3 I bob leksikologiya tilshunoslikning mustaqil bo’limi sifatida



Download 77,42 Kb.
bet2/15
Sana18.04.2022
Hajmi77,42 Kb.
#560562
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Diaxron va sinxron leksikologiyasi

Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan 1997-yilning 29-avgustida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Shu kuni ko‘lami, miqyosi, qamrovi va maqsadlari bo‘yicha noyob Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ham qabul qilindi.
Bu ikki hujjat ushbu muhim sohada chuqur islohotlarning yangi bosqichini boshlab berdi. Mamlakatimizda ta’lim taraqqiyotning shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy hamda madaniy ehtiyojlarini ta’minlaydigan ustuvor sohasi sifatida qonunan belgilab qo‘yildi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida mamlakatimizda uzluksiz ta’limning yangi mexanizmi ishlab chiqildi. Jumladan, 12 yillik majburiy ta’lim joriy etildi. Buning birinchi bosqichini 9 yillik umumiy o‘rta ta’lim maktabi tashkil etadi.1
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida quyidagi uch muhim jihat ilgari surilgan:
“Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir”.2
Mustaqil va ozod O‘zbekiston o‘zining sharafli taraqqiyot yo‘linи bosib o‘tmoqda. Buni mustaqil davlat sifatida rivojlanish boshlagandan, ilm-fan, milliy madaniyatimiz va xalqimiz tarixiga berilayotgan katta e’tibordan bilish mumkin.
Prezidentimiz I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” deb nomlangan kitobida ta’kidlaganlaridek, “O‘tgan davr mobaynida davlat tilining hayotimizdagi o‘rni va ta’sirini kuchaytirish, uni tom ma’nodagi milliy qadriyatga aylantirish yo‘lida ilgari tasavvur ham qilib bo‘lmaydigan ulkan ishlar amalga oshirildi. Istiqlol yillarida o‘zbek tilining qo‘llanish doirasi amalda nihoyatda kengaygani, uni ilmiy asosda rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlar ko‘plab chop etildi...”.
O‘zbek tili tadqiqida nomshunoslik – onomastika alohida o‘rin tutadi. Bu borada qator ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, toponimlarni hududiy o‘rganish sohasida K.Abdimuratov, A.Aslonov, Z.Do‘simov, N.Mingboev, S.Nayimov, T.Nafasov, A.Otajonova, A.Turobov, Sh.Qodirovalar samarali mehnat qilganlar
Shu bilan birga toponimlarni umumlashtirib, ularning ayrim lisoniy jihatlarni o‘rganishga bag‘ishlangан ishlar ham bor. Bular jumlasiga E.Begmatov, Z.Do‘simov, L.Karimova, J.Latipov, T.Enazarov, E.Qilichev, S.Qorayevlarning ilmiy izlanishlarini kiritish mumkin.
Lekin hali bu yo‘nalishda qilinishi lozim bo‘lgan ishlar anchani tashkil etadi. Bu ishlar sirasiga nomlarning to‘liq yig‘ilish, ularning lug‘atini tuzish, toponimlarning etimologiyasi va tarixini oydinlashtirish, ayniqsa, ularning tasnifini belgilash kabi vazifalarni kiritish lozim. Bu hozirgi davr nomshunosligi uchun o‘ta muhimdir. Bu holat tanlangan mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
Tanlangan mavzuning asosiy maqsadi o‘zbek onomastik leksikasining tarkibiy bo‘linishini aniqlash, atoqli otlar ko‘lamini belgilash hamda onomastikaga oid atamalarni batafsil izohlash, ularning hozirgi kundagi mavjud tasnifini mukammallashtirish kabi masalalarga oydinlik kiritishdir.

Download 77,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish