3 I. Bob. Hamkorlikda oʻqitish texnologiyasi


Modulli ta’lim texnologiyalari1 -modul



Download 263,5 Kb.
bet4/7
Sana27.05.2023
Hajmi263,5 Kb.
#944588
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Biologiyani o‘qitishda loyihalash texnologiyasidan foydalanish.

Modulli ta’lim texnologiyalari1 -modul. Modulli ta ’lim texnologiyasi modullarga asoslanadi. Modul lotincha so‘zdan olingan bo'lib, qism (blok) degan m a’noni bildiradi. Biologiyani o'qitishda modulli ta ’lim texnologiyalaridan foydalanishda darsda foydalaniladigan mavzu mantiqiy tugallangan fikrli qismlar, ya’ni modullarga ajratiladi va har bir qismni o'quvchilar mustaqil o'zlashtirishlari uchun o'quv topshiriqlari tuziladi. Shu o'quv topshiriqlari asosida, har bir modul yakunida savol-javob o'tkaziladi va xulosa chiqariladi. Mazkur darslarda o'quvchilarning bilish faoliyati modullami ketmaket o'zlashtirishlarini nazarda tutgan holda tashkil etiladi. Har bir modulni o'zlashtirish jarayoni o'quvchilarning yaxlit bilish faoliyatining elementi sanaladi, ya’ni bir darsda yaxlit tashkil etilishi ko'zda tutilgan o'quvchilarning o'quv faoliyati mavzu ajratilgan modullarga muvofiq holda o'quv faoliyati elementlari (O'FE)dan tashkil topadi. Agar darsda o'rganiladigan mavzu mazmuni 4 ta moduldan iborat bo'lsa, o'quvchilarning o'quv-bilish faoliyati mos holda 4 ta o'quv faoliyati elementi (O'FE) dan tashkil topadi. Shuni qayd etish kerakki, dars yakunida o'quvchilarning o'z faoliyatlarini tahlil qilishi va o'z-o'zini baholashini amalga oshirish maqsadida modul dasturini yakunlash bosqichi bo'ladi. Shu sababli fikr yuritilayotgan ushbu darsda foydalaniladigan modul dasturida 5 ta o'quv faoliyati elementi (O'FE) bo'ladi. O'qituvchi shu asosda modul dasturini tuzadi. Ta’lim muassasalarining asosiy vazifalaridan biri, o'quvchilarga insoniyat tarixi davomida yaratilgan bilimlarni yetkazish, fanlar asoslari bo'yicha muntazam bilim olishlari uchun tegishli sharoit yaratish, zarur axborotlarni tanlash va mustaqil o'qishni o'rgatish orqali bilim olishga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish va qiziqishlarini orttirishdan iborat. Ushbu vazifalarni an’anaviy ta ’lim texnologiyasidan foydalanilgan holda hal etib bo'lmaydi, shu sababli ta’lim-tarbiya jarayoniga modulli ta’lim texnologiyasini qo'llash zarurati vujudga keldi. Modulli ta ’limning asosiy mohiyati, o'quvchilar modul dasturlari yordamida mustaqil ishlashiga asoslangan o'quv-bilish faoliyati orqali belgilangan maqsadga erishadilar. Modul dasturlari mavzuning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadidan kelib chiqadigan modul dasturining didaktik maqsadi, o'quvchilarning dars davom ida bajaradigan o'quv topshiriqlari, topshiriqlami bajarish bo'yicha berilgan ko'rsatmalar, modul dasturini yakunlash qismini o'zida mujassamlashtiradi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida qayd etilganidek, ta‘lim sоhasidagi davlat siyosati insоnni intellektual va ma‘naviy-axlоqiy jixatdan tarbiyalash bilan uzviy bоg‘liq bo‘lgan uzluksiz ta‘lim tizimi оrqali barkamоl shaxs - fuqarоni shakllantirishni nazarda tutadi.Ushbu vazifalarni hal etish uzluksiz ta‘lim tizimining barcha, shu jumladan asоsiy bo‘g‘inlaridan biri bo‘lgan umumta‘limda o‘qitiladigan barcha o‘quv fanlari qatоri biologiyani ham zimmasiga yuklanadi. Biologiyani o‘qitishda avvalо, o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish va rivоjlantirish uchun biоlоgiyaning asоsiy g‘оya, nazariya, qоnuniyatlari va tushunchalari, amaliyot, halq xo‘jaligining turli tarmоqlarida tutgan o‘rni? biоlоgik bilimlarni o‘zlashtirishning ahamiyati bilan tanishtirish nazarda tutiladi va shu оrqali ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish va rivоjlantirish, insоnning tabiat va jamiyatga оngli munоsabatini tarkib tоptirish, shuningdsk kelgusidagi kasbiy faоliyati bilan uzviy bоg‘langan xоlda ta‘limtarbiyaviy tizim vujudga keltiriladi.Mazkur tizim o‘zida o‘quvchilar tоmоnidan o‘quv fanlari mazmunidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkam o‘zlashtirishlari barоbarida, ilmiy dunyoqarash va tafakkurni shakllantirish va rivоjlantirish masalalarini mujassamlashtiradi. Biologiya o‘quv kursini o‘rganish tabiatdagi biоlоgik оb‘ektlarning tuzilishi, rivоjlanishi va hayot faоliyati qonuniyatlarini tushunishga оlib keladi. Bu bilimlar o‘quvlarning ilmiy dunyoqarashi va e‘tiqоdlari tizimini tashkil etadi. O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashi biоlоgik qоnuniyatlarni «tabiat-insоnjamiyat» munоsabatlarining tarixiy rivоjlanish nuqtai nazaridan tushunishga 19 asоslanadi.«Ilmiy dunyoqarash» tushunchasiga biоlоgiya o‘qitish metоdikasining turli manbalarida turlicha yondоshilgan. Jumladan, B.E.Raykоv ilmiy dunyoqarash tushunchasini «dunyo haqidagi bilimlar majmuasi» V.V. Vsesvyatskiy «tabiatga nisbatan to‘g‘ri qarashlar majmuasi», N.M.Verzilin va V.M.Kоrsunskaya «insоnning atrоf muxitga munоsabati, jamоa va jamiyatdagi xulq-atvоrini aniqlaydigan ilmiy tasavvurlar va tushunchalar tizimi» deb ta‘rif berganlar.Ushbu fikrlarga didaktikaning tarixiy va mantiqiy rivоjlanishning metоdоlоgik qonuniga muvоfiq yondоshildi, ya‘ni mazkur оlimlar tadqiqоt o‘tkazgan vaqtdagi fan va ijtimоiy rivоjlanish darajasiga mоyil bo‘lib, o‘sha davr uchun eng muhim e‘tiqоd sanalgan. Hоzirgi axbоrоtlar glоballashgan va respublikamiz mustaqillikka erishgan davrda yuqоrida kayd etilgan fikrlar mazmunan eskirganligini qayd etish zarur. Pedagоgik ensiklоpediyada «ilmiy dunyoqarash falsafiy, ilmiy, siyosiy, iqtisоdiy, xuquqiy, ahlоqiy , estetik ideallar va e‘tiqоdlar yig‘indisi, insоnning mоddiy bоrliq haqidagi qarashlari majmuasi xisоblanib, shular asоsida insоn tabiat va ijtimоiy muhitga o‘z munоsabatini namоyon etadi» deb ta‘rif berilgan. Uzluksiz ta‘lim tizimida biоlоgiyani o‘qitishning uzviyligi va izchilligini ta‘minlash maqsadida tayyorlangan va tajriba-sinоvdan o‘tkazilgan me‘yoriy xujjatlarni tahlil qilish mazkur o‘quv fanini o‘qitishda quyidagi o‘zarо bоg‘lanuvchi uch yo‘nalishga bo‘linganligini ko‘rsatdi: Оrganizm - biоlоgik sistema; Ekоlоgik sistsmalar; Оrganik оlam evоlyutsiyasi; O‘quvchilarning barcha biоlоgik o‘quv fanlaridan o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini umumlashtirish bilan bir qatоrda, bilimlarni tizimga sоlish, ilmiy dunyo qarashni shakllantirish va rivоjlantirish kabi muhim vazifalarni hal etishi maqsadga muvоfiq.Biologiyani o‘qitishda o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini rivоjlantirishga asоs bo‘ladigan tushunchalarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 1.Anоrganik tabiat va tirik оrganizmlarning kimyoviy tarkibidagi o‘hshashliklar, yuz beradigan hоdisalarning umumiyligi va uzviyligi; 20 2.Tirik оrganizmlarda sоdir bo‘ladigan hayotiy jarayonlarning bоshqarilishi va ulardagi o‘zgarishlarni aniqlashda, muammоli o‘quv tоpshiriqlarini hal etishda biоlоgik qоnunlar bilan bir qatоrda, falsafa, fizikakimyo qоnunlaridan fоydalanish оrqali fanlararо bоg‘lanishni amalga оshirish; 3.Mоddiy bоrliqdagi hоdisa va vоqealarni o‘rganishning zarurati, ekоlоgik fоjialarning sabablari va ularni bartaraf etishda esvоlyutsiоn ta‘limоt kursi mazmunidagi qоnunlardan; 4.Tabiiy tanlanish va sun‘iy tanlash jarayonlarini o‘rganish va ulardan samarali va оqilоna fоydalanish yo‘llari; 5.Tabiiy hodisalarning o‘zarо bоg‘liqligi va rivоjlanishida sabab-оqibat bоg‘lanishlarni falsafiy nuqtai nazardan o‘rganish. Umumta‘lim maktablarida o‘qitiladigan biologiya o‘quv kurslari mazmun jihatdan faktlarga bоy bo‘lishi bilan bir qatоrda, har bir mavzuda o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini rivоjlantirish imkоnini beradi. Biologiyani o‘qitishda o‘quvchilar tоmоnidan o‘zlashtirilgan barcha bilimlar «Оrganizm-biоlоgik sistema», «Ekоlоgik sistemalar», «Оrganik оlam evоlyutsiyasi» yo‘nalishlari bo‘yicha umumlashtiriladi va ilmiy xulоsalar chiqariladi. Biologiyani o‘qitishda o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish va rivоjlantirish uchun quyidagi shart-sharоitlarni vujudga keltirish zarur: 1.O‘qituvchilar tоmоnidan o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish va rivоjlantirishda ahamiyatga mоlik biоlоgik g‘оya, nazariya va tushunchalarni chuqur ilmiy-falsafiy nuqtai nazardan tushunishi, ta‘lim-tarbiya jarayonida pedagоgik va axbоrоt tehnоlоgiyalaridan fоydalanish yo‘llarini belgilash; 2. Biologiyani o‘qitishda o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashiga asоs bo‘ladigan tushunchalarning mazmuni va mоhiyatini anglashlari, tabiiy hоdisalarning sabablarini aniqlash va dalillash, o‘quv muammоlarini hal etishda bоshqa o‘quv fanlaridan o‘zlashtirgan bilimlariga asоslanishi, ya‘ni nafaqat tabiiy-matematik, balki falsafa, ijtimоiy-gumanitar o‘quv fanlari bilan fanlararо bоg‘lanishlarni amalga оshirish. 21 3.Biоlоgik qоnuniyat, xulоsa va umumlashmalarni evоlyutsiоn ta‘limоtning tadqiqоt metоdlari yordamida оlingan natijalar, faktlar yordamida asоslash va dalillash. 4.O‘quvchilarning umumiy qonuniyatlarini o‘rganishning muhimligi, asоsiy g‘оya va tushunchalarning rivоjlanishini anglash va tushunishga yo‘naltirish "asоsida o‘quvchilarning bilish faоliyatini faоllashtirish, bu jarayonda o‘quvchilarning ijоdiy va mustaqil ishlari, muammоli vaziyatlarni vujudga keltirish, nazariy va mantiqiy mazmunga ega o‘quv tоpshiriqlarini tayyorlash lоzim. 5.Turli hayotiy vaziyatlarda o‘quvchilarning nuqtai nazari, e‘tiqоdining mustaqilligi, hatti-harakati va xulq-atvоrining to‘g‘riligini dalillоvchi hususiyatlarga ega bo‘lgan umumiy biоlоgik tushunchalarni o‘quv, amaliy va kelgusidagi kasbiy faоliyatiga qo‘llash ehtiyojini rivоjlantirish zarur. Biologiya o‘quv fanining mazmuni dialektik-materialistik nuqtai nazardan yoritilishi, o‘quvchilar tоmоnidan оrganik оlam va unda sоdir bo‘ladigan o‘zgarishlarni tushunibgina qоlmasdan, balki tirik оrganizmlarda bоradigan hayotiy jarayonlarning mоhiyati, mazkur jarayonlarga ta‘sir ko‘rsatadigan оmillar, tirik оrganizmlarning yashash muhitiga mоslashishi va hilma-hilligining sabablarini anglaydilar.O‘qitishning bu shaklda tashkil etilishi o‘quvchilarning faktlar, hоdisalarning o‘zarо bоg‘liqligi ustida mulоhaza yuritishiga yordam beradi. Mulоhaza yuritish talabalarning o‘quv materialini оngli va puxta o‘zlashtirishiga imkоn yaratib, ularning ilmiy dunyoqarashi, mustaqil va ijоdiy fikrlash ko‘nikmalarini tarkib tоptirish va rivоjlantirishga zamin tayyorlaydi. Hulоsa qilib aytganda, biologiyani o‘qitishda, o‘quvchilarning barkamоlligini ta‘minlash, tabiat va ijtimоiy muhitga nisbatan оngli munоsabatini namоyon etishi, falsafiy, ilmiy, siyosiy, iqtisоdiy, xuquqiy, axlоqiy, estetik ideallar va e‘tiqоdlar yig‘indisi, shuningdek, mоddiy bоrliq haqidagi qarashlariga muayyan o‘zgartirishlar kiritish, ta‘lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va o‘quvchilarning bilish faоliyatini faоllashtirish, ilmiy dunyoqarashini shakllantirish va rivоjlantirish maqsadida pedagоgik va axbоrоt texnоlоgiyalardan o‘z o‘rnida va samarali fоydalanish zarur. 1.3.Zamonaviy ta’lim jarayonlarining o’ziga hos hususiyatlari O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi, jahon hamjamiyatiga yuz tutishi, rivojlangan mamlakatlar bilan iqtisodiy, madaniy-ma`rifiy, diplomatik aloqalarning yo‘lga qo‘yilishi barcha jabhalar kabi ta`lim tizimini isloh qilishni talab etdi. Shu sababli O‘zbekiston Respublikasining «Ta`lim to‘g‘risida»gi Qonunida ta`lim mamlakatimizning ijtimoiy taraqqiyot sohasida ustuvor yo‘nalish deb e`lon qilingan. Mazkur hujjatda mamlakatimizning ta`lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy printsiplari etib, quyidagilar qayd etilgan: - ta`lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi; - ta`lim uzluksizligi va izchilligi; - ta`lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; - davlat ta`lim standartlari doirasida ta`lim olishning hamma uchun ochiqligi; - ta`lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondoshuv; bilimli bo‘lish va iste`dodni rag‘batlantirish; ta`lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish; Ma`lumki, mamlakatimizning ta`lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy printsiplari uzviy ravishda uzluksiz ta`lim tizimining faoliyat ko‘rsatish printsiplariga bevosita ta`sir ko‘rsatadi va ularni taqozo etadi. O‘zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta`lim tizimini tubdan isloh qilish, zamon talablari asosida qayta qurish, uzluksiz ta`lim tizimining turlari, ta`lim muassasalari oldidagi vazifalar, kadrlar tayyorlash milliy modelini amaliyotga tatbiq etish masalalari bilan bir qatorda uzluksiz ta`lim tizimining quyidagi faoliyat ko‘rsatish printsiplari qayd etilgan. Ta`limning ustuvorligi – ta`lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etilishi va rivojlantirilishi jamiyatimizdagi ustuvor yo‘nalish sanaladi. Ta`limning ustuvorligi yuksak ma`naviyatli, bilimli va salohiyatli barkamol shaxsning shakllanishiga zamin yaratadi. 23 Ta`limning demokratlashuvi – ta`lim va tarbiya uslublarini tanlashda, ta`limtarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarishda ustoz va tahsil oluvchining hamkorligiga asoslanadi. Ta`limning insonparvarlashuvi – inson qobiliyatlarini to‘liq ochilishi va bilim olishga bo‘lgan ehtiyojlarning qondirilishi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligining ta`minlanishi, inson, jamiyat va atrof-muhitning o‘zaro munosabatlarini uyg‘unlashtirishga asoslanadi. Ta`limning ijtimoiylashuvi – ta`lim oluvchilarda ongli intizom, insoniy qadr – qimmat tuyg‘usi, yuksak ma`naviyat, ijtimoiy normalarga asoslangan xulqatvor, estetik boy dunyoqarash, mantiqiy va ijodiy fikrlashni tarkib toptirish nazarda tutiladi. Ta`limning milliy yo‘naltirilganligi – ta`limning milliy tariximiz, xalq an`analari va urf-odatlari bilan uzviy uyg‘unligi, O‘zbekiston xalqlarining madaniyatini saqlab qolish va boyitish, ta`limni milliy taraqqiyotning o‘ta muhim omili sifatida e`tirof etish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini hurmatlashni ta`minlaydi. Ta`lim va tarbiyaning uzviy bog‘liqligi har tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishni nazarda tutadi. Iqtidorli yoshlarni aniqlash – ta`lim jarayonini differentsiallashtirish va individuallashtirish, iqtidorli yoshlarga ta`limning eng yuqori darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratishni ko‘zda tutadi.Respublikamizda olib borilayotgan ta`lim sohasidagi islohotlarning muvaffaqiyati uzluksiz ta`lim tizimining barcha turlarida ta`limtarbiya jarayoni tashkil etiladigan o‘qitish printsiplari ta`lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari va uzluksiz ta`lim tizimining faoliyat ko‘rsatish printsiplariga qanchalik mos kelishi va ularni amaliyotga joriy etishga safarbar etilganligiga bog‘liq. Ma`lumki, o‘qitish prinsiplari - o‘qitish tizimining tuzilishi, mohiyati, uning qonunlari va qonuniyatlari haqidagi, shuningdek, faoliyatni tashkil etadigan, amaliyotni boshqarishda namoyon bo‘ladigan bilimlar majmuasi sanaladi. 24 Respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy, ma`naviy-ma`rifiy o‘zgarishlar biologik ta`lim jarayonida ilmiylik, sistemalilik, fundamentallik, izchillik, ko‘rgazmalilik, onglilik, mustaqillik, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning metodologik prinsipi, nazariyani amaliyot bilan bog‘lash, samaradorlik, tushunarlilik, mantiqiy ketmaketlik, uzviylik, ta`limni differentsiallashtirish va individuallashtirish, individual va guruhlarda o‘qitishni uyg‘unlashtirish, o‘qitish maqsadi, mazmuni, vositalari va shakllarining ijtimoiy muhitga bog‘liqligi, o‘qitish maqsadi, vositalari va natijalar birligi, baholash va o‘z-o‘zini baholash prinsipi bilan bir qatorda, ta`limni demokratlashtirish va insonparvarlashtirish kabi prinsiplarga ham amal qilinishi zarurligini ko‘rsatdi. Ta`limni differentsiallashtirish va individuallashtirish esa o‘qitish jarayonida individual va guruhli yondashish printsipini talab etadi. O‘qitish printsiplari negizida o‘qitish qonunlari va qonuniyatlari yotadi. O‘qitish qonunlari va qonuniyatlari o‘qitish prinsipining nazariy asoslarini ishlab chiqishga va pedagogik faoliyat amaliyotiga qo‘llashga zamin tayyorlaydi. Shuni qayd etish lozimki, o‘qitish qonunlari va qonuniyatlari uzluksiz ta`lim tizimining oldiga qo‘yilgan davlat va ijtimoiy buyurtmalar, jamiyatning ijtimoiy hayotidagi ma`naviy-ma`rifiy o‘zgarishlar, ta`lim-tarbiya jarayonining maqsadi va vazifalari, fanning rivojlanish darajasiga bevosita bog‘liq holda o‘zgarib, yangilanib turadi.O‘qitish prinsiplari avvalo muayyan davlatning ta`lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari, uzluksiz ta`lim tizimining faoliyat ko‘rsatish prinsiplari, so‘ngra ta`lim tizimi oldidagi buyurtmalariga mos kelishi, shuningdek, jamiyatda sodir bo‘layotgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma`naviy-ma`rifiy o‘zgarishlarni o‘zida aks ettirib yangilanib, o‘zgarib, rivojlanib, o‘zgacha ahamiyat kasb etadigan jarayondir 2-modul. Modul dasturlarini tuzishda o'qituvchi e’tiborini quyidagilarga qaratishi zarur: 1. Modul dasturidan ko'zda tutilgan didaktik maqsadni aniq yoritish. An’anaviy ta ’limda, dars ishlanmasida o'qituvchi darsning ta ’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarini o'z zimmasiga yuklaydi, ya’ni o'quvchilarda muayyan tushunchalarni shakllantirish, ilmiy dunyoqarashni kengaytirish, tarbiya berish va h.k. Modul dasturining didaktik maqsadi darsning yuqorida qayd etilgan maqsadlariga uyg'un holda o'quvchilarning zimmasiga yuklatiladi. Shuni qayd etish kerakki, maqsad aniq bo'lsa, unga muvofiq holda tadbirlar qo'llaniladi va unga erishish oson bo'ladi. 2. O'quv m aterialini o'rganishning mantiqiy yo'nalishi (induktiv yoki deduktiv tarzda berilganligi)ni aniqlash. M odulli ta ’lim ta moyillari hisobga olingan holda o'quv materialini m azmunan tu gallangan mantiqiy ketma-ketlikdagi kichik qism (modul)larga taqsimlash. 3. O'quvchilar tomonidan o'quv materiallarini har bir moduli yoki qismini o'zlashtirishi uchun tashkil etiladigan o'quv faoliyati usullarini belgilash. 4. O'quv faoliyati usullariga bog'liq holda modul dasturidan o'rin olishi lozim bo'lgan o'quv elementlarini va ulaming ketma-ketligini aniqlash. 5. O'quvchilar bilimini aniqlash va nazorat qilish bo'yicha dastlabki joriy nazorat, axborot to'plam i, o'qitish mazmunini qayta ishlash, yakuniy nazorat va o'quvchilar bilimidagi tipik kamchiliklar hamda xatolami bartaraf etish yo'llarini belgilash. • O'quvchilar uchun asosiy va qo'shimcha adabiyotlami tanlash. O'quvchilar modul dasturi yordamida o'quv materialini mustaqil va ijodiy o'rganish jarayoni mazkur mavzuni o'zlashtirish uchun dasturda belgilangan vaqt doirasida amalga oshirilishiga erishishi lozim. Modul dasturini muvaffaqiyatli qo'llashning muhim sharti, unda o'quvchilarning o'quv-bilish faoliyatining o'quv elementlarini to'g'ri tanlashidir. Chunki o'quvchilar modul dasturi bilan ishlaganda, aynan shu o'quv elementlarini bajaradilar. Biz quyida o'quv faoliyati elementlarining turlari haqida fikr yuritamiz. Modulli dasturda juda ko'p axborot manbalaridan foydalaniladi, shu sababli o'quv faoliyati elementlarini axborot manbalariga ko'ra tavsiflash maqsadga muvofiq. Modulli ta ’lim texnologiyasidan foydalanishda o'qituvchi quyidagi mezonlarga amal qilishi lozim: 1. O'quvchilarga mustaqil o'zlashtirish uchun tavsiya etiladigan 'quv materiali o'quvchilarning o'quv imkoniyatlarini hisobga olgan holda, ular uddalay oladigan va shu bilan birga maksimal darajada qiyin bo'lmasligi kerak. 2. O'quvchilar o'quv materialini dasturda belgilangan vaqt doirasida egallashlari kerak. 3. O'qituvchi o'quvchilami o'quv materiallarini mustaqil va ijodiy o'zlashtirish ko'nikmasiga ega bo'lishiga erishishi lozim. Bunda, dastlab o'qituvchi darsga olib kiradigan axborotni ikki qismga ajratadi. Birinchi qismini o'quvchilar o'qituvchi ymdamida, ikkinchi qismini ijodiy vamustaqil o'zlashtirishlari lozim. Keyin belgilangan mavzulami modulli dars shalida o'tkazishni mo'ljallab, modul dasturlarini tuzadi.
Modul dasturi o'qituvchilar tomonidan tuzilib, unda o'qitish maqsadlari mavzuni o'rganish bosqichlari, o'quvchilar tomonidan bajariladigan o'quv faoliyati elementlari, o'quvchilar bilimini nazorat qilish yo'llari ketma-ket yoziladi. Shuni qayd etish kerakki, modul dasturlari bu — dars matnini va o'qituvchi tomonidan o'quv materialini rejalashtirish emas, balki o'quvchilaming u yoki bu mavzuni mustaqil va ijodiy o'rganishlariga m o'ljallangan o'quv faoliyati dasturidir. Modul dasturlari o'qituvchilar tomonidan tuzilib, unda o'qitish maqsadlari, mavzuni o'rganish bosqichlari, o'quvchilar tomonidan bajariladigan o‘quv topshiriqlari, o‘quv faoliyati elementlari, o'quvchilar bilimini nazorat qilish yo'llari ketma-ket yoziladi. 3-modul. T a’lim -tarbiya jarayonida m odulli t a ’lim texnologiyasidan foydalanish uchun o'qituvchi quyidagi ishlarni amalga oshirishi lozim: — o'quv materiallarini modulli rejalashtirish. O'quv yili boshida qaysi mavzulami modulli ta’lim texnologiyasidan foydalanib o'rganilishini belgilashi. — mazkur mavzular bo'yicha modulli dars ishlanmalarini loyihalashi. — mavzuning ta’limiy,tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlariga muvofiq holda modul dasturlarini tuzish. Modul dasturlari mazmuni va mohiyatiga ko'ra: — o'quvchilarning individual tarzda ishlashiga mo'ljallangan modul dasturlari har bir o'quvchining iqtidori, qiziqishi, bilim saviyasi, o'zlashtirish darajasini aniqlash va orttirish, darslik ustida mustaqil va ijodiy ishlash, o'z-o'zini baholash ko'nikmalarini rivojlantirishni; — ikkita o‘quvchi hamkorlikda ishlashiga mo'ljallangan modul dasturlari yuqorida qayd etilganlardan tashqari, o'quvchilarning bir-birini o'qitish, o'zaro hamkorlikda o'quv topshiriqlarini bajarishi va muammolarni hal etishi, o'zaro nazoratni amalga oshirishni; — o'quvchilarning kichik guruhlarda hamkorlikda ishlashiga mo'ljallangan modul dasturlari yuqoridagilar bilan bir qatorda o'quvchilar o'rtasida muloqot, o'quv bahsi va munozara, o'zaro hamkorlik va yordamni amalga oshirishni nazarda tutadi. O'qituvchi mazkur modul dasturlaridan aw al individual tarzdagi modul dasturlarini qo'llab, o'quvchilarning o'quv materiallarini mustaqil va ijodiy o'zlashtirish ko'nikmalari shakllanganligiga ishonch hosil qilgandan so'ng, ikkita o'quvchi hamkorlikda ishlashiga mo'ljallangan modul dasturlari, tegishli pedagogik shart-sharoitlar vujudga kelgandan so'ng, kichik guruhlarda ishlashga mo'ljallangan modul dasturlaridan foydalanishi lozim. Kichik guruhlar uchun tuzilgan modul dasturlaridan foydalanishda ikki xil yondashuv mavjud: 1. Musobaqa usuli. O'qituvchi o'quvchilami teng sonli kichik guruhlarga ajratib, modul dasturi vositasida mustaqil ishlami tashkil etadi. Har bir modul yakunida savol-javob, o'quv bahsi musobaqa tarzida o'tkaziladi. Guruhlar o 'rtasida g'oliblar aniqlanadi. Guruh a’zolari o'z faoliyatini hamkorlarining fikrini hisobga olgan holda baholaydi. 2. Kichik konsultantlar usuli. O'qituvchi o'quvchilami teng sonli kichik guruhlarga ajratib, modul dasturi vositasida mustaqil ishlami tashkil etadi. Har bir guruhga kichik konsultantlar tayinlanadi. Kichik konsultantlar guruh ishini boshqaradi, o'quvchilarning faoliyatini nazorat qiladi, tegishli hollarda yordam uyushtiradi. Har bir modul yakunida savol-javob, o'quv bahsi o'tkaziladi. O'zaro nazorat orqali o'quvchilar baholanadi. Modul dasturining turlari va ulaming mohiyati didaktik maqsadlami amalga oshirish imkoniyatlarini taqqoslaganda yaqqol ko'rinadi. Biologiya darsligida o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini faollashtiradigan, mustaqil ishlashi va ijodiy fikr yuritish, o‘zlashtirgan bilimlarini nazorat qilishi va o‘z-o‘zini baholash, mantiqiy fikr yuritish operatsiyalarini bajarish natijasida biologik bilimlarni ongli o‘zlashtirish ko‘nikmalarini egallashlariga zamin tayyorlangan.O‘qituvchi biologik ta‘lim samaradorligiga erishish va o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarishi uchun ta‘lim 28 mazmunining tarkibiy qismlari va ularni o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirish usullarini bilishi lozim. Ushbu usullar bilan tanishib chiqamiz: Ta‘lim mazmunining tarkibiy qismi bo‘lgan bilimlar o‘quvchilar tomonidan o‘quv materialini sezgi organlari orqali qabul qilish, tasavvur qilish, abstrakt fikr yuritish, o‘rganilgan ma‘lumotlarni yodda saqlash, bilimlarni tanish odatiy va yangi kutilmagan vaziyatlarda qo‘llash bosqichlari yordamida o‘zlashtiriladi. O‘quvchilarda faoliyat turlari - ko‘nikma va malakalarni shakllantirish ko‘nikma tarkibiga kiradigan ish usullarni aniqlash va ularni bajarish, ko‘rsatmaga binoan shu ish usullarini takror mashq qilish, ko‘nikmalarni tanish, odatiy va kutilmagan yangi vaziyatlarda ijodiy qo‘llash kabi bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Ta‘lim mazmunining uchinchi tarkibiy qismi bo‘lgan ijodiy faoliyat tajribalari o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritishiga zamin tayyorlab, uni o‘qituvchining tayyor axboroti orqali shakllantirish mumkin emas. O‘quvchilarda ijodiy faoliyat tajribalarini shakllantirish uchun ular o‘quv materialini mustaqil ravishda o‘zlashtirishlari, o‘quv topshiriqlarini bajarish jarayonida muammolarni idrok etishi, tasavvur qilishi, abstrakt fikr yuritishi, o‘rganilayotgan ob‘ektlarni tahlil va sintez qilishi, taqqoslashi, o‘xshashlik va umumiy tomonlarini aniqlashlari, fikr va goyalarni umumlashtirib, xulosa yasash orqali bilim, ko‘nikma va malakalarini yangi kutilmagan vaziyatlarda qo‘llashni o‘rganishlari lozim. Ta‘lim mazmunining to‘rtinchi tarkibiy qismi hisoblangan qadriyatlar tizimi o‘qitish jarayonida ta‘lim-tarbiyaning uzviyligi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligini ta‘minlash, o‘quvchilarda tabiat va butun borliqqa nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirishga xizmat qiladi. O‘quvchilar mazkur tarkibiy qismni o‘zlashtirishlari uchun avval o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarni yangi kutilmagan vaziyatlar ijodiy qo‘llashlari, bir so‘z bilan aytganda faol o‘quv-bilish faoliyati talab etiladi.Ta‘lim mazmunining tarkibiy qismlari davlat ta‘lim standartlarining asosini tashkil etadi.Davlat ta‘lim standartlari ta‘lili uning quyidagi tarkibiy qismlardan iboratligini ko‘rsatdi: 29 Asosiy qism – ta‘lim-tarbiya jarayonidan ko‘zlangan maqsad va vazifalarni amalga oshirishga imkon beradigan biologik bilim, ko‘nikma va malakalarning majmuasi sanaladi. Ta‘lim mazmunining asosiy qismi bilimlar, faoliyat turlari – ko‘nikma va malakalardan iborat bo‘ladi. 1. Kengaytiruvchi tarkibiy qism – o‘kuvchilarning biologik bilimlari va mustaqil hayotga tayyorgarligini orttirishga imkon beradigan, shaxs yoki gurux qiziqishlarini rivojlantirishga yo‘nalti-rilgan ta‘lim mazmuning bir qismi. Bu qism ta‘lim mazmunining ijodiy faoliyat tajribalari va qadriyatlar tizimini o‘z ichiga oladi. 2. Yordamchi qism – biologiya kursining mantiqiy strukturasining yaxlitligini ta‘minlovchi ta‘lim mazmuninining ma‘lum bir bo‘limi. O‘quvchilarning qiziqishlari, istagi va ehtiyojlari asosida darsdan va sinfdan tashqari tashkil etiladigan mashgulotlarning mazmunini tashkil etadi. Biologiyani o‘qitishda tushunchalarni shakllantirish barobarida ko‘nikmalar ham tarkib toptiriladi. Ushbu ko‘nikmalarning eng asosiylari amaliy va o‘quv mehnati ko‘nikmalari jadvalda berilmoqda. -jadval Amaliy va o‘quv Mehnati ko‘nikmalari Ko‘nikmalar tarkibiga kiradigan usullar Laboratoriya jihozlari va asboblari bilan ishlash ko‘nikmalari O‘simliklardan gerbariy, ҳasharotlardan majmua tayyorlash ko‘nikmalari O‘simliklar ustida kuzatish va tajribalar o‘tkazish ko‘nikmalari Ob‘ektlarni tanish ko‘nikmalari O‘quv mehnati Kattalashtiruvchi asboblar bilan ishlash, mikropreparatlarni tayyorlash, ularni mikroskop yordamida ko‘rish, bakteriyalar uchun oziq muhitini tayyorlash, bakteriyalarni klonlash, laboratoriya mashg‘uloti uchun kerakli jihozlarni tanlay olish va asrash. O‘simliklar va hasharotlarda yashash uchun kurash, moslashishlar, tabiiy tanlanish va idioadaptatsiyani o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan kuzatishlar asosida gerbariylar, kollektsiyalar tayyorlash, ularni talab darajasida rasmiylashtirish. Hasharotlarda moslashish, yashash 30 ko‘nikmalari uchun kurashga oid majmualar tayyorlash va uni jihozlash. O‘simliklar va hayvonlarda yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish va irsiyat qonunlarini o‘rganish bo‘yicha kuzatish va tajribalar o‘tkazish. Evolyutsiya dalillari, oziq zanjirini tashkil etuvchi organizmlar, organizmlardagi moslanish turlari, transgen o‘simliklar va gibridomalarni ajrata olish. Darslikda va boshka qo‘shimcha o‘quv adabiyotlardagi matnni mustaqil o‘zlashtirish, asosiy goya va tushunchalarni ajrata olish, rasm, jadval, sxemalarni izoҳlash, savollarga javob topish, o‘z fikrini qisqa va lo‘nda bayon etish, asoslash, misollar yordamida dalilay olish, o‘quv materialini qayta ishlash, qisqa matn tuzish, ma‘ruza, referat tayyorlash va ularni talab darajasida rasmiylashtirish. DTS ning ikkinchi kengaytiruvchi tarkibiy qismi o‘quvchilarda ijodiy faoliyat tajribalarini shakllantirishga mo‘ljallangan bo‘lib, mustaqil va ijodiy fikr yuritishga asos bo‘lib xizmat qiladi. O‘qituvchi yangi mavzu bo‘yicha o‘quv topshiriklarini tuzganda o‘quvchilarning o‘rganilayotgan ob‘ektni avval o‘rganilgan ob‘ektlar bilan taqqoslashi, o‘xshashlik va farqlari, o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashi, mazkur ob‘ektlar o‘rtasidagi umumiylik, o‘rganilayotgan ob‘ektning o‘ziga xos tomonlari, eng muhim jihatlarini topishi buning uchun avval o‘zlashtirgan bilimlari va ko‘nikmalarini yangi kutilmagan vaziyatlarda qo‘llab yangi mavzu mazmunini o‘zlashtirish imkoniyatini nazarda tutmogi lozim. 31 DTS ning uchinchi tarkibiy yordamchi qismi o‘kuvchilarning biologiya o‘quv faniga bo‘lgan qiziqishlari va ehtiyojlari asosida o‘qituvchi tomonidan olib boriladigan darsdan va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar hamda o‘quvchilarning mustaqil ta‘limini o‘z ichiga oladi. O‘quvchilarning mustaqil ta‘limi qo‘shimcha o‘quv adabiyotlari, internet, multimedialar vositasida muayyan mavzularda izlanishlar olib borishi, ma‘ruza va referatlar tayyorlashi, o‘simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlar ustida kuzatish va tajribalar o‘tkazishi, ularning natijalarini izohlash va rasmiylashtirishlari, respublikamizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish borasida va ekologik muammolarni hal etishga oid tashkil etiladigan turli tanlovlar uchun materiallar tayyorlash, olimpiadalarga tayyorgarlik ko‘rish kabilarni o‘z ichiga oladi. Biologiyani o‘qitishda e‘tiborni qaratish zarur bo‘lgan masalalar o‘quvchilarni aqliy, ahloqiy, estetik, mehnat, jinsiy, ekologik, iqtisodiy, gigienik va jismoniy jihatdan yetuk qilib tarbiyalashda, ularning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, shaxs kamolotining tabiat bilan uyg‘unligi, tabiatga nisbatan mehrmuhabbat tuyg‘usi va ongli munosabatni tarkib toptirishda tabiatning tutgan o‘rni;Tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha ma‘naviy–ma‘rifiy ishlarni olib borish, tabiat barcha san‘at turlarini rivojlantiruvchi manba ekanligi; Shaxs kamolotining tabiat bilan uyg‘unligi, ishlab chiqarish va agrosanoatni rivojlantirish, xom ashyodan olinadigan tovarlar, ularni ishlab chiqarishda mikrobiologiya usullaridan foydalanish, gen daktiloskopiyasi va genlar spektri yordamida shaxsni aniqlash texnologiyasining yaratilganligi, ekologik muammolar, suv, ҳavo, tuproq, qishloq xo‘jaligi, odam ekologiyasi, ularni muhofaza qilish bo‘yicha olib borilayotgan tadbirlar, tabiiy boyliklar va ulardan unumli foydalanish yo‘llari va chiqindisiz texnologiyalarni joriy etish muammolari. Biosferada modda va energiyaning davra bo‘ylab aylanishi, ekologik toza manbalar energiyasidan foydalanish, bionika asoslari, tabiiy va sun‘iy xom ashyolardan foydalanish, atrof-muҳitni muhofaza qilish, Yer usti va osti tabiiy boyliklari va ulardan unumli foydalanish yo‘llari, chiqindisiz texnologiyalarni 32 joriy etish muammolari. Sunhiy tanlash asosida o‘simlik navlari hosildorligi, hayvon zotlari mahsuldorligini oshirish yo‘llari, mikrobiologiya va biotexnologiya asoslaridan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashda foydalanish, ikkilamchi suv va ichimlik suvini tozalashda suv o‘tlaridan foydalanish, biologik bilimlarning o‘simlikshunoslik, chorvachilik, asalarichilik, o‘rmonchilik, mo‘ynachilik va baliqchilikni rivojlantirish, bog‘, parklarni barpo etish, ko‘kalamzorlashtirish, o‘simliklarni himoya qilishdagi ahamiyati, qurilish, yo‘llar barpo etish, qurilish materiallarini tayyorlashda tabiat muvozanatini asrash.Biologik qonuniyatlar qishloq xo‘jaligining ilmiy-nazariy asosi ekanligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlash, o‘simliklarni himoya qilish, zootexnika va veterinariya, o‘rmonchilikni rivojlantirishda biologik bilimlarning ahamiyati, tuproq va yer osti suvlari-dagi pestitsidlarni parchalovchi va zararsizlantiruvchi transgen o‘simlik yaratish, paxta tolasi sifatini yaxshilashga yo‘naltirilgan biotexnologiya, hayvonlarni klonlash, gibridomalar olish istiqbollari. Gen, hujayra injenerligi usullarini qo‘llab qator yuqumli va irsiy kasalliklarning gen injenerligi tashxisi biotexnologiyasi, irsiylanish qonuniyatlarini o‘rganish va oldini olish borasida olib borilayotgan izlanishlar, «asos» hujayralardan «yangi» organlar yaratish texnologiyasi, «Sog‘lom avlod uchun» Davlat dasturi, onalik va bolalikni asrash va tibbiy yordam ko‘rsatishni yaxshilash bo‘yicha davlat qarorlari.Turizm, sport, serviz, ommaviy bayramlar o‘tkazish, xalq ogzaki ijodini rivojlantirishda tabiiyot fanlarining rolini ko‘rsatish lozim. Yuqorida qayd etilgan vazifalarni hal etish va anhanaviy ta‘lim tizimidagi kamchiliklarga barham berish, ta‘lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish uchun o‘quvchilarning bilish faoliyatini yalpi o‘qitish bilan bir qatorda, individual va kichik guruhlarda o‘qitishni tashkil etish maqsadga muvofiq. O‘quvchilarning bilish faoliyati individual tarzda tashkil etilganda o‘quvchilar o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtiradilar, ularning aqliy rivojlanishi, qiziqishi, eҳtiyoji, iqtidori, bilimlarni o‘zlashtirish darajasi hisobga olingan holda tuzilgan o‘quv topshiriqlarini mustaqil bajaradi va o‘z bilish faoliyatining subhektiga 33 aylanadi.O‘quv topshiriqlarini individual bajarish jarayonida o‘quvchilarning aqliy faoliyati jalb etiladi, o‘z bilimi, kuchi va qobiliyatiga bo‘lgan ishonch ortadi va har bir shaxs o‘z imkoniyati darajasida rivojlanadi. Shu tarzda tashkil etilgan bilish faoliyati orqali vaqtdan unumli foydalaniladi, samaradorlik ortadi. Biologiyaning o‘qitishda o‘kuvchilarning bilish faoliyatini individual tarzda tashkil etish asosan dars bilan birgalikda darsdan va sinfdan tashqari ishlarda ham foydalaniladi. Masalan, o‘quvchilarning uy vazifasini bajarishida ularga tavofutlab yondashish imkoniyatlari mavjud. O‘quvchilarga muayyan mavzular bo‘yicha krossvordlar tuzish, kuzatish va tajribalar o‘tkazish, mahruza va referatlar, turli mavzularda o‘tkaziladigan tanlovlar uchun materiallar tayyorlash shular jumlasidandir.O‘quvchilarning bilish faoliyati kichik guruhlarda tashkil etilganda guruhdagi har bir o‘quvchi iqtidori, qiziqishi, bilim saviyasi, bilimlarni o‘zlashtirish darajasini aniqlash, o‘quvchilar o‘rtasida hamkorlik, o‘quv muloqoti, bahsi, munozara, o‘zaro yordamni amalga oshirish ko‘zda tutiladi. Biologiya darslarida o‘quvchilarning bilish faoliyati yalpi o‘qitishni individual va kichik guruhlarda ishlash shakllari bilan shygunlashtirilganda juda yuqori samara beradi.Mustaqil ish o‘quvchilarni darsda olgan bilim, ko‘nikmalarini mustahkamlashda ularga katta yordam beradi. Bu ish ularda ma‘lum darajada mehnat sarf qilib o‘tilgan materiallarni talab qiladi. O‘quvchilarda bilimlarini xotirada uzoq saqlab qolish ko‘nikmalarini shakllantirib va zarur bo‘lganda esa ulardan foydalanishda katta ro‘l o‘ynaydi. O‘quvchilarda mustaqil ish orqali aktivlik, tashabbuskorlik va ijodkorlik tarbiyalanadi. Mustaqil ishda o‘quvchilar turli fanlar bo‘yicha vazifalarni sistemali bajarish, boshlangan ishni oxiriga yetkazish sifatlarini tarbiyalaydi. Eng muhimi ular o‘quvchilik burchi bo‘lgan bilim olishga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishga odatlanadilar. Mustaqil ishni ongli bajarishga odatlanish bolalarda o‘qishga bo‘lgan havasni tarbiyalaydi.



Download 263,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish