5. Videomonitorga (videoterminalga — VDT) qo'yiladigan talablar 5.1. Videomonitor quyidagi talablarga javob berishi kerak: — ekranning nurlanish ravshanligi 100 Kd m2.dan kam bo'lmasligi; — yoritilayotgan nuqtaning eng kichik o'lchami monoxronli displey uchun 0,4 mm va rangli displey uchun 0,6 mm. dan katta bo'lmasligi; — belgi tasvirining keskin farq qilishi 0,8 mm. dan kichik bo'lmasligi; .... — pozitiv keskin farq qiluvchi ishlarda tasvirlash regenerasiyasining chastotasi, taktning ishlash tartibi 72 Gs. dan kam bo'lmasligi; — ekran yuzasi xiralanishdan saqlovchi qoplamaga ega bo'lishi; — ishlovchi ko'zidan ekrangacha bo'lgan oraliq 80 sm chegarasida bo'lishi; — tasviming past chastotasi 0,05—1,0 Gs, titrashi 0,1 mm chegarasida bo'lishi; — ekran o'lchami diagonali bo'yicha 31 sm. dan, ekrandagi belgining balandligi 38 mm. dan kam bo'lmasligi lozim. 5.2. Klavishlarning diametri 10 —19 mm chegarasida, qarshiligi 0,25 — 1,5 N. Klavish yuzasi botiq, ular oralig'i 3 mm. dan kam bo'lmasligi, klaviatura qiyaligi 10—15° chegarasida bo'lishi lozim.
Xulosa
Bugungi kunimizni biz kompyuterlarsiz , reklamalarsiz tasavvur eta olmaymiz.Hozirgi rivojlangan jamiyatda yashar ekanmiz, biz barchamiz zamon talabi darajasida kompyuter va kompyuter texnikasidan foydalana olish qobiliyatiga ega bo’lishligimiz talab etiladi. Rivojlangan jamiyatni esa kompyuterlarsiz tasavvur etib bo’lmaydi.
Elеktron kommunikatsiyalarning zamonaviy tеxnologiyalari kеyingi paytlarda ishbilarmonlarga aloqa kanallari buyicha axborotning turlicha ko‘rinishlari (masalan: faks, vidеo, kompyutеrli, nutqli axborotlar)ni uzatishda ko‘pgina imkoniyatlar yaratib bеrmokda.
Zamonaviy ofis bugungi kunda aloqa vositalari va tashkiliy tеxnika bilan xaddan tashkari tuldirib yuborilgan va ularga tеlеfon, faks, avtojavob apparati, modеm, skanеr, shaxsiy kompyutеr va x.k. kiradi. Zamonaviy tеxnika uchun axborot-kommunikatsiyalar tеxnologiyasi — kompyutеrlar tеlеfoniyasi rivojlanishi bilan katta turtki bеrildi.
Shaxsiy kоmрyuterlarni fan va texnika, ishlab chiqarishning turli tarmоqlarida qo’llash amalieoti shuni ko’rsatdiki, hisоblash texnikasini tatbiq qilishda alоhida shaxsiy kоmрyuter emas, balki mahalliy hisоb-lash tarmоqlari ko’рrоq samara beradi.
Shunday ekan biz yoshlar barchamiz kompyuterlar haqidagi bilimlarimizni chuqurlashtirishimiz kerak. Lokal kompyuter tarmoqlari jamiyatimiz uchun juda muhim ekanligini anglagan holda uni chuqur o’rganishimiz kerak.
Men ushbu bitiruv malakaviy ishimda Lokal kompyuter tarmoqlari va ularni tashkil etishning xususiyatlari haqida batafsil ma’lumotlarni keltirib o’tishni maqsad qilib qo’yganman. Shuningdek tarmoqlarning tasniflanishi,afzalliklari va kamchiliklari, uni tashkil etishning xususiyatlari haqidagi batafsil ma’lumotlarni yoritib o’tdim.
Ushbu bitiruv malakaviy ishimdning xavfsizlik texnikasi qoidalari qismida kompyuterda ishlashning texnika va yong’in xavfsizligi qoidalari haqidagi batafsil ma‘lumotlar bayon qilingan. Bitiruv malakaviy ishini yoritishda bir qancha qo’shimcha adabiyotlardan foydalandim. BMI ning mexnat muxofazasi qismida kompyuter va boshqa orgtexnika vositalaridan foydalanishda xavfsizlik texnikasi qoidalari xaqida bayon etilgan. Xususan Elektr xavfsizligini ta'minlash, Yong’in xavfsizligi va bosh xavfsizlik texnikasi qoidalari aytib o’tilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |