3-mа’ruzа
.
Yerning ichki tuzilishi, zichligi, harorati va radioktivligi. Yer qobig’ining kimyoviy
va mineral tarkibi.
Rejа:
1.
Yerning shakli va o’lchami va ichki tuzilishi.
2.
Yerning tashqi va ichki geosferasi.
3.
Yerning zichligi, harorativa radioktivligi.
4.
Yer qobig’ining kimyoviy tarkibi va uning xususiyatlari.
5.
Yerning mineralogik modeli
Tаyanch so’z va iborаlаr:
Geoid, sferoid, fizik yuza, ellipsoid, qutb radiusi, ekvatorial
radius, grаvitаtsiya, mаgmа, mаntiya, yadro, litosfera, troposfera,
stratosfera, minerallar, tog
jinslari, kimyoviy elementlar, yadro, proton, neytron, silikatlar, yer po’sti
Geodezik o‘lchovlar shuni ko‘rsatadiki, yerning soddalashtirilgan shakli aylanma
ellipsoidga yaqinroq ekan, ya’ni sferoidga. Qutb radiusi–R=6356,8km, ekvator - Re =6378,2km.
Yerni o‘ta aniqlik bilan o‘lchanganda, uning shakli nihoyat murakkabligidan dalolat berdi. Bu
xususiyatlar faqatgina yerga taaluqli bo‘lib, geoid deb nom olgan. Yerning ushbu shakli, dunyo
ummoni yuzasining fikran davom ettirish usuli bilan olinishi mumkin (sathiy yuza).
Faqatgina
geoidning sathiy yuzasi topografiyada, geodeziyada, marksheyderiyada, absolyut balandliklarni
hisoblashda asos sifatida olinadi. (3.1-rasm).
3.1-rasm. Relef yuzasi (fizik yuza) -1, geoid yuzasi -2, sferoid yuzasi -3.
Geoid va sferoidlarning yuzasi bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi va ularning o‘rtasidagi farq ±
160m gacha bo‘ladi. Yerning yuzasi 70,8%
suv bilan qoplangan, qolgan 29,2%ni quruqlik
tashkil etadi. Quruqlikning eng yuqori absolyut balandlik nuqtasi (Himoloydagi Everest tog‘
tizmasi) 8848 m.ni tashkil etadi, Eng chuquri esa-11022m (Tinch okeanidagi Meriana botiqligi).
Balandlik nuqtalarining farqi 20km atrofida.
Yer - markaziy simmetriyasiga ega bo‘lgan qobiq bilan tuzilgan. Yerning barcha
qobiqlari(geosferalar) o‘zining tarkibi, fizik xususiyatlari va holati bo‘yicha farqlanadi. Geosfera
tashqi va ichki qobiqlarga bo‘linadi. Tashqi geosferani insonlar to‘lik bevosita o‘rganilsa bo‘ladi.
Ichkilarni esa o‘rganish qiyin. Ularni geofizika fani usullari yordamida o‘rganish mumkin.
Yerning tashqi qobig‘i bu - atmosfera, gidrosfera, biosfera. Bular bizni
sayyoramizning
tarkibiy qismlari bo‘lib, quyosh tizimidagi boshqa sayyoralardan shu tarkibiy qism bilan
farqlanadi. Yer atmosferasi — yer atrofidagi havo tarkibli bo‘lib, u yer bilan birga aylanadi.
Atmosferaning og‘irligi 5,15- 1015 t. atrofida. Uning yer yuzidagi tarkibi: azot-78,1%; kislorod-
21%; argon-0,9%; is gazi - 0,03%; vodorod - 0,00005%; geliy - 0,005%; neon - 0,0018%; suv
bug‘i - 0,05 dan 4% gacha. Atmosferadagi umumii suv hajmi 13000 km3 atrofida.
Atmosferaning quyi qismi-troposfera o‘rtacha kengliklarda 8-12km balandlikkacha, ekvator
ustida esa 17km gacha balandlikda. Atmosfera qatlamining 14km dan 50-55km gacha bo‘lgan
qismi strotosfera deb ataladi. Strotosferada (30-55 km balandlikda) qalinligi 25-30km gacha
bo‘lgan azon qatlami joylashgan bo‘lib, u quyoshning ultrabinafsha
nurlardan yerdagi barcha
tirik organizimlarni himoya qiladi.
50-55km.dan yuqorida esa ionosfera joylashgan. Ushbu hududda ultrabinafsha nurlarning
ta’siri ostidagi ionlashgan havo bo‘lib, u elektr tokini o‘tkazish xususiyatiga ega. Atmosferaning
ustki chegarasi 1300km balandlikda joylashgan. Undan yuqorisi esa sayyoralararo fazoviy
bo‘liqqa tegishli muhitga ega.
Gidrosfera - okeanlar, dengizlar, qit’a suvi va muzliklardan iborat. O‘rta qobiq sifatida -
gidrosfera bilan bog‘langan yer osti suvlarini ko‘rsatish mumkin. Gidrosferaning umumiy
og‘irligi 1644•1015 t, ya’ni u Yerning og‘irligidan 0,025% dan oshadi.
Biosfera - tirik organizimlarning hayot faoliyati va yashash joyidir. U atmosferaning quyi
qismini o‘z ichiga olgan bo‘lib, yer yuzasini eng ustki birinchi qobig‘i hisoblanadi.
Yerning biomassasi, yer qobig‘i massasining 0,1% ini tashkil etadi. Bu o‘rtacha 2,4•1015
t.ga teng. Biomassa quruqlikda notekis joylashgan bo‘lib, qutblardan ekvatorga qarab oshib
boraveradi. Dunyo ummonining biomassasi, hisobiga 266 mlrd t. kislorod hosil bo‘ladi. Bundan
ko‘rinib turibdiki, biosfera atrof muhitdagi eng muhim va kerakli qobiqlardan biridir.
Tirik organizmlar uchun quyidagi faoliyat zarur:
nafas olish, fotosintez, azotning
o‘zlashtirilishi. Fotosintez jarayoni quyidagi sxema orqali o‘tkaziladi.
[N2O→N++ON-;
4ON→O2+2N2O; 6SO2+ 6N2O→S2N12O6+6O2].
U aylanma harakatga juda ko‘p og‘irlikdagi moddalarni jalb qilib, geokimyoviy
jarayonlarning eng muhimi va keraklisidir. Organizmlarning geokimyoviy
faoliyati masshtabi
juda kattadir. Shunday qilib, har yilgi tirik organizmlarning faoliyati mahsuli 232,5 mlrd. t.
quruq organik modda hisoblanadi. Bunda fotosintezga 46 mlrd. t. uglerod jalb qilinadi.
Yer qatlamining faqat ustki qismi bevosita tadqiqotlar uchun qulay hisoblanadi va burg‘u
quduqlar yordamida ochilgan tog‘ jinslari 12,5km chuqurlikdan oshmaydi. Yerning chuqur
qatlamlarining tuzilishi geofizik usullar yordamida o‘rganiladi (seysmik va boshqa usullar).
Yer sayyorasi geofizik tadqiqotlar asosida shartli ravishda 3 ta qobiqqa bo‘linadi: ustki
qobiq, mantiya, yadro(markazda). Yer tuzilishining bu modeli seysmologlar X.Djefris,
B.Gutenberg tomonidan XX asrning birinchi yarmida yaratilgan.
1909-yilda yugoslaviyalik seysmolog A.Moxrovich yer qatlami va mantiya o‘rtasidagi
chegarani aniqlagan. .
Yangi seysmologik tadqiqotlar asosida yaratilgan (avstraliyalik seysmolog K.E.Bulen)
erning so‘nggi modeli hozirgi kungacha foydalanilmoqda (3.2-rasm). Unga ko‘ra, er zonalarga
bo‘lingan bo‘lib, A-yer qobig‘i; V-zonasi 33-413km.gacha bo‘lgan intervaldagi chuqurlik
(yuqori mantiya); S- 413-984km (o‘tish zonasi); D- zonasi 984-2898 km(quyi mantiya);
E-zonasi
2898-4982 km (tashqi yadro); F-zonasi 4982-5121km (o‘tish zonasi); G- zonasi 5121-6371 km
(ichki yadro).