Tadqiqot obiekti. Boshqaruv shartlarini baholash boshqaruvning yakuniy natijalarini kuzatish va boshqaruv faoliyati turlarining samaradorligini aniqlashni o'z ichiga oladi: motivatsion-maqsadli, axborot-tahliliy, rejalashtirish va prognostik, tashkiliy va ijro etuvchi, nazorat qilish va sozlash, baholash va ishlash faoliyati.
Tadqiqot predmeti. Ta’lim jarayonini sifatini boshqarish aslida maktabgacha ta’lim tizimining barcha darajalarda boshqaruv faoliyatining asosiy predmeti hisoblanadi.
Kurs ishining amaliy ahamiyati. Umuman olganda, uzluksiz ta'lim shaxs va jamiyatning mos ehtiyojlari davlat va jamiyat institutlari va tashkiliy ta'minlovchi tizim orqali shaxsning butun hayoti davomidagi ta'lim (umumiy va kasbiy) salohiyatining o‘sish jarayoni bilan kechadi.
Uzluksiz ta'lim ijodkor, ijtimoiy faol, kreativ, ma'naviy boy shaxsni shakllantiruvchi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda oldinda borishlik uchun zarur sharoitlar yaratadi. Ta'limning turlariga o‘z navbatida maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar, oliy, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim, kadrlar qayta tayyorlash va malakasini oshirish va maktabdan tashqari ta'limni kiritish mumkin.
1.1 Ta'lim va kadrlarni kasbiy tayyorlash sifatiga ta'siretuvchi omillar
Oliy ta’lim sohasida sifat ko'p qirrali konsepsiya hisoblanadi. U ta’lim sohasidagi barcha funksiya va faoliyat turlari - o‘quv va akademik dasturlar, iimiy tadqiqot va stipendiyatar, mutaxassis xodimlar bilan to‘liq ta’minlanganlik, ta’lim oluvchilar, binolar, moddiy-texnika bazasi va jihozlarni, jamiyat va akademik muhim farovanligi yo'liidagi barcha ishlarni qamrab olishi kerak. Ta'lim va kadrlami kasbly tayyorlash ta lim sifatining asosiy yakuniy sifatidir, bu quyidagilarni o'z ichiga oladi:
- insonlar: professor-o'qituvchilar tarkibi, ta’lim oluvchilar, o'quv-yordamchi faoliyat xodimlari, ma'muriy xodimlar va b.;
- texnologiyalar: pedagogik, tarbiyaviy, informatsiyaviy, boshqaruv, nazorat qiluvchi va b.
- moddiy-texnikaviy ta'minot: binolar, jihozlar, laboratoriya va amaliyot bazasi va b;
- meyoriy-huquqiy va o‘quv-metodik ta’minot;
- rag'batlantirishlar va asoslar;
- tashqi ta’sirlar: bozor iqtisodiyoti talablari, korxonalar, jamiyat va davlat.
Ta'lim tizimining yuqorida keltirilgan tarkibiy unsurlari ustunlik qiluvchi omillar majmuini belgilaydi, bular ta'lim va xodimlamni kasbiy tayyorlash sifatiga ta’sir etadi.
Asos (fundament) o'rta maxsus, kasbly ta’lim muassasi bitiruvchilarni tayyorlash sifati bilan bog'liq omillarga aloqadordir hamda olly ta’lim bilan vorisligiga bog' liq.
Yomon poydevor ustiga yaxshi imorat qurib bo‘lmaydi.
O'ng devor professar-o'qituychilar tarkibipbilan bog’liq omillarga aloqador: kasbiy malaka, psixologik-pedagogik tayyorgarlik, ma’naviyat-ma’rifat va madaniyat, asoslash va rag'batlantirishlar, ta’lim oluvchilar bilan hamkorlik darajasi.
Ta’lim muassasi, o'zida ishlayotgan o'qituvchilardan yaxshiroq bo‘la olmaydi.
So'l devorga Daviat ta’lim standarti (DTS)da belgilangan omillar — o'quv rejalari va fanlar dasturini, o'quv-metodik ta’minot, moddiy-texnikaviy ta'minot, malakaviy amaliyot ta'sir etadi.
Yaxshi me'yoriy-huquqiy asos — yaxshi tashkil etilgan o‘quv -tarbiya jarayoni va uni boshqarishning asosi.
Old devor ta'lim, fan va ishlab chiqarish uyg'unlashuvi bilan bog'liq omillarga aloqador: o‘quv jarayonida malakali mutaxassislar, fan va texnikaning zamonaviy moddiy-texnikaviy bazasidan foydalanish, ularing muammolarini hal etishda ishtirok etishga.
Ta’lim, fan, ishlab chiqarishning uyg‘unlashuvi — raqobatbardosh iqtisodiyot garovi.
Orqa devorga ta’lim muassasasi va uning bo'linmalarini tashkil etish va boshqarish bilan, bog'liq omillar ta’sir etadi: boshqarish tizimi, boshqarish usuli va uslubi, rahbarning individual, jamoaviy-ruhiy sifatlari.
Boshqaruv faoliyati o'z mazmuni va tavsifiga ko'ra mehnat jamoasi hayotida agliy-tartibiy ahamiyat kasb etadi.
Tomga bozor iqtisodiyoti raqobat muhiti va istiqbollari belgilaydigan omillar ta’sir etadi: korxona yehttyojtyva manfaatlarty’ mehnatni moddiy va ma‘naviy rag'batlantirish, ijtimoiy muhofaza.
Eshik — omillar uchun kirish, u bilan bog’liq:
- o'qitilayotgan shaxslarning individual va jamoaviy-ruhiy sifatlarini shakllantirish;
- o‘quv-tarbiya jarayonini nazorat qilish,
Ta’lim va xodisalarni kasbiy tayyorlash sifati muammolariga tizimli yondashish zarur, omillar butun majmuini ular bog’liqligi va aloqadorligida, bir zanjirning (xalqalari)sifatida boshqarish zarur. Mazkur zanjirdan biror xalqa(omil) yoki xalqalar(omillar)ning tushib qolishi ta'lim sifatini boshqarish tizimoda uzilish bo'lishiga olib keladi. Mazkur tizimdagi uzilishlar biror omil yo'l qo‘yilgan chegaradan chiqqanida ham sodir bo'ladi. Shuning uchun omillar majmuini bozor itisodiyoti, korxona, Jamiyat va davlat belgilaydigan talab chegarasida o'tib turish ta’lim sifatini boshqarish tizimining asosiy vazifasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |