3. Hisob-kitob schyoti bo‘yicha muomalalar hisobi


«Chetga qayta ishlash uchun berilgan materiallar»



Download 184,79 Kb.
bet24/41
Sana22.06.2022
Hajmi184,79 Kb.
#691455
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   41
Bog'liq
3. Hisob-kitob schyoti bo‘yicha muomalalar hisobi

1070 «Chetga qayta ishlash uchun berilgan materiallar». Ushbu schetning debetida chetga qayta ishlash uchun berilishi mumkin bo’lgan asosiy va yordamchi materiallarning zahiradagi mavjud qoldig’i va ularni chetdan sotib olish evaziga ko’payishi, kreditida esa – ularning ishlatilishi, shuningdek boshqa chiqimlari natijasida kamayishi tannarx yoki sof sotish qiymatlaridan eng kichik bo’lgan qiymatda aks ettiriladi.

  • 1090 «Boshqa materiallar». Ushbu schetning debetida yuqoridagi schetlarga kiritilmagan, ishlab chiqarishdan , asosiy vositalarni tugatishdan va boshqa operasiyalardan olingan moddiy boyliklarning (chiqindilar, tuzatib bo’lmaydigan brak mahsulotlar, metallolom, eski shinalar va rezinalar, ishlatilgan moy, nigrol va sh.k.) zahiradagi mavjud qoldig’i va ularni ishlab chiqarishdan olinishi evaziga ko’payishi, kreditida esa – ularning ishlatilishi, shuningdek boshqa chiqimlari natijasida kamayishi tannarx yoki sof sotish qiymatlaridan eng kichik bo’lgan qiymatda aks ettiriladi.

    Materiallarning xarakatiga doir operasiyalar schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi.





    Operasiyaning mazmuni

    Debet

    Kredit

    Asos







    1.

    Materiallar ta’minotchilardan qabul qilinganda:

    • zaxiralarni QQSsiz sotib olish qiymatiga

    • QQS summasiga

    1010-1090


    4410

    6010,4110


    6010

    Shartnoma, schet-faktura







    2.

    Yordamchi ishlab chiqarishdan olinganda

    1010-1090

    2310

    Hisobot, nakladnoy







    3.

    Hisobdor shaxslardan olinganda

    1010-1090

    4220-4230

    Bo’nak hisoboti







    4.

    Yarim tayyor materiallar xom ashyo va materiallar tarkibiga kiritilganda

    1010-1090

    2110

    Qaror, nakladnoy







    5.

    Tayyor mahsulotlar materiallarga aylantirilganda

    1010-1090

    2810-2820

    Qaror,
    nakladnoy







    6.

    Xo’jalik inventarlari va buyumlari materiallarga aylantirilganda

    1010-1090

    1080

    Qaror, talabnoma, nakladnoy







    7.

    Ta’sischilardan olinganda

    1010-1090

    4610

    Ustav, shartnoma, dalolatnoma, schet-faktura







    8.

    Da’volar bo’yicha olinganda

    1010-1090

    4860

    Qaror, schet-faktura







    9.

    Bepul olinganda

    1010-1090

    8530,



    Qaror, schet-faktura, dalolatnoma







    10.

    Moliyaviy yordam sifatida olinganda

    1010-1090

    9380

    Shartnoma, schet-faktura, dalolatnoma




    11.

    Kamomadlar o’rniga qabul qilinganda

    1010-1090

    4730

    Qaror, schet-faktura, dalolatnoma




    12.

    Naqd sotib olinganda

    1010-1090

    5010-5020

    Schet-faktura, chiqim kassa orderi




    13

    Inventarizasiya aniqlangan ortiqchalar summasiga

    1010-1090

    9390

    Inventariza-siya varag’i, qaror




    14.

    Ichki alamashuv bo’lganda

    1010-1090

    1010-1090

    Inventariza-siya varag’i, nakladnoy, talabnoma




    15

    Qayta baholanganda:
    -narxi oshirilganda
    -narxi kamaytirilganda

    1010-1090


    9430

    9390
    1010-1090



    Dalolatnoma






    16

    Asosiy ishlab chiqarishga sarflanganda

    2010

    1010-1090

    Talabnoma, nakladnoy




    17

    Yordamchi ishlab chiqarishga sarflanganda

    2310

    1010-1090

    Talabnoma, nakladnoy




    18

    Umum ishlab chiqarishga sarflanganda

    2510

    1010-1090

    Talabnoma, nakladnoy




    19.

    Xizmat qiluvchi xujaliklarga sarflanganda

    2710

    1010-1090

    Talabnoma, nakladnoy




    20.

    Reklama uchun sarflanganda

    9410

    1010-1090

    Talabnoma, nakladnoy




    21.

    Boshqaruv maqsadlariga sarflanganda

    9420

    1010-1090

    Talabnoma, nakladnoy




    22.

    Sotilganda:
    -sotish qiymatiga
    -QQS summasiga
    -tannarxiga
    -sotishdan olingan foydaga
    -sotishdan ko’rilgan zararga

    4010
    9220


    9220
    9220
    9430

    9220
    6410


    1010-1090
    9320
    9220

    Shartnoma, schet-faktura

    23

    Bepul berilganda:
    -tannarxiga
    -QQS summasiga
    -ko’rilgan zararga

    9220
    9220


    9430

    1010-1090


    6410
    9220

    Qaror, schet-faktura, shartnoma

    24.

    Kamomad chiqganda:
    -moddiy javobgar shaxs bo’yniga qo’yilganda
    -karrali o’ndirish summasiga
    -korxona zarariga olib borilganda

    4730
    4730
    9430

    1010-1090
    9390
    1010-1090

    Dalolatnoma,
    Qaror

    25

    Ta’sis badali sifatida kiritilganda:
    -kelishuv qiymatiga
    -QQS summasiga
    -tannarxiga
    -foyda summasiga

    0610-0690


    9220
    9220
    9220

    9220
    6410


    1010-1090
    9320

    Shartnoma, qaror, schet-faktura

    26.

    Tayyor maxsulotga aylantirilganda

    2810-2820

    1010-1090

    Qaror, talabnoma, nakladnoy

    27

    Yarim tayyor materialga aylantirilganda

    2110

    1010-1090

    Qaror, talabnoma, nakladnoy

    28

    Arzon baxoli inventarlarga aylantirilganda

    1080

    1010-1090

    Qaror, talabnoma, nakladnoy

    29.

    Tayyorlov- transport xarajatlari tannarxga kiritilganda

    1010-1090

    1510

    Raschet

    30

    Brak mahsulotga kiritilganda

    2610

    1010-1090

    Qaror, talabnoma, nakladnoy




    31

    ITI va TKI ga sarflanganda

    3190

    1010-1090

    Qaror, talabnoma, nakladnoy




    32

    Kapital quyilmalarga kiritilganda

    0810

    1010-1090

    Qaror, talabnoma, nakladnoy




    33

    Ta’minotchilarga qaytarilganda

    6010,
    4110

    1010-1090

    Dalolatnoma, schet-faktura




    34.

    Barter operasiyalariga kiritilgan materiallarning tannarxiga

    4010

    1010-1090

    Shartnoma,
    Schet-faktura




    35.

    Favqulotdagi xodisalar oqibatlarini bartaraf etishga sarflanganda

    9720

    1010-1090

    Qaror, dalolatnoma




    Inventarlar va xo’jalik buyumlarining hisobi


    Inventarlar va xo’jalik buyumlari – bu quyidagi shartlarning biriga javob beruvchi mehnat vositalari va predmetlari (xo’jalik inventarlari):
    a) xizmat muddati 1 yildan kam bo’lgan;
    b) qiymati bir birlikga sotib olish chog’ida O’zbekiston Respublikasida mavjud bo’lgan eng kam ish haqining 50 barobarigacha bo’lgan.
    Qiymatidan qat’iy nazar inventarlar va xo’jalik buyumlariga quyidagilar kiradi:

    • Maxsus instrumentlar va moslamalar;

    • Maxsus va sanitar kiyimlar, maxsus payofzal;

    • O’rindiq buyumlari (ko’rpa, yostiq, choyshab va shu kabilar.);

    • Kanselyariya buyumlari (kalkulyatorlar, stol usti priborlari va boshqalar);

    • Oshxona inventarlari (qoshiq, vilka, qozon, choynik-piyolalar, pichoq, skatert va shu kabilar);

    • Vaqtinchalik moslama va qurilmalar (titulsiz inshoatlar)- taxta yo’lkalar, yuvinish xonalari, hojatxona va shu kabi qurilish-montaj ishlari tugagach ularning qiymatiga kiruvchi moslamalar;

    • Xizmat muddati bir yilgacha bo’lgan smena jihozlari;

    • Baliq ovlash qurollari (qarmoq, to’r va shu kabilar).

    Buxgalteriya hisobida inventarlar va xo’jalik buyumlari turgan joyiga qarab aks ettiriladi. Ushbu belgisiga ko’ra ular ikki guruhga bo’linadi:

    • Ombordagi inventarlar va xo’jalik buyumlari.

    • Foydalanishdagi inventarlar va xo’jalik buyumlari.

    Mos ravishda inventarlar va xo’jalik buyumlari quyidagi schetlarda hisobga olinadi:
    1.Ombordagi zahiralar - 1080 «Inventarlar va xo’jalik buyumlari» schyotida.
    2. Foydalanishdagi qismi – 014 « Foydalanishdagi inventarlar va xo’jalik buyumlari» balansdan tashqari schyotda.
    Korxonaga barcha manbalardan kelib tushgan inventarlar va xo’jalik buyumlari (ta’minotchilardan, ta’sischilardan, bepul berilgan va boshqalar) № 1080 «Inventarlar va xo’jalik buyumlari» schetiga kirim qilinadi (Debet 1080 Kredit 6010,4610,8530,4220,6990,1010-1090, 4110,9390,5010 va boshqalar).
    Ombordan foydadanishga berilgan inventarlar va xo’jalik buyumlari birdaniga xarajatlar schyotlariga hisobdan chiqariladi (Debet 2010,0810,9410,9420 va boshqa schyotlar Kredit 1080). Bir vaqtning o’zida ishlatishga berilgan inventar va xo’jalik buyumlari 014- balansdan tashqari schetning kirimida aks ettiriladi. Ushbu schyotdan ular xizmat muddati tugaganda, foydalanishga yaroqsiz holatga kelganida maxsus dalolatnomalar asosida chiqim qilinadi.
    Inventarlar va xo’jalik buyumlarining sotilishi, bepul berilishi, ta’sis badali sifatida kiritilishi 9220 «Boshqa aktivlarni sotilishi va turli chiqimlari» schetining debetida va 1080- schetning kreditida tannarxi bo’yicha aks ettiriladi.
    Inventarlar va xo’jalik buyumlarining analitik hisobi moddiy javobgar shaxslar bo’yicha ularning nomlari, baholari va boshqa belgilariga qarab yuritiladi.



    Download 184,79 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   41




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish