5.Korxonada axborot tizimini rivojlantirish istiqbollari Respublika bank tizimida yuqorida qayd etilganlarning joriy qilinishi tizim a’zolari hisoblangan banklar, shuningdek, tizim foydalanuvchilari bo‘lgan, mablag‘larni to‘lovchilar va mablag‘larni oluvchilar uchun quyidagi afzalliklarni yuzaga keltiradi:
zamonaviy bank axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini to‘laqonli shakllanishiga imkon yaratadi;
to‘lovlarni amalga oshirishning uzluksizligini va shaffofligini ta’minlaydi;
tijorat banklari o‘rtasidagi vakillik hisobvaraqlari doirasidagi hisob-kitoblarni optimallashtirilishi va jadallashtirilishiga imkon yaratadi;
mablag‘larni to‘lovchi va mablag‘larni oluvchilar o‘rtasidagi hisob-kitoblarning real vaqt rejimida amalga oshirilishi orqali to‘lovlarning aniqlik va ishonchlilik darajasi oshirilishini ta’minlaydi;
tijorat banklari uchun tizim xarajatlarining kamayishiga olib keladi hamda vakillik hisobvaraqlaridagi bo‘sh pul mablag‘laridan oqilona va samarali foydalanishlariga imkon yaratadi;
har bir bosqichda ma’lumotlarning ishonchliligini nazorat va monitoring qilinishini ta’minlaydi;
jismoniy shaxslar uchun masofadan turib, o‘z hisobvaraqlarini boshqarish tizimlari orqali bir hisobvaraqdan ikkinchi hisobvaraqqa real vaqt rejimida pul mablag‘larini ko‘chirish imkoniyatini beradi;
real vaqt rejimida jismoniy shaxslar o‘rtasidagi pul o‘tkazmalarini amalga oshirish imkoniyati;
jismoniy shaxslar bank plastik kartalari va boshqa depozit hisobvaraqlaridagi mablag‘larni kredit hisobvaraqlari foizi hamda kredit summasini so‘ndirilishiga uzatish imkoniyati;
internet tarmog‘i orqali elektron tijorat doirasida amalga oshirilgan operatsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblarni bank plastik kartalari yordamida bajarish imkonini beruvchi dasturiy ta’minotni joriy etish imkoniyati;
elektron tijorat doirasida tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni boshqa depozit hisobvaraqlari orqali real vaqt rejimida amalga oshirish imkoniyati tashkil etildi.
Ipoteka bank maxsulotlarini sotishni boshqarish va samarali tashkil qilish bo‘yicha bozor tahlili, joriy sotuvlar amaliyotini tahlil qilish, motivatsiya va rag‘batlantirish tizimini qayta ko‘rib chiqish;daromad keltiradigan yangi infratuzilmalarni tashkil etish, sotuv bilan shug‘ullanadigan tarkibiy bo‘linmalar tarmog‘ini optimallashtirish, ularning ish samaradorligini baholash, tashkiliy tuzilmasini qayta ko‘rib chiqish, tarmoq ish jarayonini va Bosh ofis bilan o‘zaro faoliyatini tahlil qilish;bankning elektron pochta tizimini takomillashtirish maqsadida zamonaviy dasturiy tizimlarni joriy etish hamda filiallararo ma’lumot almashinuvini tezlashtirish maqsadida ichki chat tizimini yaratish;
“Ipoteka bank Mobile” va “Ipoteka bank Mobile Business” ilovalarini takomillashtirish va bank mijozlarini qamrab olish darajasini oshirish;
bankning korporativ mijozlarining ishchi xodimlariga, ularning ish stajidan kelib chiqqan holda mazkur korporativ mijozning umumiy kafilligi asosida on-layn rejimda soddalashtirilgan tizimda kredit ajratishni amaliyotga kiritish;
daromadlilikni oshirish hamda mijozlar uchun qulayliklar yaratish maqsadida xorijiy bank amaliyoti asosida yangi kredit xizmat turlarini keng joriy etish, jumladan kichik biznes sub’ektlari uchun overdraft, revolver, aktivlarni boshqarish hamda investitsiya portfelini boshqarish, loyihani hamkorlikda moliyalashtirish kabi xizmatlarni joriy etish;mijozlarga kredit ajratish amaliyotlarini “Kredit mahsuloti” dasturiy ta’minotini joriy etish orqali amalga oshirish, bunda kredit bo‘yicha umumiy ma’lumotlar va mijoz to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron bazadan olish orqali, tegishli ichki kredit hujjatlarini avtomatik ravishda shakllantirish tizimiga o‘tish;
jismoniy va yuridik shaxslarga kredit ajratish jarayonida kredit skoringi va kredit byuro ma’lumotlaridan foydalangan holda ularning kredit layoqatliligini aniqlash tizimini takomillashtirish, kredit ajratish jarayonini tezlashtirish;mijozlarga qulay va sifatli xizmatlar ko‘rsatish maqsadida filiallarning mijozlar bilan ishlash vaqtining kun davomida uzluksizligini ta’minlash. Xodimlarning tushlik vaqtini navbatma-navbat taqsimlash asosida mijozlarga uzluksiz xizmat ko‘rsatish; filiallarda elektron navbat hamda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi maxsus qurilmalarni (sensorli monitorlar) joriy etish, shuningdek mazkur qurilmalardao‘rnatilgan dasturiy ta’minotlar orqali xodimlarning xizmat ko‘rsatish sifatini mijozlar tomonidan baholash mexanizmlarini joriy etish;filiallarning kredit ajratishda bosh banklar bilan qo‘shimcha kelishuvsiz mustaqil qarorlarqabul qilish bo‘yicha kengaytirish.
Xulosa Xulosa qilib aytganda, mamlakat iqtisodiyotining qon-tomiri hisoblangan bank tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirish, yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘na-lishlari hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda zamonaviy naqd pulsiz hisob-kitoblar mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar banklarimiz tomonidan mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, to‘lov intizomi va madaniyatini yangi bosqichga ko‘tarilishini ta’minlash bilan birga, barcha iqtisodiy tarmoqlar taraqqiyotini mustahkamlashga ham o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi.
Men 2 oy davomida Toshkent viloyati Angren shahar ATIB da amaliyot o'tadim va o'zimga kerakli bilim va ko'nikmalarni o'rganib ularni amalda sinab ko'rdim.Ushbu davr mobaynida men o'zim amaliyot o'tkazgan bankimning "Plastik karta''lari bo'limida faoliyat yuritdim.Bacend bo'limi bo'lishiga qaramay u yerda ham kunlik yetarlicha mijozlarni qabul qildik va ular bilan doimiy aloqada bo'lib amaliy ko'mak ko'rsatdim.Birinchi o'rinda mijozlar bilan muomala qilishni ya'ni muomala madaniyatini o'rgandim,har qanday holatda ham mijoz haq degan shior ostida ishlash hech qachon hodim va mijoz o'rtasidagi aloqani buzmasligiga amin bo'ldim. Respublikamiz mustaqillikka erishgan dastlabki paytdan boshlab bank tizimida tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish davlatimiz iqtisodiy siyosatining muxim yunalishlaridan biriga aylandi. Ayni paytda tijorat banklari faoliyatining pirovard maqsadi olinayotgan foydani maksimallashtirishdan iborat bo’lib, ushbu maqsadga erishish bank aktivlari daromadliligini barqaror tarzda oshirib borishni taqozo qiladi. Mazkur jarayonda bank aktivlari daromadliligini oshirishning sifat jihatiga e‟tibor qaratish muhim amaliy ahamiyatga egadir. Bunga erishish uchun esa, xar bir tijorat bank o’zining moliyaviy resurslarini to’g’ri boshqara olishi muhim ahamiyat kasb etadi.“Ipoteka Bank” aksiyadorlik tijorat bankida ishlashning afzalliklari:
1. Respublika miqyosida sodir bo’layotgan iqtisodiy o’zgarishlarga aloqador bo’lish;
2. Qiziqarli ish, tashabbuskorlik va mustaqil faoliyat qo’llab quvvatlantiriladi;
3. Yuqori ijtimoiy maqom, ishdagi muqobillik, ertangi kun ishonchi;
4. Muntazam oylik maosh;
5. Xizmat pillapoyalari bo’yicha ko’tarilish uchun yaxshi imkoniyat, karyera bo’yicha o’sish;
6. Ta’lim, turli kurslarda o’qitish orqali kadrlar malakasini oshirish;
7. Ish sharoiti qulay, ish o’rni zarur zamonaviy asbob uskunalar, kompyuter texnikasi bilan ta’minlangan;
8. Ish joyida xodimlararo munosabatning yaxshi ekanligi;
9. Yuqori darajadagi ijtimoiy himoya. Ijtimoiy paketga quyidagilar kiradi:
- Har oylik mukofot pullari;
- Mehnatga layoqatsizlik varaqasi bo’yicha pul to’lanishi;
- Sog’likni tiklash maqsadida mehnat ta’tili davrida qo’shimcha vositalar ajratilishi;
- Bank tasarrufidagi “Kumushkon” dam olish oromgohida oila a’zolari bilan dam olishga borish;
- Xodimlarning farzandlarini bolalar dam olish oromgohlariga yo’llanmalar bilan ta’minlash;
- Sport bilan shug’ullanishga imkoniyat mavjudligi;