1.2. Psixologik maktablar tomonidan tafakkurning o'rganilishi
Tafakkur muammosi xorij psixologiyasida keng doirada tadqiq qilinib, atroflicha bilimlar va ma'lumotlar zahirani to’plangan. Aynan keltirilgan ma’lumotlarda tafakkur tushunchasi turli nuqtai nazarlardan tahlil qilinadi.
Ekzistensializmning asoschisi bo’Jmish nemis faylasufi Martin Xaydeger (1889-1978) tushunish uchun o’z diqqatimizni qarata olsakkina biz fikrlashga o’rganamiz-deb yozadi. Uning fikricha, narsa va voqealaming mohiyatini tushunish, anglab yetish, inson fikrlash jarayonida muhim o’rin egallaydi. Tushunishni talab qiladigan narsa insonni fikrlashga undaydi. Tushunishni talab qiladigan narsa hech qachon biz tomonimizdan yaratilmaydi. Xaydegerning fikricha, tafakkur mavjudligining asosiy xislati bu tasavvurdir. Tafakkur haqidagi ta'limotga asosan tasawur fikrda ifoda etiladi. Shuning uchun ham tafakkur haqidagi ta'limotni logika, mantiq deb ataydi.
Vyursburg psixologiya maktabining namoyondalari tafakkur bu ichki harakat, aktidir deb qaray boshlaydilar. O’z-o’zini kuzatish metodidan foydalanib, ish tutishda ular mana bunday ifodaning ma'nosini tushuntirib berishlari lozim, tafakkur haddan tashqari mashaqqatliki, shunga qaramay ko'pchilik shunchaki hukm chiqarishni ma'qul ko’radilar. Shuningdek, ular oldida munosabatlarni o’matish qism, yaxlit, tur, jins ob’ektning nisbati va o’zaro munosabatlarini ushbu munosabatiaming aniq a'zolarini idrok qilishni aniqlash vazifalari turadi.
Shuning bilan birga ulaming barcha tadqiqotlari ob'ektiv metodlami izlashga oid faoliyatlarida avj oldi. Jumladan, N.Ax tomonidan sun'iy tushun-chalaming shakllanishi bo’yicha dastlabki metodika yaratildi. Mazkur nazariya vakillari tafakkurni munosabatlaming aks etishi bilan bog’lab, tafakkumi munosabatlaming birlamchi qarab chiqish, yoinki birlamchi ma’lumot berish manbai sifatida talqin qiladilar. Tafakkur taraqqiyoti masalasini ko’tarib chiqib, o’sishning fikrlami faollashtirish orqali amaliy faoliyatdan tafakkurni mutlaqo ajratib qo’ydilar. Tafakkumi tadqiq qilishning asosiy metodi - bu o’z-o’zini kuzatish ekanligini tan oladi, xolos. Mazkur muammo gnoselogik nuqtai-nazardan olib qaralganda ushbu pozisiya idealizm izmiga kirib borayotganligini anglab olish unchalik qiyin emas. Vyursburg maktabi namoyondalari tafakkurni alohida mustaqil bilish faoliyati sifatida aniq ko’rsata bildi. Biroq tafakkurni amaliyotda nutqdan va hissiy obrazlardan qat'iy ajratib tashladilar.
Germaniyada psixologiyaning geshtaltpsixologiya yo’nalishi vujudga keidi. Uning. ko’zga ko’ringan namoyondalari qatoriga XJErenfels (1859-1932), V.Keler (1887-1967), K-Kofka (1886-1941) va boshqalar kiradi. Geshtaitchilar fikriga qaraganda, har bir psixik hodisaning mazmuni uning tarkibiga kiruvchi qism va elementlarni birgalikda aks ettirishdan ko’lam jihatidan keng, mazmun jihatidan rang-barangdir. Geshtaltchilaming aksiomatik xarakterga ega bo’lgan ushbu tezislari mazkur ta’limot g’oyasini ochib berishga xizmat qiladi, alohida olingan qism va eiementlaming yig'indisi yaxlit tuzilish mazmunini belgilab bera olmaydi, aksincha yaxlit tuzilma qism va eiementlaming xususiyatlari va xossalarini belgilab berishga qurbi yetadi. Geshtaltpsixologiyaning markaziy nazariyasi har qanday psixologik jarayonlaming bosh mohiyati ulaming sezgilarga o’xshash alohida elemetlari emas, balki konfigurasiya shakl yoki geshtaltchilaming yaxlit yaratishidan iborat.
Geshtaltpsixologiyada tafakkur muammosining tadqiqoti keng qamrovJi tarzda olib boriladi. Jumladan, V.Kelyor antropoidlaming intellektual harakatlarini eksperimental o’rganish natijasida yuqori darajada taraqqiy qilgan maymunlarning aqliy harakatida inson harakatiga xos o’xshashlik borligi to'g’risida xulosa chiqaradi. V.Kelyoming fikricha, topshiriqni yechish inexanizmi quyidagilardan iborat: organizmning optik maydonidagi vaziyatlaming muhim elementlari bir butunlikni, ya'ni vaziyat elementlariga, geshtalt ichiga kirib, geshtaltda qaysi joyni egallashga bog’liq ravishda yangi ahamiyat kasb etadi. Vaziyatning muhim elementlaridan namoyon bo’luvchi geshtaitchilar muamrnosi vaziyatda organizmda ba'zi bir zo’riqishlar ta’sirida vujudga keladi, topshiriqni yechish muammoli vaziyatning qismlari yangi geshtaltda yangi munosabatda idrok qilina boshlaganida tugallanadi. Masalani yechish aniq qadamlami yuzaga keltiruvchi geshtalt sifatida maydonga chiqadi.
Geshtaltchilaming ayrimlari "yo’nalish" atamasini qo’llab, uni o’tmish tajribasi bilan bog’lashga intiladilar. Shuningdek, ular "tafakkurning evrestik metodlari” to’g’risidagi tushunchadan ham foydalanadilar. Bunda materialni, qo’yilgan maqsadni, konfliktli holatlarni tahlil qilishni nazarda tutadilar.
Amerika psixologiyasida vujudga kelgan bixeviorizm yoki xulq psixologiyasi oqimi o’tgan asming oxirlaridan boshlab hukm surib kelmoqda. Bixeviorizm oqimining asoschilari amerikalik psixologlar Dj.Uotson (1878-1958) va E.Torndayk. (1871-1949) lardir. Keyinchalik buiar qatoriga KLcvin (1890-1957) A.Vays (1974-1931) va boshqalar kelib qo’shiladilar. Ma'lum davrgacha mazkur oqim psixologiya olamida dominantlik rolini o’ynaydi. hozirgi davrda bu oqim bir necha mustaqil psixologik maktablarga ajraiib ketgan. Lekin ularning mohiyatida bixeviorizm nafasi urib turadi. hammasi uchun umumiy formula S-R, ya'ni stimul-reaksiya xizmat qilib kelmoqda.
Dj.Uotson tafakkurning ichki nutq va noverbal tovushsiz imo-ishora, mimika, yelka qisishi, qosh suzish, kommunikasiya, muloqotni birga qo’shib, keng ma'noda tushunadi va uni uchta shaklga ajratib o’rganadi. Nutq shakllaridan biri nutq malakalarini sekin-asta avj oldirish deb ataladi. Bu she’mi yoki sitatani aniq esga tushirishda o’z ifodasini topadi. Tafakkurning ikkinchi shakli sub’ekt uchun yangi bo’lmagan topshiriqni so’z yordami biian yechish, yarim-yortisi unutilgan she'rni eslashga harakat va nihoyat, yangi topshiriqni yaqqol ifodali harakat va so’z yordami bilan yechish Dj. Uotson uchun malaka u individual egallagan va o’rganilgan xatti-harakatdir. Ushbu nazariya nuqtai nazaridan qarasak, tafakkur malakaga yaqinlashtirilib qo’yiladi. chunki she'mi esga tushirish ham tafakkur deb talqin qilinadi. Dj. Uotson tilni o’zlashtirishning ijtimoiy jihatlarini umuman hisobga olmagan, nutqning tuzilishi va rivojianishiga sira e'tibor qilmagan. Nutq bilan tafakkur birligi to’g’risida tamoyilni anglab yetmagan, tafakkur va ongning xulq ko’rinishi sifatida olib qaralgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |