3-mа’ruzа. Yerning ichki tuzilishi, zichligi, harorati va radioktivligi. Yer qobig’ining kimyoviy va mineral tarkibi



Download 195,27 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana01.06.2022
Hajmi195,27 Kb.
#624319
  1   2   3   4
Bog'liq
3-Mavzu. (1)



 
3-mа’ruzа
.
Yerning ichki tuzilishi, zichligi, harorati va radioktivligi. Yer qobig’ining kimyoviy 
va mineral tarkibi. 
 
Rejа: 
1.
Yerning shakli va o’lchami va ichki tuzilishi. 
2.
Yerning tashqi va ichki geosferasi. 
3.
Yerning zichligi, harorativa radioktivligi. 
4.
Yer qobig’ining kimyoviy tarkibi va uning xususiyatlari. 
5.
Yerning mineralogik modeli
 
Tаyanch so’z va iborаlаr: 
Geoid, sferoid, fizik yuza, ellipsoid, qutb radiusi, ekvatorial 
radius, grаvitаtsiya, mаgmа, mаntiya, yadro, litosfera, troposfera, stratosfera, minerallar, tog 
jinslari, kimyoviy elementlar, yadro, proton, neytron, silikatlar, yer po’sti 
Geodezik o‘lchovlar shuni ko‘rsatadiki, yerning soddalashtirilgan shakli aylanma 
ellipsoidga yaqinroq ekan, ya’ni sferoidga. Qutb radiusi–R=6356,8km, ekvator - Re =6378,2km. 
Yerni o‘ta aniqlik bilan o‘lchanganda, uning shakli nihoyat murakkabligidan dalolat berdi. Bu 
xususiyatlar faqatgina yerga taaluqli bo‘lib, geoid deb nom olgan. Yerning ushbu shakli, dunyo 
ummoni yuzasining fikran davom ettirish usuli bilan olinishi mumkin (sathiy yuza). Faqatgina 
geoidning sathiy yuzasi topografiyada, geodeziyada, marksheyderiyada, absolyut balandliklarni 
hisoblashda asos sifatida olinadi. (3.1-rasm). 
3.1-rasm. Relef yuzasi (fizik yuza) -1, geoid yuzasi -2, sferoid yuzasi -3. 
Geoid va sferoidlarning yuzasi bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi va ularning o‘rtasidagi farq ± 
160m gacha bo‘ladi. Yerning yuzasi 70,8% suv bilan qoplangan, qolgan 29,2%ni quruqlik 
tashkil etadi. Quruqlikning eng yuqori absolyut balandlik nuqtasi (Himoloydagi Everest tog‘ 
tizmasi) 8848 m.ni tashkil etadi, Eng chuquri esa-11022m (Tinch okeanidagi Meriana botiqligi). 
Balandlik nuqtalarining farqi 20km atrofida. 
Yer - markaziy simmetriyasiga ega bo‘lgan qobiq bilan tuzilgan. Yerning barcha 
qobiqlari(geosferalar) o‘zining tarkibi, fizik xususiyatlari va holati bo‘yicha farqlanadi. Geosfera 
tashqi va ichki qobiqlarga bo‘linadi. Tashqi geosferani insonlar to‘lik bevosita o‘rganilsa bo‘ladi. 
Ichkilarni esa o‘rganish qiyin. Ularni geofizika fani usullari yordamida o‘rganish mumkin. 
Yerning tashqi qobig‘i bu - atmosfera, gidrosfera, biosfera. Bular bizni sayyoramizning
tarkibiy qismlari bo‘lib, quyosh tizimidagi boshqa sayyoralardan shu tarkibiy qism bilan 
farqlanadi. Yer atmosferasi — yer atrofidagi havo tarkibli bo‘lib, u yer bilan birga aylanadi. 
Atmosferaning og‘irligi 5,15- 1015 t. atrofida. Uning yer yuzidagi tarkibi: azot-78,1%; kislorod-
21%; argon-0,9%; is gazi - 0,03%; vodorod - 0,00005%; geliy - 0,005%; neon - 0,0018%; suv 
bug‘i - 0,05 dan 4% gacha. Atmosferadagi umumii suv hajmi 13000 km3 atrofida. 
Atmosferaning quyi qismi-troposfera o‘rtacha kengliklarda 8-12km balandlikkacha, ekvator 
ustida esa 17km gacha balandlikda. Atmosfera qatlamining 14km dan 50-55km gacha bo‘lgan 
qismi strotosfera deb ataladi. Strotosferada (30-55 km balandlikda) qalinligi 25-30km gacha 


bo‘lgan azon qatlami joylashgan bo‘lib, u quyoshning ultrabinafsha nurlardan yerdagi barcha 
tirik organizimlarni himoya qiladi. 
50-55km.dan yuqorida esa ionosfera joylashgan. Ushbu hududda ultrabinafsha nurlarning
ta’siri ostidagi ionlashgan havo bo‘lib, u elektr tokini o‘tkazish xususiyatiga ega. Atmosferaning 
ustki chegarasi 1300km balandlikda joylashgan. Undan yuqorisi esa sayyoralararo fazoviy 
bo‘liqqa tegishli muhitga ega. 
Gidrosfera - okeanlar, dengizlar, qit’a suvi va muzliklardan iborat. O‘rta qobiq sifatida - 
gidrosfera bilan bog‘langan yer osti suvlarini ko‘rsatish mumkin. Gidrosferaning umumiy 
og‘irligi 1644•1015 t, ya’ni u Yerning og‘irligidan 0,025% dan oshadi. 
Biosfera - tirik organizimlarning hayot faoliyati va yashash joyidir. U atmosferaning quyi 
qismini o‘z ichiga olgan bo‘lib, yer yuzasini eng ustki birinchi qobig‘i hisoblanadi. 
Yerning biomassasi, yer qobig‘i massasining 0,1% ini tashkil etadi. Bu o‘rtacha 2,4•1015 
t.ga teng. Biomassa quruqlikda notekis joylashgan bo‘lib, qutblardan ekvatorga qarab oshib 
boraveradi. Dunyo ummonining biomassasi, hisobiga 266 mlrd t. kislorod hosil bo‘ladi. Bundan 
ko‘rinib turibdiki, biosfera atrof muhitdagi eng muhim va kerakli qobiqlardan biridir. 
Tirik organizmlar uchun quyidagi faoliyat zarur: nafas olish, fotosintez, azotning 
o‘zlashtirilishi. Fotosintez jarayoni quyidagi sxema orqali o‘tkaziladi. 
[N2O→N++ON-; 
4ON→O2+2N2O; 6SO2+ 6N2O→S2N12O6+6O2]. 
U aylanma harakatga juda ko‘p og‘irlikdagi moddalarni jalb qilib, geokimyoviy 
jarayonlarning eng muhimi va keraklisidir. Organizmlarning geokimyoviy faoliyati masshtabi 
juda kattadir. Shunday qilib, har yilgi tirik organizmlarning faoliyati mahsuli 232,5 mlrd. t. 
quruq organik modda hisoblanadi. Bunda fotosintezga 46 mlrd. t. uglerod jalb qilinadi. 
Yer qatlamining faqat ustki qismi bevosita tadqiqotlar uchun qulay hisoblanadi va burg‘u 
quduqlar yordamida ochilgan tog‘ jinslari 12,5km chuqurlikdan oshmaydi. Yerning chuqur 
qatlamlarining tuzilishi geofizik usullar yordamida o‘rganiladi (seysmik va boshqa usullar). 
Yer sayyorasi geofizik tadqiqotlar asosida shartli ravishda 3 ta qobiqqa bo‘linadi: ustki 
qobiq, mantiya, yadro(markazda). Yer tuzilishining bu modeli seysmologlar X.Djefris, 
B.Gutenberg tomonidan XX asrning birinchi yarmida yaratilgan. 
1909-yilda yugoslaviyalik seysmolog A.Moxrovich yer qatlami va mantiya o‘rtasidagi 
chegarani aniqlagan. . 
Yangi seysmologik tadqiqotlar asosida yaratilgan (avstraliyalik seysmolog K.E.Bulen) 
erning so‘nggi modeli hozirgi kungacha foydalanilmoqda (3.2-rasm). Unga ko‘ra, er zonalarga 
bo‘lingan bo‘lib, A-yer qobig‘i; V-zonasi 33-413km.gacha bo‘lgan intervaldagi chuqurlik 
(yuqori mantiya); S- 413-984km (o‘tish zonasi); D- zonasi 984-2898 km(quyi mantiya); E-zonasi 
2898-4982 km (tashqi yadro); F-zonasi 4982-5121km (o‘tish zonasi); G- zonasi 5121-6371 km 
(ichki yadro). 

Download 195,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish