Ne’matning nafligi - ne’matning inson ehtiyojini qondira olish xususiyatidir. Iste’mol nazariyasida ne’mat - bu iste’molchining ehtiyojini qondira oladigan har qanday iste’mol obyektidir.
Ko‘p hollarda ne’matlar yakka tartibda emas, balki majmua tartibda yoki «korzina» bilan iste’mol qilinadi.
Ma’lumki, iste’molchilar ma’lum didga, xohishga ega va ular bu xohish va didlarini qanoatlantirishda byudjetlari (daromadlari) bilan chegaralangan. Bunday holatda ular ne’matlar majmualaridan, maksimal naf keltiradigan majmuani tanlashga harakat qiladi.
Iste’mol nazariyasi quyidagi postulatlarga asoslanadi:
1. Iste’molchilar barcha ne’matlarni klassifikatsiya qiladi va bir-biri bilan solishtira oladi. Boshqacha aytganda, iste’molchi ikkita va ne’matlar majmualaridan majmuani ga nisbatan ko‘proq xohlashi yoki majmuani ga nisbatan ko‘proq xohlashi yoki ikkalasini ham naflik darajasi bir xil deb, qarashi mumkin: agar majmua majmuaga nisbatan nafliroq bo‘lsa, . majmua ga nisbatan nafliroq bo‘lsa, . Ikkalasi ham bir xil darajadagi nafga ega bo‘lsa .
SHuni ta’kidlash kerakki, bu tanlash majmualar qiymatiga bog‘liq emas. Iste’molchi apelsinni limonga nisbatan ko‘proq xohlashi mumkin, lekin limon arzonroq bo‘lgani uchun, iste’molchi limonni sotib oladi.
2. Iste’molchi xohishi tranzitivdir. Agar iste’molchi majmuani ga nisbatan ko‘proq xohlasa va majmuani majmuadan ko‘ra ko‘proq xohlasa, unda u majmuani majmuaga nisbatan ko‘proq xohlagan bo‘ladi, ya’ni:
3. To‘yinmaslik. Iste’molchi har doim har bir ne’matning kamroq qismidan ko‘ra, ko‘proq qismini olishni xohlaydi (bu shart hayotda har doim ham bajarilavermaydi).
Naflilikni mutlaq ko’rsatkichlarda o’lchashning ahamiyati bo’lmay, istе’molchi tanlovini naflilik darajasining kеtma-kеt joylashuvi bilan izohlash mumkin. Bir to’plamdagi tovarlar nafliligi boshqasidan qay darajada afzalligini ko’rsatib bеrish mumkin emas. Naflilik funktsiyasi istе’mol qilinayotgan tovarlar(X,Y)dan olinayotgan naflilikning hosilasini ifodalaydi: U(X,Y) XY .
So’nggi qo’shilgan naflilik – muayyan nе’matning navbatdagi birligini istе’mol qilishdan olingan qo’shimcha naflilikdir. So’nggi qo’shilgan naflilik umumiy naflilikning o’sgan qismidan iborat ekan, u naflilik funktsiyasining hosilasi hisoblanadi. Muayyan ehtiyojni qondiruvchi har bir navbatdagi nе’mat oldingisiga qaraganda kamroq naflilikka ega bo’ladi. Nе’matlarning chеklangan miqdori sharoitida esa doimo ehtiyojni eng kam darajada qondiruvchi «so’nggi nusxasi» mavjud bo’ladi.
Istе’molchi tovarlarning turli to’plamini xarid qilishda doimo naflilikni maksimallashtirish qoidasiga amal qiladi. Bu qoidaning mazmuni quyidagicha bayon etiladi: istе’molchi o’zining daromadini shunday sarflashi kеrakki, daromad to’liq sarflangan holatda tovarni xarid qilishdan olingan so’nggi qo’shilgan naflilikning tovar narxiga nisbati barcha tovarlar uchun bir xil qiymatga ega bo’lishi lozim. ya’ni: bu yerda: MU – X va Y tovarlarning so’nggi qo’shilgan nafliligi; P – ularning narxi.
Do'stlaringiz bilan baham: |