3 ma’ruza. Biologiyа o’qitish metodikasining rivojlanish tarixi. Reja O’zbekistonda tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi


Respublikamiz mustaqillikga erishganidan keyingi



Download 13,38 Kb.
bet2/4
Sana29.09.2022
Hajmi13,38 Kb.
#850772
1   2   3   4
Bog'liq
3 ma’ruza. Biologiyа o’qitish metodikasining rivojlanish tarixi-fayllar.org

Respublikamiz mustaqillikga erishganidan keyingi; 1991 yil Respublikamiz mustaqillikga erishgach barcha jabhalarda kuchli o’zgarishlar bo’la boshladi. Jumladan maorif sohasi ham tubdan yangilandi. Mustaqillik yillarida 1- ta’lim to’g’risidagi qonun – 1992 yil yaratildi. U 5 ta bob 37 ta moddadan iboratdir. 2- ta’lim to’g’risidagi qonun 1997 yil 29 avgustga chiqarildi. Unda 5 ta bob va 34 ta modda mavjud. “Kadrlar tayyorlash” milliy dasturi 29 avgust 1997 yil O’zbekiston Respublikasi qonuni bilan tasdiqlandi. Mustaqil Respublikamiz yoshlarini o’qitish va tarbiyalash ishlari ana shu qonunlar asosida olib borilmoqda. Mustaqil Respublikamizning mohir uslubchi olimlari maktabi shakillandi. Ulardan L.T.Gafurov, S.K.Habirova, K.Samadov, G.S.Noga, Ye.Belskaya, A.Qodirov, X.Shokirov kabi metodistlar yuqoridagi ko’rsatilgan masalalar yo’zasidan bir qator tadqiqot ishlari natijalariga asoslanib, biologiya ta'limining umumiy va xususiy masalalariga bagishlangan qarator qo’llanmalarni bosmadan chiqarishdi. Bu davrda Moskva va Peterburg metodistlari biologiya o’qitish saviyasini oshirish, uning ta’lim va tarbiyaviy ahamiyatini ochib berishga xarakat qildilar. 1920-1930 yillar mobaynida biologiya o’qitishning asosiy muammosi bo’lib nazariya va amaliyotning birligini joriy etish hisoblanadi. Buni amalga oshirish uchun bilimlar va ko’nikmalar ya’ni o’quv materiali o’quv fanlarga taqsimlanmay, balki yil fasllarini e’tiborga olib dolzarb mavzularga, masalan “Tabiat”, “Qishloq bilan shaharning bog’liqligi”, “Yerdagi hayot va hayotiy jarayonlarning fizik-ximik asoslari”, “Ekish va o’simliklarni parvarishlash” kabi mavzularga taqsimlangan edi. Bunday majmuaviy dasturlar tabiiy ravishda o’quvchilarga sistemali bilim bera olmas edi, shunga ko’ra o’quv materialini laboratoriya metodi asosida o’rganish targ’ib qilina boshlandi. Natijada o’quvchilar sinf darslari o’rniga tabiatni kuzatish, tajriba o’tkazish bilan shug’ullana boshladilar

. Laboratoriya metodi o’quv dasturining asosiy maqsadi mehnat, tabiat va jamiyat kompleksni o’rganishdan iborat bo’lgan. Bu kompleks o’quv dasturlari maktablarda o’qitiladigan o’quv fanlari orasidagi to’siqni bartaraf qilishga qaratilgan edi. Lekin bunday kompleks o’quv dasturlari o’quvchilarga sistemali bilimlar bera olmasligi tezda ma’lum bo’lib qoldi. Shuning uchun 1931 yildan boshlab xukumat qarori bilan boshlang’ich va o’rta maktab isloh qilindi va ta’lim berishning asosiy tashkiliy shakli dars bo’lishi lozimligi o’qtirildi. Shu paytdan boshlab maktablarda botanika, zoologiya, odam anatomiyasi, fiziologiyasi, darvinizm o’quv fanlari maktab rejasiga kiritildi va ana shu o’quv fanlar bo’yicha o’quv dasturlari va darsliklari yaratildi, hamda maktab hayotiga joriy etildi. Biroq 1964 yilga qadar maktab darsliklaridagi bilimlar biologiya fanining 1930-40 yillaridagi rivojlanish holatini yoritib keldi. Vaholanki didaktikaning ilmiylik prinsipiga ko’ra maktab o’quv fanlari o’z mazmuniga ko’ra fanning keyingi yutuqlarini o’zida ifoda qilishi lozim edi. Rossiya va O’zbekistonda chiqarilgan biologiya darsliklarining biologiya fani yutuqlaridan orqada qolganligiga asosiy sabab shuki 1935-65 yillar mobaynida biologiya fanida qattiq g’oyaviy kurash davom etdi. Akademik T.D.Lisenko boshliq bir guruh olimlar chet mamlakatlarda qo’lga kiritilgan fan yutuqlarini tan olmadilar va ularni burjua olimlarining kashfiyotlari, ular g’oyaviy jihatdan bizning dunyoqarashlarimizga zid degan bahona bilan biologiya fanining so’nggi yutuqlarini darslik saxifalaridan o’rin olishiga to’sqinlik qildilar. Faqat 1964 yil oktyabrь oyida akademik Lisenko shaxsiga sig’inish barbod bo’lganidan keyin maktabdagi barcha biologik dastur va botanika, zoologiya, odam anatomiyasi, fiziologiyasi, biologiya darsliklari mazmuniga genetika, ekologiya, sitologiya, bioximiya, molekulyar biologiya va shu kabi fanlarning so’nggi yutuqlari kiritildi. Yangi darslik bilan birga ularning o’qitish metodikasiga oid qo’llanmalar ham nashr qilindi. Bular qatoriga prof. P.I.Borovitskiy tahriri ostida chiqqan “Biologiya o’qitish metodikasi” M.1962, prof.B.V.Vsesvyatskiyning Biologiyaning umumiy o’qitish metodikasi” M.1960, N.M.Verzilin va V.M.Korsunskayalarning “Biologiya o’qitishning umumiy metodikasi” M.1983, prof. I.N.Ponamaryova taxriri ostida nashr qilingan “Biologiya o’qitishning umumiy metodikasi” M.2003 kabilarni kiritish mumkin.


Download 13,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish