MUNDARIJA
KIRISH........................................................................................................................3
I BOB LEKSIKOLOGIYA TILSHUNOSLIKNING MUSTAQIL BO’LIMI SIFATIDA
1.1.Tilshunoslikda leksikologiyaning o’rni..................................................................10
1.2. Leksikologiyada onomastika va uning o’rganilish sohasi….................................12
1.3. Tilshunoslikda toponimlar va ularning ahamiyati………….................................12
I bobga xulosa………………………………………………………………………
II BOB. TOPONIMLARNING KELIB CHIQISHI
2.1. Toponimikaning fan sifatida rivojlanishi……….………….................................13
2.2. Toponimlarning imloviy xususiyatlari va tasnifi…..…..………………...……...18
2.3. Turli sohalar bilan bog’liq toponimik birliklar………………………………….
II bobga xulosa……………………………………………………………………
Xulosa ..........................................................................................................................
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR..................................................................23
KIRISH
Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘qitishning ilg‘or uslublarini joriy etish yo‘li bilan, o‘sib kelayotgan yosh avlodni chet tillarga o‘qitish, shu tillarda erkin so‘zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda buning negizida, ularning jahon sivilizatsiyasi yutuqlari hamda dunyo axborot resurslaridan keng ko‘lamda foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantirishlari uchun shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish maqsadida:
So’nggi yillarda tilshunoslik sohasida keng o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Tilshunoslikning barcha sohalari bo’yicha yangi tadqiqotlar yaratildi va yaratilmoqda. Tillarni qiyosiy tahlil qilish ham tilshunoslik uchun shakllanish va rivojlanish omili hisoblanadi. Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “ Bizning umumiy milliy xususiyatlarimiz juda yaqin bo’lsada, italyan tarixi o’zining qadimiy tarixi, urf-odatlari, an’analari, til, madaniyatiga xos betakror jihatlari bilan ajralib turadi”.1
Chet tillarni chuqur o’rganish va o’rgatishga katta e’tibor qaratilayotgan hozirgi paytda, bir guruh tilshunoslarning, qolaversa yosh tadqiqotchi olimlarning tilshunoslik sohasida olib borayotgan ko’plab ilmiy tadqiqotlari o’ziga xos ahamiyat va ta’sir kuchiga, hamda mazmun-mohiyatga egadir. Ular o’z salohiyati bilan bir-biridan ajralib turadi. Shunday ekan, tilshunoslik fani va til ta’limi kelajakdagi yosh tilshunoslar oldiga dolzarb masalalar yechimini topish, zamon talablariga javob beradigan darajadagi, shuningdek, aynan xorijiy tillarni o’rganish yuzasidan Xalqaro Yevropa ta’lim standartlariga mufoviq til ta’limi tizimini yanada takomillashtirish bo’yicha ulkan ishlarni amalga oshirish singari o’ta ma’suliyatli vazifalarni yuklaydi.
Sharq xalqlarida azaldan ilm-u fanga, ta’lim- tarbiyaga alohida e’tibor berib kelingan. Hozirda ham Respublikamizda ta’lim sohasini rivojlantirish borasida ko’plab ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov o’z asarlarida alohida fikrlar yuritadi. Masalan, “Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch” asarida ta’kilaganlaridek, “…shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo’lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog’liq”1. Mustaqil vatanimiz ravnaqi uchun yurtimiz yoshlarining har tomonlama mukammal bilim egallashlari, yurtimizda ular uchun yaratilgan keng imkoniyatlardan unumli foydalanishlari zarur.
Bundan tashqari, Prezidentimizning 2010-yildagi “Chet tillarni o’qitishni takomillashtirish to’g’risida”gi qonuniga muvofiq,chet tillarni o’qitishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu bois, davlatimiz chet tillarni o’qitishdek ma’suliyatli vazifani o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi . Chet davlatlar bilan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, va madaniy aloqalarni yo’lga qo’yish va ularni mustahkamlashda ham xorijiy tillar alohida ahamiyat kasb etadi. Shu kabi aloqalarni O’zbekiston va Italiya o’rtasida yo’lga qo’yish maqsadida Respublikamizda italyan tilini o’qitish 1999-yildan boshlab yo’lga qo’yildi va bu til asosiy til sifatida Samarqand Davlat Chet Tillar Institutida o’qitila boshladi. Shunday ekan yetishib chiqayotgan yosh kadrlarni zamon talablariga mos ravishda ta’lim berish katta ma’suliyat, bilim va g’ayrat yana yaxshi mutaxasis talab qiladi.
Birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan 1997-yilning 29-avgustida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingach, shu kuni ko‘lami, miqyosi, qamrovi va maqsadlari bo‘yicha noyob Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ham qabul qilindi.
Bu ikki hujjat ushbu muhim sohada chuqur islohotlarning yangi bosqichini boshlab berdi. Mamlakatimizda ta’lim taraqqiyotining shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy hamda madaniy ehtiyojlarini ta’minlaydigan ustuvor sohasi sifatida qonunan belgilab qo‘yildi.
Dastur 5 boʻlimdan iborat: Muammolar va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish omillari; Milliy dasturning maqsadi, vazifalari va uni roʻyobga chiqarish bosqichlari; Kadrlar tayyorlashning milliy modeli; Kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari; Milliy dasturni roʻyobga chiqarishga doir tashkiliy chora-tadbirlar1.
Shu bilan birga, chet tillarni o‘rganishni tashkil qilishning amaldagi tizimini tahlil etish shuni ko‘rsatgandaki, ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va darsliklar zamon talablariga, xususan, ilg‘or axborot va media-texnologiyalardan foydalanish borasidagi talabga to‘liq javob bermayotgan edi. Ta’lim asosan an’anaviy uslublarda olib borilgandi. Ta’lim tizimining barcha bosqichlarida chet tillarni uzluksiz o‘rganishni tashkil qilish, shuningdek, o‘qituvchilar malakasini oshirish hamda zamonaviy o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlash yanada takomillashtirilishini taqozo etardi.
Rivojlangan mamlakatlar qatorida ona tilimizning ham xalqaro tillar safiga qo’shishga katta umid bog’lab, boshqa chet tillardan o’z ona o’zbek tilimizga va aksincha o’zbek tilidan chet tiliga bevosita, ya’ni hech bir o’zga til vosichaligisiz tarjima qilish faoliyati jadal suratlar bilan taraqqiy topmoqda.
Qadim qadimdan yurtimizda til o’rganishga katta e’tibor berilgan,shu sababli ham til bo’yicha ko’plab naql va maqollar paydo bo’lgan desak aslo adashmagan bo’lamiz . Bulardan biri ,,til bilgan el biladi’’ deb nomlanuvchi maqolda til bilgan, o’rgangan insoning boshqa mamlakat, ya’ni u o’rganayotgan tilda so’zlashuvchi mamlakat madaniyati va o’sha insonlar bilan qanchalik dildan yaqin bo’lishi haqida fikr yuritilgan. Bobolarimiz bundan bir necha asrlar muqaddam ham tilga mehr qo’yib o’rganishgan. Masalan, shoir va yozuvchilarimiz arab va fors tillarida so’zlashishgan hamda ijod qilishgan. Shu tufayli bu tillardagi ko’plab so’zlar bizning ona tilimizga singib ketgan desak mubolag’a bo’lmaydi. Til kishilik jamiyatining tarixiy taraqqiyoti jarayonida ijtimoiy ong mahsuli sifatida yuzaga Kelgan moddiy, ma’naviy va madaniy boyliklarning ifodasi bo‘lgan murakkab tizimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |