3 I bob boshlang’ich sinf o’quvchilarida xuquqiy tushunchalarni shakllantirishning ilmiy metodologik asoslari


Darsni  mustahkamlash  maqsadida  quyidagi  savollardan  foydalanish



Download 120,67 Kb.
bet27/36
Sana18.01.2022
Hajmi120,67 Kb.
#385891
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36
Bog'liq
хукук

 Darsni  mustahkamlash  maqsadida  quyidagi  savollardan  foydalanish 

mumkin:  

1.  Mamlakatimizda davlat organlar necha qismdan iborat?  

2.  Oliy Majlis necha palatadan iborat?  

3.  Deputatlar va senatorlarning asosiy vazifasi nimadan iborat?  

4.  Ijro etuvchi hokimiyat deganda nimani tushunasiz?  

5.  Sud hokimiyatining vazifalari nimalardan iborat?  

 Uyga  vazifa.  Darslikdagi  savollarga  javob  berish.  O’tilgan  mavzu  yuzasidan 

fikrini ifoda eta olish. 

  

 

 

2.2  Sinfdan  tashqari  tarbiyaviy  tadbirlarni  o’tkazish  orqali  yosh 

o’quvchilarda  xuquqiy  tushunchalarni  shakllantirishning  o’ziga  xos 

xususiyatlari. 

 

 

Hozirgi  kunda  ijtimoiy  munosabatlar  va  axborot  almashinivi  jarayonining 



keskinlashuvida  yuksak  manaviyatli  shaxslarni  tarbiyalash  dolzarb  pedagogik 

muammoga aylangan. 

Yuksak ma’naviyatli shaxslarni tarbiyalashning asosiy kategoriyalaridan biri- 

yuksak  huquqiy  madaniyatdir.  Jamiyatning  har  bir  a’zosida  yuksak  huquqiy 

madaniyatni shakllantirish, demokratik jamiyat qurishning asosiy omillaridanbir. 

52 


 

Huquqiy madaniyatni shakllantirish huquqiy tarbiya  va huquqiy ta’lim orqali 

amalga  oshiriladi.  Huquqiy  ong  huquqiy  madaniyatning  muhum  tarkibiy  qismi 

xisoblanadi. O’quvchilarning huquqiy ongini oshirmasdan turib huquqiy fuqarolik 

davlatni tasavvur etib bo’lmaydi. Huquqiy ong poydevoriga dastlab, maktabgacha 

ta’lim muassasalarida, boshlang’ich sinflardan boshlab maktablarda asos solinadi.

 

Huquqiy tarbiya va huquqiy ta’lim orqali maktab va maktabdan tashqari  ta’limda 



o’quvchilarga  Konstitutsiya,  fuqarolik,  oila,  mehnat,xo’jalik,  ma’muriy,  sud 

ishlarini  yuritish  va  boshqa  huquqi  atamalarning  ma’nosi  tushintiriladi.Bolalarni 

davlat qonunlarini hurmat qilish va ularga rioya etish, huquqiy bilimlarni egallash, 

tarbiya va intizomni buzuvchilarga nisbattan murosasiz bo’lish ruhida tarbiyalash, 

halqaro  huquqning  ahamiyatga  molik  masalalari,  Xalqaro  tashkilotlar  (BMT  v.b) 

faoliyati haqida umumiy tasavvurlar hosil qilinadi.Bundan tashqari o’quvchilarga 

huquqiy  bilimlar,  ijtimoiy  hayot  me’yorlari  va  qoidalari  to’g’risida  keng 

ma’lumotlar berib boriladi. Huquqiy ta’limning mazmun mohiyatini chuqur anglab 

etish orqali mustaqil O’zbekiston davlatining iqtisodiy, ma’naviy, siyosiy- huquqiy 

manfaatlari haqida bilimlarga ega bo’ladi. 

Bolajak boshlang’ich  sinf  o’quvchilaridada  huquqiy  bilimlarni  shakllantirish 

uchun boshlang’ich sinf o’qituvchilari va tarbiyachilarida huquqiy bilimlar mavjud 

bo’lishi kerak va ular ish faoliyatida quyidagilarga e’tibor berishi kerak. 

 

O’quvchilarini  huquqiy  madaniyatini  shakllantirishda  quydagilarga  e’libor 



qaratish lozim : 

O’quvchilarda huquqiy  madaniyatni shakllantirish aniq maqsadni ko’zlovchi 

izchil jarayon bo’lgan huquq darslarida amalga oshiriladi. 

Huquqiy  fanlarni  o’qitish  jarayonida  o’quvchilarning  huquqiy  madaniyatini 

shakllantirishdan  ko’zlangan  maqsad  -  o’quvchilarga  huquqiy  bilimlarni  berish, 

ularni  chuqurlashtirib  borish,  o’quvchilarning  huquqiy  bilimlarni  egallash 

imkoniyatlarini  aniqlash  hamda  ularda  huquqiy  faoliyatni  tashkil  etishning 

dastlabki  ko’nikmalarini  hosil  qilish  uchun  pedagogik  shart-sharoit  yaratishdan 

iborat bo’ladi. 

53 


 

Huquqiy  ta’limni  tashkil  etish  jarayonida  o’quvchilarning  huquqiy 

madaniyatini shakllantirish yuzasida quyidagi vazifalar belgilandi: 

1.  O’quvchilarga nazariy-huquqiy bilimlarni berish. 

2.  O’quvchilar  tomonidan  o’zlashtirilgan  nazariy-huquqiy  bilimlarni 

chuqurlashtirib borish. 

3.  O’quvchilarda  huquqiy  bilimlarni  o’rganishga  bo’lgan  ehtiyoj  va 

qiziqishni yuzaga keltirish. 

4.  O’quvchilarda  huquqiy  me’yorlar,  qonunlarga  nisbatan  hurmatni 

uyg’otish. 

5.  O’quvchilarni  huquq  tizimida  olib  borilayotgan  islohotlar  mazmunidan

 

xabardor etish. 



6.  O’quvchilarda  huquqiy  munosabatlarga  nisbatan  ongli  yondoshuvni 

qaror tortirish. 

7.  O’quvchilarni  har  qanday  ko’rinishdagi  huquqbuzariklarga  qarshi 

kurashga rag’batlantirish. 

8.  O’quvchilarda huquqiy faoliyat ko’nikma va malakalarining shakllanishi 

uchun shart-sharoit yaratish. 

Ushbu  vazifalarni  hal  etish  yo’lida  tashkil  etiladigan  ta’lim  jarayonida 

quyidagi didaktik shartlarga amal qilindi: 

1.

 

O’quvchilarga huquqiy bilim berish, ularda huquqiy me’yorlar, Qonunlarga 



nisbatan munosabatni qapop toptirish borasida aniq maqsadni ko’zlash. 

2.  Huquqiy  ta’limning  ilmiy  asosida,  ko’rgazmali,  uzluksiz  va  tizimli 

bo’lishini ta’minlash. 

3.  O’quvchilarning  yosh  va  psixologik  xususiyatlari,  shuningdek,  shaxsiy 

imkoniyatlarini inobatga olish. 

4.  Huquqiy  ta’lim  jarayonida  keng  qamrovli  huquqiy  axborotli  muhitni 

yaratish. 

5. Huquqiy ta’lim samaradorligini tahlil etib borish.  

6. Huquqiy ta’limning ijtimoiy hayot bilan aloqadorligiga erishish. 

54 


 

Huquqiy ta’limni tashkil etishda quyidagi jihatlar yetakchi o’rin tutadi: 

 

-  Huquqiy



 

ta’limning ilmiylik jihati - o’quvchilarni huquq, huquq tizimi, 

huquqiy  me’yorlar,  qonunlar,  huquqiy  munosabatlar  mazmunidan  xabardor  etish, 

huquqiy  me’yorlar,  qonunlarning  ijtimoiy  hayotdagi  o’rni,  ahamiyati  borasida 

o’quvchilar  ongida  tasavvur,  idrok  va  tafakkurning  qaror  toptirishga 

yo’naltirishganligi bilan tavsiflanadi. 

 

-  Huquqiy  ta’limning  qadriyat  jihati  (ahamiyatlilik  jihati)  -yozma 



manbalar  hamda  mutafakkirlar  ma’naviy  merosida  o’rin  egallagan  huquqiy 

mazmundagi  qarashlar,  g’oyalar,  щuningdek,  O’zbekiston  Respublika 

Konstitusiyasi,  davlat  ramzlari,  huquqiy-me’yoriy  hujjatlar  hamda  fuqarolar  or-

nomusi,  sha’ni,  qadr-qimmati,  huquq  va  burchlari  dahlsiz  ekanligini  asoslashda, 

ularga  nisbatan  hurmat  ko’rsatish,  ularni  xalq  irodasining  ifodasi  sifatida 

e’zozlashga yo’naltirilganligi bilan izohlanadi. 

 

-  huquqiy  ta’limning  me’yoriylik  jihati  -  huquqiy  munosabatlarning 



muayyan  tartib-qoidalar,  me’yorlarga  asoslanishi,  huquqiy  munosabatlar 

jarayonidagi  shaxs  xatti-harakatining  majburlov  asosida  tashkil  etalishini  yoritish 

bilan tavsiflanadi. 

 

-  huquqiy  ta’limning  amaliy  jihati  -  huquqiy  bilimlarni  o’zlashtirish, 



huquqiy faoliyat ko’nikma va malakalarini egallash asosida huquqiy munosabatlar 

jarayonida  faol  ishtirok  etish,  qonunlar  ijrosini  ta’minlash,  harakat  va 

harakatsizlikning qonuniy  bo’lishiga  erishish,  fuqarolar va  davlat  mulkini  asrash, 

har  qanday  ko’rinishdagi  huquqbuzarlikka  qarshi  kurashishga  yo’naltirilganlik 

bilan izohlanadi. 

Huquqiy  ta’limni  tashkil  etish  jarayonida  o’quvchilarning  huquqiy 

madaniyatini  shakllantirishning  psixologik-pedagogik  asoslarini  quyidagilar 

tashkil etadi: 

- huquqiy  ta’lim  maqsadi,  mazmuni,  vazifalari  va  tamoyillarining  birligi 

hamda yaxlitligi; 

- o’quvchilarda  huquqiy  madaniyatni  shakllantirishning  bosh  maqsadini 

55 


 

aniqlash, ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarini belgilash; 

- huquqiy  madaniyatning  shakllanish  tizimi  (huquqiy→axborotli  muhit  → 

huquqiy  munosabatlar  →  ehtiyoj  →  qiziqish  →  maqsad  →  rag’bat  →  faoliyat) 

mohiyatini ochib berish; 

- o’quvchilarki  huquqiy  me’yorlar,  qonunlar  talablariga  qat’iy  va  og’ishmay 

amal  qilish,  intizomli  bo’lish  va  ijtimoiy  burchni  anglashga  qaratilgan  huquqiy 

faoliyatni tashkil etishga tayyorlash

- o’quvchilar  huquqiy  madaniyatining  ular  umumiy  kamolotidagi  o’rni  va 

rolini tavsiflash. 

O’quvchilarda  huquqiy  madaniyatning  shakllanishi  quyidagi  uch  bosqichda 

amalga oshiriladi: 

hamda  o’quvchilar  o’z  o’zini  boshqarish  organlari  faoliyatidagi  ishtiroki 

tufayli amaliy-huquqiy faoliyat malakalari shakllanadi. Mazkur bosqichda  




Download 120,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish