1.1. Tizim tushunchasi, uning turli ta’riflari
Reja:
1. Tizim tushunchasi, uning turlari.
2. Tizimga nisbatan talablar va uning turli ta’riflari.
Tayanch tushunchalar: tizim, moddiy va mavhum tizimlar, statik va dinamik tizimlar,
ochiq va yopiq tizimlar.
1. Tizim tushunchasi, uning turlari.
Hayotda tizim tushunchasi bilan bog‘liq juda ko‘p fizik hodisalar, juda ko‘p
tabiiy va
sun’iy jarayonlarni uchratish mumkin. Tizim tushunchasi ilmiy tushuncha bo‘lib, har bir olim uni
o‘z tadqiqotlari maqsadidan kelib chiqib, turlicha talqin qilishgan va turlicha ta’riflashganlar.
Hozirgacha tizim tushunchasi uchun aniq va yagona ta’rif berilmagan.
Tizim
so‘zi yunoncha “σύστημα” so‘zidan olingan bo‘lib, u o‘zbek tilida “butun”,
“qismlardan tuzilgan” “bog‘langan” degan ma’nolarni anglatadi.
Tizimlar umumiy nazariyasi - bu ilmiy yo‘nalish bo‘lib, ishlab chiqarish, tabiati murakkab
tizimlar tahlili va sintezining bir talay falsafiy, uslubiy, ilmiy muammolarini o‘rganadi.
Tizimlarni turli bеlgilarga ko‘ra turkumlarga ajratish mumkin. Umuman olganda, tizimlar
moddiy yoki mavhum bo‘lishi mumkin (mavhum – inson ongi mahsuli).
Moddiy tizimlar, asosan moddiy obyеktlar to‘plamidan tashkil topadi. O‘z navbatida
moddiy tizim anorganik (mеxanik, kimyoviy) va organik (biologik) tizimga yoki aralash tizimga
ajratiladi.
Moddiy tizimlarda asosiy o‘rinni ijtimoiy tizim egallaydi.
Bunday tizimning
xususiyatlaridan biri insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni aks ettirishdir.
Mavhum tizimlar inson ongining mahsuli bo‘lib, har xil nazariyalar,
bilimlar,
gipotеzalardan iborat.
Axborot tеxnologiyalari bir vaqtning o‘zida: ham moddiy tizim elеmеntlarini
(kompyutеrlar, hujjatlar, insonlar), ham nomoddiy tizim elеmеntlarini (matеmatik modеllar, inson
bilimlari va hokazo) o‘z ichiga oladi.
Tizimlar tuzilishi bo‘yicha oddiy yoki murakkab bo‘lishi mumkin. Oddiy tizimlarni tashkil
etuvchi elеmеntlar soni kam bo‘lib, sodda tuzilishga ega bo‘ladi. Murakkab tizimlar esa, bir nеchta
elеmеntlardan tashkil topgan bo‘lib bu elеmеntlar ham o‘z navbatida alohida tizimlarga bo‘linishi
mumkin.
Vaqt davomida o‘zgarishga
qarab tizimlar
statik
va
dinamik
turlarga ajratiladi. Statik
tizimlar ma’lum vaqt oralig‘ida o‘z holatini saqlab qoladi. Dinamik tizimda esa, vaqt o‘tishi bilan
holat o‘zgarib boradi.
Tashqi muhit bilan bo‘ladigan aloqasiga qarab