O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
IQTISODIYOT (TARMOQLAR VA SOHALAR BO‘YICHA) MUTAXASSISLIGI
SIRTQI (MAXSUS SIRTQI) BO‘LIMI
3-KURS 211/1-GURUH TALABASI
XUDAYBERGANOV IZZATBEK ALLABERGANOVICHNING
“Matematik dasturlash” fanidan
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Iste’molchilar tanlovini modellashtirish
Topshirdi: I.Xudayberganov
Qabul qildi: __________________
Urganch 2023
Iste’molchilar tanlovini modellashtirish
Reja:
1. Iste’molchining tanlash erkinligi
2. Iste’molchi naflik funksiyasini maksimallashtirish
3. Befarqlik egri chiziqlari va byudjet chegarasi
1. Iste’molchining tanlash erkinligi
Iste’molchi tanlovi. Bozor talabining shakllanishi asosida shaxsiy (individual) talab yotadi, ya’ni alohida iste’molchining talabi, har bir shaxs o‘zining fiziologik ehtiyojlarini qondirish uchun qandaydir mahsulotdan, qanchadir sotib olishi kerak, sotib olish uchun ma’lum miqdorda mablag‘i bo‘lishi kerak. Iste’molchining mablag‘i chegaralangan. Iste’molchi har doim tanlov oldida turadi: qaysi mahsulotdan qancha olishi kerak? Iste’molchi qaror qabul qilishda, mavjud imkoniyat doirasida maksimal darajada o‘z ehtiyojini qondirishga, turmush farovonligini darajasini oshirishga harakat qiladi. Ushbu ehtiyojni qondirish darajasi yoki turmush farovonligi darajasi naflik deyiladi.
Har qanday narx iste’molchi uchun to`siq vazifasini o`taydi. Iste’molchilar ma’lum bir tovarni uning narxi past bo`lsa, ko`proq sotib ola boshlaydi. Boshqacha aytganda, yuqori narx iste’molchining xarid qilish istagini so`ndiradi, past narx esa bu istakni kuchaytiradi. Real iqtisodiy hayotda ba’zan bu qoidaga zid bo`lgan, ya’ni ayrim tovar narxining o`sishi bilan unga bo`lgan talab miqdorining yanada ortishi holati ham uchraydi. Bu holat Giffen samarasi deb ataladi.
Tovar narxining pasayishi iste’molchi pul daromadlarining xarid quvvatini oshiradi, buning natijasida u oldingiga ko`ra ko`proq tovar sotib olish imkoniiga ega bo`ladi. Bunday holatga almashuv samarasining amal qilishi deyiladi. Almashuv samarasi – muayyan tovar narxining pasayishi bilan boshqa tovarlar narxining nisbatan qimmatlashuvi natijasida ular iste’molini arzon tovar hisobiga almashtirish imkonining paydo bo`lishidir.
Keying qo`shilgan miqdor nafliligining pasayib borish qonunining amal qilishi. Ma’lumki, tovarlar o`zida qandaydir naflikni mujassamlashtirgani uchun xarid etiladi va iste’mol qilinadi. Tovarning turli miqdorlari iste’mol qilinganda, ular keltiruvchi umumiy naflilik oshsa-da, keying qo`shilgan birlik naf pasayib boorish tendensiyasiga ega bo`ladi. Shunga ko`ra, tovarning navbatdagi birligini sotib olish, uning narxi pasaygan taqdirdagina nafli hisoblanadi.
Agar naflilikka istе’molchi o’lchami bilan qaralsa, u istе’molchining biron-bir nе’matni istе’mol qilishidan olinadigan qoniqishni anglatadi. Istе’molchi tomonidan o’zi uchun turli tovarlarning naflilik darajasining baholanishi istе’molchining afzal ko’rishi dеyiladi. Naflilik funktsiyasi ma’lum miqdordagi tovarlarga boshqa bir miqdordagi tovarlarni taqqoslashni bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |