2.3 Boshlang’ich sinf o’quvchilarida xuquqiy tushunchalarni
shakllantirish yuzasidan o’tkazilgan tajriba sinov ishlarining metodikasi va
samaradorligi.
O’zbekiston Respublikasining uzluksiz ta’lim tizimining ajralmas va eng
asosiy bo’g’ini boshlang’ich ta’limdir.
Boshlang’ich ta’limda o’quvchilar huquqiy jixatdan chuqur nazariy va
amaliy bilimlar hamda malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishi bilan birga milliy urf-
odatlar va qadriyatlarni hurmat qilishi, ma’naviy, ruhiy, jismoniy jihatdan sog’lom
va barkamol, fuqorolik burch va mas’uliyatini shakllangan bo’lib voyaga eitishlari
kerak.
O’quvchilarda huquqiy tarbiyalashda maktab miqyosida olib boriladigan,
ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib borishda xalqning boy merosidan unumli
foydalanish, uning tizimli asosini ishlab chiqish, o’z oldimizga qo’ygan
maqsadimizni samarali amalga oshishishiga sababchi bo’ladi, buni biz o’zimiz olib
borgan tajribalar va muqaddam olib borgan ishlarni tahliliy xulosasidan bilish
mumkin.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar jarayonida boshlang’ich sinf o’quvchilarida
xuquqiy tushunchalarni shakllantirish - bu har bir o’quvchining ichki hayoti, muhit
kechinmalari, aqliy qobiliyatlari, idrokini mujassamlashtirish, Vatan ravnaqi, yurt
tinchligi, xalq farovonligi yo’lida xizmat qilish, O’zbekistonda yashayotgan barcha
millat va elatlarning qadriyatlari, tili, madaniyati, diniy e’tiqodi, urf-odat va
an’analarni hurmat qilish, ularni asrab avaylash va rivojlantirish, ma’rifatli, bilimli,
huquqiy jixatdan madaniyatli, ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo’lgan shaxs
bo’lib yetishishi demakdir.
60
Yuqoridagi fikrlar va tanlangan mavzuimiz bo’yicha oldinga surgan
maqsadimizni amalga oshirish, hamda ilmiy farazini isbotlash maqsadida anketa
savollarini tuzib chiqdik. Anketa o’tkazishdan maqsad, boshlang’ich sinf
o’quvchilarning ijtimoiy hayotda nechog’lik huquqiy tushunchalarga haqida
tushunchaga, bilimga ega ekanliklarini aniqlash, aniqlangan tushuncha va
bilimlardan umumiy xulosaga kelish va boshlang’ich sinf o’quvchilarning huquqiy
tarbiya va ta’lim haqidagi tushuncha, bilimlarini yanada boyitishdan iborat.
Anketa so’rovlari 2015 yil mart-aprel oylarida Tayloq tuman 39-
maktabning 3- sinf o’quvchilaridan (38 nafar o’quvchi) dan o’tkazildi.
Bizning Anketa so’rovnomasini o’tkazishdan asosiy maqsad boshlang’ich
sinf o’quvchilarida xuquqiy tushunchalarning qay darajada shakllanganligini
imkon darajasida aniqlab chiqish va mavjud bo’lgan kamchilik va muammolarni
ilmiy va pedagogik jihatdan asoslashdir.
Dastlab tadqiqotimizning birinchi bosqichida, ushbu Anketa so’rovnomasini
o’quvchilardan o’tkazishdan oldin, o’quvchilar bilan suhbatlashib ularga umumiy
holda nimalarga e’tibor qilishlari va javoblar haqqoniy, odilona bo’lishligini
tushuntirildi. Bu savolnomaga ularning ijodiy va bor bilimi va tarbiyasiga tayangan
holda javob berishlari ta’kidlandi.
Ularga beriladigan Anketa so’rovnomasida quyidagi savollar o’rin olgan:
1. Qanday huquqiy tushunchalarni bilasiz?
2. Huquq deganda nimani tushunasiz?
3. Davlat ramzlari haqida qisqacha izoh yozing.
4. Konstitutsiya alifbosi darsligidan nimalarni o’rgandingiz?
5. Qanday davlat organlarini bilasiz?
6. Siz uchun qonun nima va inson xayotida qanday axamiyat kasb etadi ?
Mazkur so’rov anketa natijalari taxlil qilingandada quyidagicha natijalarni
ko’rish mumkin.
Birinchi “Qanday huquqiy tushunchalarni bilasiz?” savoli variantini qayd
etishda.
61
- 30-40 ta xuquqiy tushunchalarni yoza olgan talaba 21% ni,
-20-30 ta xuquqiy tushunchalarni yoza olgan talaba 68% ni tashkil etadi.
Qolgan 11% respondentlar esa10-20 na huquqiy tushunchalarni yoza olgan.
Ba’zi bir kam sonli respondentlarning javoblarini tahlil qilganda (3%) huquqiy
tushunchalar haqida juda sayoz tushunchaga ega ekanligi aniqlandi. aniqlandi.
“Huquq deganda nimani tushunasiz?” degan variant natijalari hisoblab
chiqilganda 13% o’quvchihuquq tushunchasini yaxshi tushunishini, ularga xayotiy
misollar bilan javob bera olishini kuzatdik. 73% o’quvchi esa o’z fikrlarini bayon
etishda, huquqiy tushunchalarni tushunish borasida chalkashliklarga yo’l
qo’yishgan.
So’rovnomadagi 3-chi savol variantlari bo’yicha:
Savol: Davlat ramzlari haqida qisqacha izoh yozing?
Javoblar:
1.Xuquqiy tushunchalarning mazmun mohiyatini izohlay olganlar 18%
o’quvchi.
2. Xuquqiy tushunchalarning mazmun mohiyatini qisman izohlay olgan
o’quvchilar. 76% o’quvchi.
3. Qolgan 6% o’quvchilar huquqiy tushunchalarning mazmun mohiyatini
izohlay olish darajasi pastligi, javoblarni bayon qilishda yuzakilikka yo’l qo’ygan
.
Anketa so’rovnomasidagi 3 ta savol varinatlariga, o’quvchilarning bergan
javoblarini umumiy holda tahlil qilsak shunday xulosaga kelish mumkin:
Berilgan javoblarni shartli ravishda, javoblarning saviyasiga qarab, “ijobiy”,
“o’rta” va “past” darajasiga bo’ldik.
“
Konstitutsiya alifbosi darsligidan qanday huquqiy tushunchalarni
o’rgandingiz?” variantida o’quvchilarning 11% “ijobiy”, “o’rta” bahoga 56%,
“past” bahoga 33% o’quvchi loyiq deb topildi. Javob variantlarini tahlil qilganda,
o’quvchilarning ko’pchiligi Konstitutsiya, huquq, sud hokimiyati, burch,
huquqbuzarlik tushunchalarini sanab o’tishgan.
5-savol variantlari bo’yicha:
62
1. 15% o’quvchi ijobiy.
2. 73% o’quvchi o’rta.
3. 12% o’quvchi past daraja.
Bu o’rinda shuni aytish mumkinki 15% o’quvchi davlat organlarini va
ularning ish faoliyati haqida qarashlarin bildira olishgan. 73% o’quvchilar esa
davlat organlari va ularning ish faoliyatini ko’rsata bilmagan. 12% o’quvchi esa bu
borada sayoz bilimga ega ekanligini kuzatishimiz mumkin.
Anketa so’rovnomasining 6- savoli bo’yicha:
1. 9% boshlang’ich sinf o’quvchisi insonning xayotida qonunning o’rnini
aniq va to’g’ri belgilab berolganini;
2. 44% o’quvchi esa insonning xayotida qonunning axamiyatini tushuntirib
bera olishmaganligini;
3. 47% o’quvchi esa insonning xayotida qonunning axamiyatini juda yuzaki
tushunishlarini ko’rish mumkin.
Mazkur Anketa so’rovnomasi o’tkazilgandan so’ng, boshlang’ich sinf
o’quvchilarning huquqiy tushunchalarning shakllanganligi va bilimlarining
darajasini aniqlashga, hamda o’quvchilarni huquqiy tarbiyalashda nimalarga
e’tibor berish kerakligini aniqlandi.
Olingan natijalarni umumiy tahlil qiladigan bo’lsak, boshlang’ich sinf
o’quvchilarning huquqiy tushunchalar haqidagi fikrlarini quyidagi jadval
ko’rinishida ko’rishimiz mumkin.
Savollar Baho
1
2
3
4
5
6
Jami:
Ijobiy
21%
13%
18%
11%
15%
9%
14,4%
O’rta
68%
73%
76%
56%
73%
44%
65,1%
Past
11%
14%
6%
33%
12%
47%
20,5:
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, boshlang’ich sinf o’quvchilarida huquqiy
tushunchalarning shakllanganlik darajasi “o’rtacha” holda ekanligini aytish
mumkin.
63
Bitiruv malakaviy ishimizning 2.1 va 2.2-paragrafdagi ma’lumotlar
berilgandan so’ng, boshlang’ich sinf o’quvchilarining olgan bilimlarini aniqlash
maqsadida yana qaytadan Anketa so’rovnomasi o’tkazildi. Buning natijasi
pedagogik jihatdan tahlil qilindi va uni quyidagi jadvalda ilova qilamiz:
Yuqoridagi ko’rsatchiklarni umumlashtirgan holda, tajriba guruhlaridagi
tadqiqotning boshida va tadqiqotning yakunida ko’rsatgan natija quyidagicha
bo’ldi:
Daraja
Tadqiqot boshida
Tadqiqot yakunida
Ijobiy
14,4%
57%
O’rta
65,1%
39%
Past
47%
4%
Mazkur jadvalning qiyosiy yakuni shuni ko’rsatadiki, tajriba ishlarining
boshlanishida eksperiment guruhlaridagi o’quvchilarda huquqiy tushunchalarning
shakllanganlik darajasini eksperiment yakuniga qiyosiy tahlil qilganda keskin
o’sganligini ko’rsatadi.
Jumladan, eksperiment yakunida huquqiy tushunchaning shakllanganlik
darajasi past bo’lgan o’quvchilar soni keskin kamaydi.
Umuman olganda tadqiqot jarayonida boshlang’ich sinf o’quvchilarida
huquqiy tushunchalarning inson xayotidagi o’rnini, axamiyatini, mazmun-
mohiyatini anglab yetdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |