3. Foydalanuvchining huquq va majburiyatlari Arxiv hujjatlarini taqdim etish tartibi



Download 22,18 Kb.
bet2/4
Sana12.06.2022
Hajmi22,18 Kb.
#658089
1   2   3   4
Bog'liq
Tadqiqot ishlarida arxiv fondlari hujjatlaridan foydalanish

arxiv hujjatlaridan foydalanish — arxiv hujjatlarini xizmat, ishlab chiqarish, ilmiy, madaniy, ma’rifiy, ta’lim maqsadida va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa maqsadlarda arxivlar tomonidan foydalanuvchilarga taqdim etish;
ilmiy-ma’lumotnoma apparati — arxiv hujjatlarining tarkibi va mazmuni to‘g‘risida yagona ilmiy-uslubiy asosda tuzilgan, bir-biri bilan bog‘liq, o‘zaro to‘ldiruvchi arxiv ma’lumotnomalari majmui (arxivning ilmiy-ma’lumotnoma tizimi);
foydalanuvchi — arxiv hujjatlaridan zarur ma’lumotlarni olish va ulardan foydalanish uchun arxivga murojaat etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
3. Arxiv xodimlarining foydalanuvchiga xizmat ko‘rsatish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-apreldagi 101-son qarori bilan tasdiqlangan Arxiv hujjatlarini jamlash, davlat hisobiga olish, saqlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom va O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi tomonidan tasdiqlangan boshqa hujjatlar bilan belgilanadi.
4. Barcha foydalanuvchilar arxiv hujjatlarini kirib ko‘rishda teng huquqqa ega.
5. O‘quv zallariga kirish va arxiv hujjatlaridan foydalanish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha bepul amalga oshiriladi.
6. O‘quv zallarining ish tartibi arxiv rahbariyati tomonidan belgilanadi.

2.Davlat arxivlari o‘quv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanish tartibi
7. Foydalanuvchi davlat arxivlarining o‘quv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanish uchun tegishli tashkilotlarning rejaga muvofiq xizmat, ishlab chiqarish, ilmiy, madaniy, ma’rifiy, ta’lim va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa ishlarni yoki xizmat vazifalarini bajarayotganligi to‘g‘risida rasmiy xat taqdim etadi.
8. Shaxsiy tashabbus bilan mustaqil tadqiqot olib borayotgan foydalanuvchi o‘quv zallarida arxiv hujjatlaridan ariza orqali foydalanadi.
9. Foydalanuvchining xatlarida yoki arizasida ularning ismi, familiyasi, otasining ismi, lavozimi, ma’lumoti, ilmiy darajasi, unvoni, xizmat, ishlab chiqarish, ilmiy, madaniy, ma’rifiy, ta’lim va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa ishlarni olib borayotganligi ko‘rsatilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Foydalanuvchiga o‘quv zallarida ishlash uchun ruxsatnoma arxiv rahbariyati tomonidan ariza yoki rasmiy xat kelib tushgan kundan bir ish kunida bir yil muddatga foydalanish uchun beriladi. Zaruriyatga ko‘ra ruxsatnoma muddati foydalanuvchining so‘roviga asosan qo‘shimcha bir yilgacha uzaytirilishi mumkin.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 788-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/788/1215-son)
O‘quv zallariga kirish ruxsatnomasi foydalanuvchilar tomonidan shaxsni tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan so‘ng rasmiylashtiriladi.
Foydalanuvchi tadqiqot mavzusi o‘zgarganda tashkilot nomidan yangi xat yoki mustaqil tadqiqot olib borayotgan shaxs yangi ariza taqdim etadi.
11. Sud tomonidan muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga arxiv hujjatlaridan foydalanishga ruxsat berilmaydi.
Sud tomonidan muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar davlat arxivlari tomonidan idoralararo elektron tizimlar orqali aniqlanadi.
Voyaga yetmaganlar o‘quv zallariga ota-onalari yoki tartibga rioya etishga mas’ul boshqa qonuniy vakillari bilan kiritiladi.
12. Barcha foydalanuvchilar ushbu Nizom talablari bilan tanishtiriladi va O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentiligi tomonidan tasdiqlangan shakldagi arxiv so‘rovnomasini to‘ldiradilar.
13. Chet el fuqarosi bo‘lgan foydalanuvchilar davlat arxivlari o‘quv zallarida arxiv hujjatlaridan, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining yozma roziligi bilan foydalanadi.
14. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining yozma roziligi O‘zbekistondagi xorijiy davlat elchixonasi, boshqa vakolatli organlar yoki foydalanuvchini rasmiy qabul qiluvchi tashkilot orqali rasmiylashtiriladi. Unda foydalanuvchi doimiy yashaydigan davlat nomi, foydalanuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, ma’lumoti, ilmiy darajasi, xizmat, ishlab chiqarish, ilmiy, madaniy, ma’rifiy, ta’lim va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa ishlarni olib borayotganligi va qaysi arxivlarda ishlashi ko‘rsatilishi shart.
15. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining xorijiy foydalanuvchiga davlat arxivi hujjatlari bilan aniq maqsadlar bo‘yicha ishlash uchun yozma roziligi olingandan so‘ng xorijiy davlatlarning elchixonasi yoki boshqa vakolatli organ yoxud foydalanuvchini rasmiy qabul qiluvchi tashkilot tegishli davlat arxiviga rasmiy xat taqdim etadi.
16. Rasmiy xatda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining xorijiy foydalanuvchiga O‘zbekiston Respublikasining tegishli davlat arxivlarida ishlash uchun roziligi ko‘rsatilishi kerak, unda hujjat raqami va sanasi, shuningdek, foydalanuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, ma’lumoti, ilmiy darajasi, unvoni, ish joyi yoki o‘qish joyi, xizmat, ishlab chiqarish, ilmiy, madaniy, ma’rifiy, ta’lim va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa ishlarni olib borayotganligi, izlanish olib borish nazarda tutilgan arxivlar nomi va hujjatlar ko‘rsatiladi.
Davlat arxivlari mazkur xat asosida qayta so‘rovsiz tegishli xorijiy foydalanuvchiga (tadqiqot mavzusi o‘zgarmasa) arxiv o‘quv zalidan foydalanishga ruxsat beradi.
17. Foydalanuvchiga arxivdagi mavjud ilmiy-ma’lumot apparati (yo‘l ko‘rsatkich, ro‘yxatlar, kataloglar), shu jumladan kino, foto va fono hujjatlar nusxalari, mikronusxalar, elektron hujjatlar bilan ishlash uchun texnik jihozlar taqdim etiladi.


Download 22,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish