3 I. Bob. Hamkorlikda oʻqitish texnologiyasi


II.BOB. OʻQUVCHILARNING BILISH FAOLIYATLARINI TASHKIL ETISH



Download 263,5 Kb.
bet5/7
Sana27.05.2023
Hajmi263,5 Kb.
#944588
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Biologiyani o‘qitishda loyihalash texnologiyasidan foydalanish.

II.BOB. OʻQUVCHILARNING BILISH FAOLIYATLARINI TASHKIL ETISH.
2.1.Biologiya darslarida «zigzag»yoki «arra» metodidan foydalanish.
Bu metodda oʻquvchilar 6 - 8 tadan boʻlgan guruhlarga ajratiladi.Dars materiallari ham alohida blok-modullarga ajratiladi. Наг bir blok uchun topshiriqlar tuziladi va har qaysi guruhga bir blokdan tarqatiladi. Наг bir guruh mazkur blok uchun ikkitadan mutaxassis tayyorlaydi. Soʻngra har bir guruh yana ikkiga ajratiladi va mutaxassislar oʻzlari oʻzlashtirgan bilimlarini tartib bilan tushuntirib berishadi. «Агга» metodi asosida oʻqitishni tashkil etishda aniq misollar orqali quyidagicha tushuntirish mumkin. Masalan, sinfda 32 ta oʻquvchi boʻlsa, 4 xil rangli kartochkalar yordamida 8 ta oʻquvchidan iborat bir xil rangli kartochkaga ega boʻlgan 4 ta “mutaxassislar tayyorlash” guruhiga ajratiladi. Bu guruhlar berilgan blokdagi topshiriqlarni bajarib boʻlgach, har biri 4 tadan rangli, lekin bir xil kartochkaga ega boʻlgan 8 ta guruhga ajratiladi. Mazkur guruhdagi mutaxassislar oʻzlari oʻzlashtirgan bilimlarni tartib bilan tushuntirib berishadi. Soʻngra mavzu yuzasidan munozara oʻtkaziladi.“Arra” metodida har bir oʻquvchi boshqa oʻquvchi bergan ma’lumotni diqqat bilan eshitishi, kerakli ma’lumotlarni daftarga yozib borishi lozim. Dars yakunida oʻqituvchi test topshiriqlari yordamida oʻquvchilar bilimini baholaydi. “Arra” metodini boshqa usulda ham tashkil etish mumkin. Buning uchun oʻquvchilar 4-5 kishidan iborat guruhlarga ajratiladi. Barcha guruhlarga bir xildagi topshiriqlar beriladi. Guruhlardagi oʻquvchilar topshiriqlarni boʻlishib olishadi. Har bir oʻquvchi oʻziga tegishli topshiriqni puxta oʻzlashtirishga harakat qiladi. Shundan soʻng guruhlar “Mutaxassislar uchrashuvi” da boʻlganidek qayta taqsimlanadi; mutaxassislar oʻzlariga tegishli oʻquv materiallarini tushuntirib berishadi.Mashgʻulot soʻngida oʻquvchilar bilimi test
topshiriqlari yordamida baholanadi. Quyida «Hasharotlarning ichki tuzilishi» mavzusi boʻyicha oʻquv topshiriqlari berilgan. Mavzu mutaxassislar tayyorlash guruhlari soniga muvofiq 4 ta blokka ajratiladi.
1- bloк: Hazm qilish sistemasi.
Analogiya usuli. Ushbu usulda o'qituvchi muammoli savollami awal o'rgangan o‘quv materialiga oid bilimlarni faollashtirish yoki o‘quvchilarning hayotiy tajribalariga asoslanib vujudga keltirishi mumkin. Jumladan, 7-sinfda «Bir hujayralilar tipi», «Xivchinlilar sinfi» mavzularini o'rganishdan aw al o'quvchilarning «Soxta oyoqlilar sinfi» yuzasidan o'zlashtirilgan bilimlarini faollashtirish maqsadida muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish tavsiya etiladi. Ushbu usuldan har bir mavzuning awalgi mavzuga bog‘liq masalalarini hal etishda foydalanish mumkin. 2. Tahlil va sintez usuli. Ushbu usulda o'quvchilar biologik obyektlarni olimlar tomonidan o'tkazilgan tajriba asosida o'rganadi va xulosa yasaydilar. Jumladan, «Lishayniklar» mavzusi o'rganilayotgan jarayonda o'qituvchi olimlar tomonidan o'tkazilgan tajribani bayon etishi so'ngra shu asosda m uam moli vaziyatlarni vujudga keltirishi talab etiladi. Lishayniklarni dastlab olimlar bitta organizm deb qabul qilishgan va yo'sinlar bo'limiga mansub deb hisoblashgan. 1867- yili rus biologolimlar A.S. Faminsin va O.V. Baroneskiylar lishayniklar tanasida yashil suvo't — ksanoriya bo'lib, u oddiy bo'linish yo'li bilan ko'payishi, sporalari orqali tarqalishini aniqlagan. Demak, ksanoriya mustaqil hayot kechiruvchi suvo't ekan, lishayniklar qanday organizmlar, ulami qaysi bo'limga kiritish mumkin? O'quvchilar ushbu muammoli savol yuzasidan o'z fikr-mulohazalarini bildiradi. 3. O'tkazilgan tajriba natijasida u yoki bu jarayonning mohiyatini aniqlash. «Barg» mavzusini o'rganishda o'qituvchi biolog olim Van Gelmont tomonidan o'tkazilgan tajribani bayon etadi. Bundan uch yuz yil awal olim bochkaga 80 kg tuproq soldi va unga og'irligi 500 g bo'lgan tol novdasini ekkan. Tol besh yil davomida tarkibida mineral tuzlari bo'lm agan suv bilan sug'orilgan. Besh yildan keyin aniqlanishicha, tolning og'irligi 65 kgni tashkil etgan, tuproq miqdori esa 50 g kamaygan. Mazkur hodisaning sababini aniqlang. «Soxta oyoqlilar sinfi» mavzusini o'qitishda quyidagi tajribani bayon etish maqsadga muvofiq. Ikkita kolbaning birinchisiga buloq suvi, ikkinchisiga qaynatilgan suv quyildi va amyobali suyuqlik teng miqdorda solindi

Download 263,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish