3-ma’ruza arifmetik amallami o’rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanish Reja



Download 0,49 Mb.
bet3/6
Sana07.03.2022
Hajmi0,49 Mb.
#485780
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-1 mavzu arifmetik amallar

Dars ishlanmalaridan namunalar:
Darsning texnologik xaritasi
Mavzu: 60+40, 90-50 ko’rinishidagi misollarni еchish
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Qo’shish, ayirish, qo’shni sonlar
Mavzuga ajratilgan vaqt: 45 daqiqa
Mavzuning qisqacha Ta’rifi: 1-sinfda o’tilgan materiallarni takrorlash vaumumlashtirish
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
Dars turi: o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalarini umumlashtiruvchi dars.
Metod: Evristik, kommunikatsion metodlardan foydalanish.
Shakl: Jamoa, guruh bilan va har bir o’quvchi bilan ishlash, qiziqarli o’yin.
Jihoz: 2-sinf matematika darsligi, mavzu asosida tayyorlangan slayd, ko’rgazmali materiallar.
Nazorat: Og’zaki nazorat, savol-javob, kuzatish, o’zini-o’zi nazorat qilish.
Baholash: O’quvchilar 5 ballik reyting tizimida baholanadi.
Darsning maqsad va vazifalari
Maqsadlar:
Ta’limiy: O’quvchilarning 1-sinfda olgan bilimlarini esga solish va takrorlash, 60+40, 90-50 ko’rinishidagi misollarni еchishga o’rgatish
Tarbiyaviy: Har bir matematik muommolarni ahillik, birodarlik, hamjihatlik, hozirjavoblik bilan bajarish fazilatlarini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: Matematik topshiriqlarni bajarish orqali o’quvchilarning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.
Kutilayotgan natija:
Dars yakunida o’quvchilar 1-sinfda olgan bilimlarini mustahkamlaydilar.
Mantiqiy fikrlashga o’rganadilar.
Dars jarayoni va texnologiyasi
Ishning nomi
Bajariladigan ish nomi Metod Vaqt
1-bosqich.
Tashkiliy qism(Reflektsiya)
Ehtiyojlarni aniqlash
O’quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.Ma‘naviyat daqiqasi o’tkaziladi.
Dars davomida rioya qilinishi lozim bo’lgan qoidalar belgilanadi.
Dars shiori ishlab chiqiladi.Suhbat 2 daqiqa
2 daqiqa2-bosqich.
O’tilgan mavzuni mustahkamlash 3-bosqich.
Yangi mavzu bayoni.
1. a) Uy vazifasini tekshirish.
b) O’tilgan mavzuni mustahkamlash.
Savol -javob
(tarqatma materiallar asosida)3 daqiqa5 daqiqa
1-misol og’zaki usulda bajariladi. Buеrda sonlar berilgan bo’lib, ularning qo’shnilarini topish kerak bo’ladi.
1)0, 12, 14, 16, 18, 20 sonlaridan oldin,
2)1, 13, 15, 17, 19 sonlaridan keyin keladigan qo’shni sonlarni topadilar.
2-masala: Rasm asosida masala tuzib, doskada yozma tarzda bajariladi.
3- masala: Berilgan masalani qisqa sharti tuzilib, doskada yozma tarzda ishlanadi.
4-misol doskada bajariladi.
Dam olish daqiqasi o’tkaziladi.
5-topshiriqda berilgan shakllarning bir so’z bilan aytilishini so’raladi.
Tushuntirish.Muommoli izlanish.
5 daqiqa
3 daqiqa
4 daqiqa
4 daqiqa
4 daqiqa
3 daqiqa
1 daqiqa
2 daqiqa
4-bosqich.Mustahkamlash
Boshqotirma. Kvadrat qismlaridan shakllar yasash.Muommoliizlanish.
3 daqiqa 5-bosqich.
Baholash.
1. O’quvchilarning darsda ishtiroki hisobga olinib, olgan baholari e‘lon qilinadi.
2. Dars yakunlanadi.
1 daqiqa
1 daqiqa
6-bosqich.
Uyga vazifa
6-va 7-misol beriladi.
Uyga vazifani o’quvchilarga tushuntirib beriladi.
Tushuntirish 2 daqiqa
Darsning borishi: I, II, III–bosqichlar texnologik xarita asosida tashkil etiladi.
Mavzuga doir kalik so’zlarning inglizcha tarjimasi beriladi.
Word keys:
1. Qo’shish- plus
2. Tekshirishish-check
3. Natija-result
4. To’g’ri javob- correct answer
IV–bosqichda yangi mavzu bayon etiladi.
Matematika darsligi va undagi shartli belgilar bilan tanishtiriladi. 1-sinf matematika darslarida nimalar o’rganilganligi va 2-sinfda nimalar o’tilishi yuzasidan suhbat o’tkaziladi.
1-misolni еchishda ”Qo’shnisini top” o’yinidan foydalanadi. O’yin quyidagicha tashkil etiladi. Doskaga 6 ta o’quvchi chaqiriladi va qo’llariga 10, 12, 14, 16, 18, 20 sonlari beriladi, ular o’sib borish tartibida joylashadilar. Stol ustida 11, 13, 15, 17, 19 sonlari qo’yilgan bo’ladi. ‖Sonlardan oldin keladigan qo’shni sonlarni toping‖,- topshirig’i berilganda o’quvchilar stol ustidagi sonlarni navbati bilan olib sonlar orasidagi o’rinlarini topib joylashadilar. Topshiriq bajarib bo’lingandan keyin o’qituvchi o’quvchilar bilan birgalikda to’g’ri bajarilganini tekshiradilar. Shundan keyin yana doskaga 6 ta o’quvchi chaqiriladi va qo’llariga 11, 13, 15, 17, 19 sonlari beriladi va shart quyidagicha o’zgartiriladi. ‖Sonlardan bitta keyin keladigan qo’shni sonlarni toping‖,- topshirig’i berilganda endi o’quvchilar stol ustida qo’yilgan 10, 12, 14, 16, 18, 20 sonlaridan bittadan olib sonlar orasidagi o’rinlarini topib joylashadilar. Topshiriq bajarib bo’lingandan keyin o’qituvchi o’quvchilar bilan birgalikda to’g’ri bajarilganini tekshiradi.
O’quvchilar o’yin natijasiga ko’ra rag’batlantiriladi.2- masalada rasm asosida masala tuzib, uni еchadilar.
1- qatorda–6 ta doppi
2- qatorda-?,4 ta ortiq
Yechish: 6 + 4 = 10 (ta)
Javob: 2-qatorda 10 ta do’ppi bor.
3- Masalada berilgan masalaning qisqa shartini tuzish uchun qanday ma‘lumotlar berilgani so’raladi. Masalada nimalar ma‘lum va nimalar noma‘lumligi aniqlanadi. Shu ma‘lumotlar asosida qisqa shart tuzish tushuntiriladi.
Qiz bolalar – 17 nafar
32 nafar
O’g’il bolalar - ?, nafar
Yechish: 32-17=15 (nafar)
Javob: o’g’il o’quvchilar 15 nafar.
4-misolni o’quvchilar tartib bilan doskada bajaradilar. O’qituvchi nazorat qilib boradi.
Dam olish daqiqasi o’tkaziladi.
O’qi, o’rgan, mehnat qil,
Harakat qil mustaqil.
Bu еrda senga ta‘lim
Berar uztoz, muallim.
V. O’tilgan mavzuni mustahkamlash.
5-topshiriqda shakllarni bir nom bilan qanday atalishi so’raladi.
Bular bir nom bilan ko’pburchaklar deyiladi. Ko’pburchaklar haqida 1-sinfda olgan bilimlarini takrorlaydilar.



Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish