3-Ma’ruza mashg’uloti


-rasm. Boshqaruvning kibernetik modeli



Download 187,09 Kb.
bet2/8
Sana28.04.2022
Hajmi187,09 Kb.
#586339
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-Ma’ruza mashg’uloti

2.1-rasm. Boshqaruvning kibernetik modeli.


Korxona miqyosida bunga reja va turli xil ko‘rsatmalar qarorlar misol bo‘lishi mumkin. Agar aksincha, ma’lumotlar boshqariluvchi ob’ektdan boshqarish sub’ektiga yo‘naltirilsa, «teskari aloqa» deyiladi. Bunga ishlab chiqarilgan maxsulotlar miqdori va xokazo misol bo‘la oladi. 2.1-rasmda boshqaruvning kibernetik modeli keltirilgan.
Boshqarish jarayoni muayyan maqsadga erishishga yo‘naltirilgan. Shundan kelib chiqib boshqarish jarayonini boshqariladigan ob’ektdagi jarayonga muvofiq keluvchi maqsad va hajm o‘rtasidagi farqni kamaytirishga intilish sifatida ko‘rib chiqish mumkin.
Boshqarish jarayonida to‘g`ri va teskari aloqa kanallari bo‘yicha tizimning boshqaruvchi va boshqariluvchi qismlari o‘rtasida axborot almashinuvi kechadi. Oldiga qo‘yilgan maqsadlarni bajarish uchun tizimning boshqaruvchi qismi boshqariluvchi ob’ektga axborot uzatishning to‘g`ri kanali bo‘yicha boshqaruvchi ta’sirlar jo‘natadi. Teskari aloqa kanali bo‘yicha boshqariluvchi ob’ektdan boshqarish jarayoni holati va boshqaruvchi ta’sir bajarilishi natijalari haqida axborot kelib tushadi.
Demak, boshqarish mohiyatini boshqariluvchi ob’ektga boshqaruvchi ta’sir ko‘rinishida yetkaziluvchi qarorlar qabul qilish uchun barcha kelib tushuvchi axborotni tizimning boshqariluvchi qismida qayta ishlash, deb izohlash mumkin.
Bu tizim dinamik rivojlanuvchidir, chunki axborot o‘zgarishlarga uchraydi, uning tezligi iqtisodiy ob’ekt bajarayotgan vazifalarga bog`liq. Axborot tizimiga kiradigan ma’lumot sifatida axborotni shakllantiruvchi axborot manbalari va ma’lumotlarni yig`ish tizimi, ko‘rib chiqiladi. Chiqadigan axborot sifatida esa qarorlarni shakllantirish va qabul qilish, ya’ni axborotdan maqsadli ravishda foydalanish tizimi tahlil etiladi. Demak, axborot tizimi axborotni boshlang`ich yig`ish va undan ikkilamchi foydalanish tizimi bilan o‘zaro bog`liq.
Axborot tizimi boshqarish tizimining asosi sanaladi. Biroq butun boshqarish tizimi u bilan tugamaydi. Qarorlar qabul qilish ishlab chiqarishga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqarish tizimining boshqa tomonini tashkil etadi.
Axborot tizimi tushunchasi uzluksiz axborot tushunchasi va uning moddiy namoyon bo‘lishi bilan bog`liq. Bunda axborot tizimining ikki tomoni, ya’ni texnologik va mazmuniy jihatini farqlash lozim. Axborot tizimiga texnologik yondoshuv uni axborot protseduralarini(ma’lumot yig`ish, ro‘yhatga olish, uzatish, saqlash, jamlash, qayta ishlash va xakazolar) kompleks amalga oshirish bilan bog`liq boshqaruv jarayonlarining biri sifatida ko‘rib chiqishni ko‘zda tutadi. Protseduralarni bajarish tashkilotning asosiy faoliyatini amalga oshirish jarayonida ro‘y beradi. Boshqarishni avtomatlashtirish birinchi galda axborot protseduralarini bajarishga yo‘naltirilgan.
Axborot tizimiga mazmuniy yondoshuv u yoki bu tashkilotning funktsional vazifasi bilan bog`liq va aniq bir axborot birliklarining (rekvizit va ko‘rsatkichlar, massiv va oqimlar) tarkibi shu bilan belgilanadi. Hal qiluvchi axborot vazifalari doirasi va natijalar ro‘yxati axborot tizimining mazmuni bilan belgilanadi. Tashkilot axborot tizimining mazmunida, asosiy faoliyatida qanday rol o‘ynamasin, har bir tashkilotning tuzilishi va har bir bo‘linma faoliyatining yo‘nalishi aks etadi.
Axborot tizimlariga texnologik yondoshuv axborotni protseduralar ob’ekti sifatida ko‘rib chiqishga imkon beradi, mazmuniy yondoshuv esa axborotning ma’naviy tahlili, uning qiymatini belgilaydi.
Boshqaruv tizimining pog`analiligi. Odatda istalgan tashkilot bir necha ob’ektlardan iborat murakkab kompleks bo‘lib, ularning o‘zi ham boshqaruv jarayoni va qismlaridan tashkil topgan. Shu bois ham kompleksning kelishilgan holda ishlashi uchun qo‘shimcha boshqarish qismi kiritiladi. U boshqa boshqarish qismlari va boshqariluvchi jarayonlar (lokal boshqarish tizimlari kabi) harakatlarini muvofiqlashtiradi, ular faoliyatini kompleksning umumiy maqsadlarini bajarishga yo‘naltiradi. Ancha murakkab tuzilishli boshqaruvchi jarayonda boshqarish qismi ko‘p darajali tuzilmaga ega bo‘lishi mumkin. Bu ko‘plab boshqaruv tizimlari
uchun xos xususiyat.
Odatda ob’ektning boshqarish qismida boshqarishning oliy, o‘rta, quyi darajasi farqlanadi (4.5-rasm). Ulardan har biri o‘z funktsiyalari to‘plami, kompetentsiya darajasi bilan izohlanadi va tegishli axborotga muhtoj bo‘ladi.




Download 187,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish