2. Topografik usul. Bu usul ham guruh usulining ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, qo‘yidagi xollarda qo‘llaniladi: guruh usulida keltirilgan baxtsiz hodisalar haqidagi ma’lumotlarni har xil shartli belgilar bilan belgilab (masalan, H-I), ish uchastkalarining rejasida baxtsiz hodisa yuz byergan joylarga qo‘yib chiqiladi. Bu usulda ma’lum ish uchastkalarida baxtsiz hodisalarning takrorlanishi haqida ko‘rgazmali ma’lumot olinadi.
Har qanday statistik tekshirish kabi, bu usul bilan baxtsiz hodisalarni tahlil qilishda ham olingan material, asosan baxtsiz hodisa xaqida tuzilgan H-I formadagi akt har tomonlama o‘rganiladi.
3. Monografik usul. Bu usulning mohiyati shundaki, baxtsiz hodisa yuz byergan ayrimssex, uchastka yoki ishlab chiqarish xonasi chuqur va har tomonlama o‘rganiladi. Asosiy diqqat-e’tibor texnologik jarayonlarning cheklanishi, ayrim ish usullari, ishlab chiqarishning xavfli lahzalari va sanitariya-gigiyenik mehnat sharoitiga qaratilishi kerak. Bu usulda korxonalarda ruy byergan baxtsiz hodisalar, avariyalar va kasb kasalliklarining sabablari aniqlanadi va o‘rganiladi.
Xuddi shunday tahlillar turdosh korxonalar bo’yicha ham o‘tkaziladi.
4. Ergonomik usul. Bu usulda mehnat turlarining o‘ziga xos tomonlari ergonomik omillarning mehnat xavfsizligiga ta’sir darajasi baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |