Dala bo’ktargisi – Sircus cyaneus [Linnaeus, 1758]
Dala bo’ktargisi qarchig’aylar oilasining uncha katta bo’lmagan vakili,
qanotining uzunligi 33-40 sm, qanotini yozganda 100-120 sm ga yetadi. Tana
tuzilishi ixcham, kelishgan, qanotlari uzun, tor, o’tkir, dumi nisbatan uzun.
Poychasi ingichka uzun, panjalar kalta, o’tkir tirnoqli.
Xo’roz va makiyonlari rangidan farqlanadi. Xo’rozlari yelka tomondan och
kulrang, ostdan oqish, jig’ildon va bo’yni yelkasi singari kulrang. Makiyonlar yelka tomondan qo’ng’ir, ostidan oqish qo’ng’ir to’g’ri dog’lari bor. Mo’m bezlari va oyog’i sariq. Tumshug’i ko’kish-qoramtir. Dala bo’ktargisi Yevropa, Shimoliy Osiyo, Shimoliy Amerikada keng tarqalgan.
Uchib o’tish davrlarida Markaziy Osiyoda ko’plab uchrab, madaniy landshaft,
daryo vodiylar va cho’llarda yashab qolgan.Dala bo’ktargisi sichqon, qum
sichqonlar, bedana, to’rg’aylarni ovlaydi. Havoda ko’rgan o’ljasini keskin to’xtab,
yerga sho’ng’ib, o’tkir panjalari bilan ushlab ko’taradi.Dala bo’ktargisi qishloq
xo’jaligi uchun foydali qushlardan hisoblanadi. Ularni boshqa yirtqich qushlar
singari ovlanadi. Aholi o’rtasida, ovchilik xo’jaliklarida tushuntirish ishlarini olib
borish kerak. Dala bo’ktargisining 2 ta kenja turi bor. Markaziy Osiyoda,
jumladan, Farg’ona vodiysida Circus cyaneus cyaneus L. uchraydi. Ular CITES
ning I va II ilovasiga kiritilgan.
Tosh qirg’iy – Accipiter badius [Gmelin, 1788] Qarchig’aylar oilasining
vakili. Kaptardan kichikroq qush. Toshqirg’iy Hindistonda qishlaydi.
O’zbekistonga aprel’ oylarida kelib, sentyabr’ oylarida uchib ketadi(9-rasm).
Farg’ona vodiysida voha va past tekkisliklardagi to’qay va o’rmonlarda
“Tyuyuyu–va–Tyuyuyu–va” cho’ziq ovoz chiqarib, parvoz qilib uchayotgan
qushni uchratish mumkin.
Inlarini daraxtlarning yerdan 5-6 m balandjoylariga quradi. Ba’zida boshqa qushlarning inlaridan ham foydalanadi. Inlari kichkina konussimon ko’rinishda bo’ladi. Tuxumlarini may oyining oxirlarida qo’ya boshlaydi. Tuxum oq, och yashil tusda tovlanadi. Makiyoni 30-35 kun davomida tuxum bosadi. Jo’jalari avgust oyida uchirma bo’lib chiqib, bir necha kundan keyin galalariga qo’shiladi.
Toshqirg’iy, asosan, ovqatini yerdan topib yeydi, ularning ozuqasi sudralib
yuruvchilar, (kaltakesaklar, gekkonlar), chigirtkasimonlar, qo’ng’iz, kapalaklar va
boshqalar hisoblanadi.
Mayda chumchuqsimonlar, balchiqchilar va mayda qushlarning jo’jalarini
ham tutib oziqlanadi. Zararli yirtqich qushlar qatorida ko’plab ovlangan, hozirgi
kunda keskin kamayib ketib, nodir qushlar sirasiga kiritilgan. Bu qush haqiqatdan
ham zararkunanda hasharotlarni qirishi bilan ovchilik va parrandachilik
xo’jaliklariga keltirgan zararini qoplaydi. Maktablarda, mahallalarda ularni himoya
qilish uchun tushuntirish ishlarini olib borish zarur. CITES ning II ilovasiga
kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |