kremniy (Si), Alimyuniy (Al), Temir (Fe), Kaltsiy (Ca), Natriy 
(Na),Kaliy(K) va Magniy (Mg). Ushbu elementlar yer massasining 99%ini tashkil etadi. Yer 
qobig‘i faqat kislorod birikmalaridan iborat bo‘lib, ularning asosi Al, Sa, Mg, Na, K, Fe 
silikatlaridir. 
1. 
O - 47,2% 
2. 
Si - 27,6% 
3. 
Al - 8,3% 
4. 
Fe - 5,1% 
5. 
Sa - 3,6%) 
6. 
Na - 2,64%o 
7. 
K - 2,6% 
8. 
Mg - 2,1% 
9. 
Ti - 0,6% 
10. 
H-0,15% 
11. 
C-0,1% 
Xullas, 93 kimyoviy elementlardan (yer qobig‘idagi) 11 elementga yer massaning 
99,99%i, qolgan 82 elementga bor yo‘g‘i 0,01% to‘g‘ri kelar ekan. 

Download 195,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish