Iqtisodiy ob'ektlar o‘ta murakkab dinamik tizim hisoblanadi. Bu tizimlarning dinamik modelini tavsiflash uchun jamiyatda klassik iqtisodiy kategoriya bo‘lgan quyidagi asosiy zahiralar bilan chegaralanamiz: moddiy, energetika va axborot.
Tenglamalarni quyidagicha yozish mumkin:
Mo + Dm + UME + UMI + Ume = M, Eo + DE+ UEM + UEI + UYee = E, Io + DI + UIM +UiE + UIe = I.
bu yerda,
MO va M- mos ravishda boshlanich va to‘liq moddiy zahiralari;
DM- faoliyat ko‘rsatishda moddiy zahiralarning tizim ichidagi
nobudgarchiligini belgilovchi buzilish (parchalanish) potentsiali.
UMe, UMI - mos ravishda energetika va axborot zahiralarining tizim ichida moddiy zahiraga aylantirishni amalga oshirsa bo‘ladiganligini belgilovchi almashtirish potentsiallari;
UMe - moddiy zahiraning tashqaridan kelishini (UMe-musbat) yoki tashqariga uzatilishini (UMe - manfiy) belgilovchi tashqi muhit bilan almashish potentsiali.
EovaE- mos ravishda boshlanich va to‘liq energetika zahiralari;
DE - faoliyat ko‘rsatishda energetika zahiralarining tizim ichidagi nobudgarchiligini belgilovchi buzilishi (parchalanish) potentsiali;
UEM, UEI - mos ravishda moddiy va axborot zahiralarining tizim ichida energetika zahiraga aylantirishni belgilovchi almashtirish potentsiali;
UYee - energetika zahiraning tashqaridan kelishini (UYee - musbat) yoki tashqariga uzatilishini (UYee - manfiy) belgilovchi tashqi muhit bilan almashish potentsiali;
IovaI- mos ravishda boshlanich va to‘liq axborot zahiralari;
DI - faoliyat ko‘rsatishda axborot zahiralarining tizim ichidagi nobudgarchiligini belgilovchi buzilish (parchalanish) potentsiali;
UIM, UIE - mos ravishda moddiy va energetika zahiralarining tizim ichida axborot zahiraga aylantirishni belgilovchi almashtirish potentsiallari;
UIe - axborot zahiraning tashqaridan kelishini (musbat) yoki tashqariga uzatilishini (manfiy) belgilovchi tashqi muhit bilan almashish potentsiali;
Yuqorida keltirilgan tenglamalar faqat birgalikda ko‘rib chiqilgan holda iqtisodiy tizimning to‘liq dinamik modelini tashkil etadi.
Uchkomponentli vektor íUMe,UYee, UIeý metobolizm vektori (tashqi muhit bilan aloqa) deb yuritiladi. Agar í UMe, UYee, UIeý = 0, u holda iqtisodiy tizim yopiq hisoblanadi.